Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Samarqand turistik rayoni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Samarqand turistik rayoni mamlakatimizning asosiy turizm markazidir. 
Turistik rayon ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib, 
respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan. 
Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni 
uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi 
ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi. Uning chegaralari shimolda 
Nurota tog’lari (Oqtov, Qora tog’, G’o’bdin tog’, Qo’ytosh tog’i), janubdan 
Zarafshon tog’ tizmalari (Chaqilqalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan 
o’tadi. 
87


Viloyatning asosiy yer usti tuzilishi o’ziga xos bo’lgan tabiiy va landshaft 
xususiyatlari rekreasiya resurslarining rivojlanishiga sabab bo’lgan. Uning tekislik 
qismida ya’ni Zarafshon daryosi sohillarida, Qarnabcho’l va Jom kabi cho’l 
hududlarida sayyohlikning kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin.
Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari 
hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiiy 
manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jinslar shakllari 
(Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob 
tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor 
(Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti 
ko’llari), go’zal shar-sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz 
turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik 
obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan 
beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda foydalanadigan 
chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan tozaligi, xilma-xil kimyoviy 
elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini tiklash, 
sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda 
rekreasiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi. 
Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod 
va boshqa tumanlari tog’, toqoldi hududlarida tarqalgan bo’lib, ulardan turizm 
maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Viloyatimiz o’zining go’zal tabiati, o’simlik va hayvonat dunyosi bilan ham 
mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan alohida ajralib turadi. Viloyatimizga 
tashrif buyuradigan sayyohlarni tarixiy arxitektura-qurilish inshoatlari, qadimiy 
obidalardan tashqari ming yillik tarixga ega bo’lgan chinorlar va boshqa yashil 
daraxtlar beqiyos ko’pdir. Viloyatning tog’, tog’oldi hududida joylashgan 
Omonqo’ton o’rmonzorlarida (maydoni 2188 gektar bo’lib, 1887 yilda dastlabki 
ko’chatlar ekilgan) o’ziga xos tabiiy landshaft shakllari vujudga kelgan. Omonqo’ton 
hududining iqlimi va o’simlik dunyosining o’ziga xosligi bu joyda ko’plab dam olish 
zonalari, oromgohlar qurish imkonini beradi. Ammo sayyohlarga Omonqo’ton 
havzasidagi o’rmonzorlarni ko’rsatish uchun qo’lay shart-sharoitlar yaratish, maxsus 
yo’lakchalar qurish lozim bo’ladi. Viloyatning yana bir qator tumanlarida va 
qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar) 
hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular qatoriga Urgut shahridagi yuqori Chor Chinor 
(1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani Qoradaryo qishlog’idagi chinor (565 yillik), 
Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi 
qishlog’idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin. Ayniqsa, Jomboy 
tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan Zarafshon qo’riqxonasi 
betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi 
va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil qilish uchun qulay 
imkoniyatlar yaratadi.
Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham esa o’ziga xos hayvonat va 
o’simlik dunyosiga ega. Ularda sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli 
ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq 
88


sassiq ko’zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga 
qiziquvchi ekoturizm ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni 
talab qiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, bozorlar bilan sayyohlarning tanishishi juda katta 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik mazmun kasb etadi. Chunki, bozorlar, ayniqsa sharq 
bozorlari mintaqa va hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini, uning boyligi, 
ixtisoslashuvi, aholining milliy tarkibi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va an’analarini 
o’zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, tarixiy yodgorliklar, qabristonlar kabi 
bozorlar ham sayyohlar uchun juda muhim turistik obyekt bo’lib hisoblanadi. 
Shuning uchun ham bozorlarning sanitariya holatlarini yuqori darajaga ko’tarish va 
uni doimo nazorat qilish shu kunning eng muhim muammolaridan biri bo’lib 
hisoblanadi.
Hozirgi kunda viloyatimizda turizm sohasida o’z yechimini kutayotgan bir qator 
muammolar borki, ularni bosqichma-bosqich hal etish kelajakda ushbu sohani 
mintaqa iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, 
Samarqand turizmini yuksaltirishda sayyohlar ayirboshlashni, turizm bozorini yaxshi 
yo’lga qo’yish eng muhim muammolardan hisoblanadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin