Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.
Madaniy – tarixiy merosini muhofaza qilish va saqlashda YUNESKO va BTTning 
o’rni qanday?
2.
O’zbekistonning arxitektura yodgorliklariga boy shaharlaridan samarali 
foydalanish masalalarini tushuntiring.
3.
O’zbekiston madaniy merosida etnografiya, urf – odatlar va an’analarni tutgan 
o’rni qanday?
4.
O’zbekistonda mavjud muzeylar va ulardan turizm maqsadida foydalanish 
xususiyatlarini tushuntiring.
XII.Mavzu. O’zbekistonni turistik rayonlashtirish xususiyatlari
Reja:
12.1.
Hududiy rekreatsiya tizimlari (HRT) va hududiy turistik majmualar (HTM).
12.2.
Turistik – rekreatsiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va xususiyatlari.
12.3. O’zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar.
12.4. O’zbekistonning turistik rayonlari tavsifi.
12.5. O’zbekistonda ekturistik rayonlashtirish xususiyatlari.
12.1. Hududiy rekrayesiya tizimlari (HRT) va hududiy turistik majmualar 
(HTM).
Rekreasiya jihatdan rayonlashtirish bu – rekreasiya sifatida foydalanish 
maqsadida shu belgilar asosida hududlarni ajratishdir. 
Sog’lomlashtirish va dam olishni tashkillashtirish, hamda hududlardan samarali 
foydalanishda rekreasiya maqsadida rayonlashtirishni katta ahamiyati bor. Bunda, 
hududiy rekreasiya tizimlari (HRT), hamda hududiy turistik majmualar (HTM) asosiy 
o’rinni egallaydi. HRT – hududiy tabiiy va madaniy infrastrukturali majmua. U turli 
ixtisosga ega bo’lib, asosiy vazifasiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: ijtimoiy va tibbiy 
82


biologik. Undan tashqari insonlarni davolanishi va dam olishi xususiyati kelib 
chiqib, mutaxasislar HRTning 4 ta guruhini ajratishadi: 
- Davolanish;
- Sog’lomlashtirish;
- Sport;
- Tanishuv.
HRTning birinchi guruhida, insonlarning davolanishiga qaratilgan bo’lib, unda 
mineral suvlar, shifobaxsh balchiqlar, issiq qumlar mavjud joylar asosida xizmat 
ko’rsatish amalga oshiriladi.
HRTning ikkinchi (sog’lomlashtirish) va uchinchi (sport) guruhi esa, 
insonlarning sog’ligini tiklash hamda, dam olishiga qaratilgan. Bunda, dam olishning 
aktiv turlaridan, sayohat, ekskursiya va cho’milish bilan shug’ullanish amalga 
oshiriladi.
To’rtinchi guruh, insonlarning dam olishini mazmunli o’tkazishda maqsadida, 
turli tabiiy va madaniy obyektlarga sayohat tashkil etish orqali, insonlarning ruhiy – 
psixologik sog’ligini tiklashga qaratilgan.
HRT – bu murakkab xo’jalik tizimi bo’lib, ya’ni sog’lomlashtirish va davolanish 
muassalari (turli sanotoriyalar, dam olish tashkilotlari, motellar, kempenglar, lagerlar) 
sport bilan shug’ullanish muassalari, ekskursiya obyektlari, hamda yo’l – transport 
tarmoqlaridan iborat. HRT shakllanishida hududda barcha xo’jalik tarmoqlarini 
birgalikda rivojlanishini tashkillantirishni talab etiladi. Bunda, bir qancha 
muammolarni hal qilish lozim bo’ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
- mintaqalar bo’yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy 
sharoit, mineral suv va boshqa resurslardan kelib chiqib joylashtirish;
- rekreasiya resurslaridan tizimli ravishda samarali foydalanish;
- infrastrukturani shakllanishida tarmoqlar o’rtasida to’g’ri ixtisoslashishni tashkil 
etish;
- ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, hamda 
suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;
- zamonaviy transport, yo’l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish;
- mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
- rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat landshaftlarini muhofaza qilish.
Undan tashqari rekreasiya majmualarining 5 tipi ajratiladi: 1) Sanotoriya – 
kurort tipidagi; 2)Turistik – sog’lomlashtirish tipidagi; 3) Sanotoriya - turistik – 
sog’lomlashtirish tipidagi; 4) Ov qilish - baliq tutish tipidagi; 5) Turistik – 
sog’lomlashtirish tipidagi - ov qilish - baliq tutish tipidagi.
Hududiy turistik majmualarga A.S. Soliyev va M.R. Usmonovlar (Turizm 
geografiyasi, 38b.) quyidagicha ta’rif berishgan: HTM – ma’lum bir hududda yagona 
infratuzilma asosida turli turistik obyektlarning o’zaro aloqadorlikda rivojlanishi va 
uni boshqarishini anglatadi. HTM va HRT bilan o’zaro chambarchas bog’liq, ammo 
ular o’rtasidagi tafovut ko’proq ularning hududiy jihatdan qanday masshtabni 
egallashida yotadi.
83



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin