Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik mahsulotlariga bo’lgan talabning mavsumiyligini



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

9.4.Turistik mahsulotlariga bo’lgan talabning mavsumiyligini 
optimallashtirish yo’llari.
3
O’zbekiston xalqaro turistlarni qabul qilish va barcha xizmatlarini ko’rsatish 
imkoniyatiga, turizm tashkilotlari kerakli resurslar bilan ta’minlangan. Xalqaro 
turistlarning O’zbekistonga oyma-oy kelishini tahlil qilish natijasida quyidagi 
mavsumiy o’zgaruvchanlik aniqlandi. 10-, 9-, 1-oylarida xalqaro turistlarning kelishi 
past bo’lib 6-, 7-, 8-oylarda esa ancha yuqori. Respublika bo’yicha bu ko’rsatkich 
2000-2006 yillarga hisoblangan.
Turistlarning kelishi O’zbekistonda mavsumiy bo’lib, 10-oyda va 8-oyda eng 
ko’p tashriflar qayd etiladi. Yangi yil oldidan xalqaro turistlarning kelishi dam olish 
turizmining motivlariga asosan yuqori ko’rsatkichlarda ega.
Turizmning mavsumliyligi tahlilining ilmiy natijalari: birinchidan, turistlarni 
qabul qilish bo’yicha 1-5-oylarida rezervlar mavjud bo’lib, ulardan unumli 
foydalanish mumkin; ikkinchidan, O’zbekistonga keluvchi turistlarga 9-, 10- 
oylarida turmahsulot bahosini 30-50% kamaytirib, ko’proq turist qabul qilishi 
mumkin.
Chet ellarda O’zbekiston turistik maxsulotiga bo’lgan talab yuqori bo’lib, bir-
ikki haftalik turmahsulot sotilishi tavsiya qilinadi. Xalqaro turistlar O’zbekstonda 
kam kelgan paytlariga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 1- 3 kunlik, dam olish 
kunlari uchun alohda turizm mahsulotlarini sotish samarali hisoblanada. 
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi turizm tashkilotlari turistlarga xizmat ko’rsatish, 
turistlarni qbul qilish va jo’natish bo’yicha bajargan asosiy natijalari quyidagi 
jadvalda ifodalangan.
Jadval 6.
O’zbekiston Respublikasida turizm xizmatining 2001-2006 yillardagi o’sishi 
(ming kishi)
3
Izoh: Keltirilgan ma’lumotlar T.Toshmurodovning  «Xalqaro turizm» kitobidan foydalanildi. 
68


Yillar
Qabul qilish
Jo’natish
Xalqaro 
turistlar
Milliy 
turistlar
Uzoq 
xorijiy 
davlatlar
MDH 
davlatlariga
O’zbekiston 
Respublikasiga
Jami
2001
231,4
298,5
36,8
8,4
117,6
712,8
2002
198,1
247,4
39,9
21,4
202,3
709,2
2003
230,4
240,9
53,0
16,3
179,2
720,0
2006
262,8
254,7
32,8
22,7
165,7
738,7
O’zbekiston jami turistlar soni 2001-2006 yillarda 103,6% ga oshgan. 
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, turistlarning kelishi yil sayin o’syapti bu 
O’zbekistonda ma’lum darajada valyutani kalishiga ijobiy ta’sir qiladi. Turistlar soni 
2001-yilgacha kelishi, qabul qilish va jo’natish turlari bo’yicha ham 
ko’paygan.O’zbekiston bo’yicha turistlar kelishining moliyaviy ta’sirining tahlillari, 
asosiy turizmning (Toshkent, Samarqand va Xorazm) viloyatlari bo’yicha tahlil 
quidagi jadvallarda ifodalangan.
Xalqaro va ichki turistlarning o’zgarishiga asosan quyidagi omillar ta’sir qiladi:
1. Talab va taklif o’zgarishi va turizm xizmatlarining sifatini oshirish.
2. Turmahsulotga bo’lgan bahoni optimallashtirish va inflyasiya jarayoni 
pasaytirish.
3. Turistlarning kelishini ta’sir qiladigan asosiy to’siqlarni kamaytirish.
4. Turmahsulotga bo’lgan mavsumiylikni yengillashtirish.
5. Turizm kon’yukturasini o’rganib, xalqaro turizm bozorlarida milliy 
turmahsulotni sotish.
6. Turizm sohasi uchun iqtisodiy, xalqaro biznes, xalqaro xuquq va marketing 
bilimlariga ega bo’lgan mutixasislar tayyorlash.
Jadval 7.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin