jarayoni asrlar davomida O’zbekistonga o’zining badiiy madaniyatini keyingi
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari (qoyadagi
naqshlar, monumental xaykallar,
barelyeflar, xaykalchalar va b.), shuningdek bizgacha yetib kelgan yozma manbalar
(m.a. 2 asr), o’zbek xalqining musiqa merosining ashula, raqs va kiyimlar qadimiy
manbalariga guvoxlik beradi. Ularning O’rta Osiyo xalqlari xayotidagi muhim roli
xaqida m.a. 5 asrda Yunon olimi Gerodot yozib qoldirgan.
Musiqiy san’atning yuqori namunalari og’zaki xalq sheriy ijodidir. Folklorning
g’oyaviy boyligi va janrining turli tumanligi ruhiy va badiiy qimmatidir. Unda xalq
tarixi, xayoti aks ettirilib, eng yaxshi insoniy sifatlar, do’stlikka, sevgiga sodiqlik
tasdiqlanadi.
Qurg’oqchilikda dexqonlar «Sus xotin» (yomg’ir yog’ishini
so’rash) ashulasini, kuchli shamol bo’lganida «Moy-moma» (shamolga murojaat)
ashulasini aytish bilan boradigan udumni bajarishadi.
Xalq
ozaki ijodi doim
rivojlanadi, uning ko’p asarlari ajdodlarning dunyo qarashi,
ijtimoiy, xo’jalik va
oilaviy turmushini aks ettiradi. Xalq she’riyat ijodining asosiy xususiyati asar yaratish
va ijro etishning ommaviy xarakteridir.
O’zbekistonning ma’naviy va madaniy hayoti O’rta Osiyo xalqlarining hayoti
bilan birlikda shakllandi.
Xalqimizda afsonalar, qabila to’g’risidagi bitiklar keng
tarqalgan. Jun ishlab chiqishning rivojlanishi kigiz, palas, jundan qilingan gilamlar
va yupqaroq
jun matolarining-sidirga, naqshli, suratli-chiqarishni oshishiga olib keldi.
Mahalliy xalqlar kiyimining o’ziga xosligi, avvaldan iqlim, turmush sharoiti
moslashganligi turistlar uchun juda qiziqarlidir.
O’rta Osiyo xalqlarining raqs
san’ati, ashula sa’nati ham xorijiy turistlarni befarq qoldirmaydi. Shu sababli milliy
san’atchilik asosida turli shoular tashkil etish orqali turistlarni
yanada jalb qilish
lozim.
Dostları ilə paylaş: