mintaqalarda bir xil madaniy ko’rinishlarni namoyon qilgan. Shuning uchun har bir
hudud boshqa joylardan ajralib turadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi
lozim. Shundagina ular turistik bozorga taklif etuvchi mahsulotlarga ega bo’ladi.
Madaniy meros obyektlariga quyidagilar kiradi:
-
arxeologik yodgorliklar;
-
madaniy arxitektura;
-
landshaft arxitektura
yodgorliklari;
-
katta va kichik tarixiy shaharlar;
-
qishloq joylari;
-
muzeylar, teatrlar, ko’rgazma zallari va b.;
-
sasiomadaniy infratruktura;
-
etnografiya
obyektlari, xalq udumlari va an’analari amaliy madaniyat
markazlari;
-
texnik komplekslar va asbob - anjomlar.
Mamlakatga keluvchi chet ellik sayyohlar o’rtasida katta talab bilan
foydalaniladigan yo’l ko’rsatkichlarni chet tillarda chiqarishda tashabbus ko’rsatishi
rus, ingliz, fransuz va nemis tillarga ustunlik berish lozim. Diqqatda sazovor joylar
to’g’risidagi ma’lumotldar yonida shu tillarda
yozma yoki ovoz tasviridagi
tushuntirishlar berilishi lozim. Mehmonxonalar va sayyoxlar uchun yo’nalish
beruvchi axborot markazlarini shaklantirish turizm rivojida muxim axamiyat kasb
etadi. Samarqand shahrida turistik axborotlar markazini vujudga keltirish,
mehmonxonalarni taklif qilish, diqqatga sazovor joylar
xaqidagi materiallarni
ko’rsatish va asosiy e’tiborga loyiq hudatlarni reklama qilish muhim ahamiyatga
egadir. Markaz tijorat asosida ishlashi ham mumkin (kirish badali, turlar, yo’l
ko’rsatkichlar va boshqa xizmatlarga, mehmonxonada joylarni bron qilish hisobiga
haq olish, yodgorlik buyunlarini sotish va h.k). Bunda qo’yidagi ishlarni amalga
oshirish kerak:
Mavjud diqqatga sazovor joylani mustahkamlash:
-
axborot lavhalari,
plakatlar, ko’rgazmalar va boshqa shu kabi vositalar
yordamida turistlarni asosiy malumotlar bilan ta’minlash bo’yyicha dasturlarni
amalga oshirish. Mumkin bo’lgan barcha joylarda oddiy varaqalardan foydalanib
bir necha tillarda ma’lumotlarni yetkazib berish;
-
ayrim asosiy shaharlarda
audio-turlarni tashkil kilish;
-
muzey ekspozisiyalarini kengaytirish va arxeologik kazishmalar amalga
oshirilayotgan joylarda (eng qiziqarli punktlarda to’xtab o’tish bilan) piyoda
sayir qilishni tashkil kilish juda muxim.
Yangi diqqatga sazovor joylar:
-
ipak to’lasi ishlab chiqarish bazasida tashrif buyurishning yangi joylarni tasheil
qilish;
-
ipak to’qishdan boshdab, tayyor mahsulotgacha jarayonlar haqida hikoya qilish
bilan
eskursiyalar uyushtirish;
Buning uchun juda mos joy Marg’ilon bo’lishi mumkin. U yerda pillaga ishlov
berishdan boshlab, ipak matolar ishlab chiqarish bilan tudallanadigan barcha
bosqichlarni o’z ichida olgan juda qiziqarli ipakka qo’lda ishlov berish fabrikasi
79
mavjud. Bunga qo’shimcha ravishda Irak to’lasi yetishtirishning barcha jarayonlarini
qo’rsatadigan va fabrikali ishlab chiqprish bosqichlarini ancha to’liq tushuntirib
beradigan Markaz tashqil qilincha yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ekskursiya
mavsumi ipak to’lasi yetishtiriladigan xo’jalik (ferma)larga tashrif buyurish bilan
boshlanishi mumkin. Ekskursiyaning yakunlovchi bosqichi tayyor mahsulotlar
ko’rgazmasi hisoblanadi. Bu yerda ipakdan tayyorlangan
buyumlarni taklif qilib,
ularning xadid qilish imkoniyatini ham yaratish mumkin.
Jadval 9.
Dostları ilə paylaş: