uchun ijaraga olingan. Qishloq turizmining o’ziga xos tomonlari shundaki, masalan,
Sisiliyaning agrar viloyatlorida ishchi kuchi keragidan ortiqligi kambag’al turistlarni
yoki talabalarni ish haqi to’lamasdan, boshrana va ovqat uchun ishga yo’llash
mumkin. Bunday «dam oluvchi» o’sha yerga borib qaytishi uchun mablag’ topsa
bo’lgani. Yo’l-yo’lakay bir-ikki kun plajlarda cho’milish, muzeylarni, yodgorliklarni
va boshqalarni ko’rishi mumkin.
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alog’ida daromad
keltirilgan tur hisoblanib,
dunyo turizm bozorida alohida qat’iy o’rin tutadi. Qishloq turizmi dengiz kurortlari
kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham, turizm sohasida muayyan o’rin
tutadi. Uni o’rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq. Respublikaimz qishloq
turizmi yo’q darajada. Qishloqdagi aholining kamligi, tabiatning tozaligi, ekologik
jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor.
Aytish joizki, qishloqlarada turist bo’lib turish, kurort zonalari yoki mashhur
turistik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma
ham qimmatbaho turistik
markazlarda dam ololmaydi, shu jihatdan qishloq
turizmni rivojlanish katta
ahamiyatga ega. Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
-
qishloq joylarda aholida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag’lari
miqdoriga qaramay, masalan, oilaning an’analariga ko’ra;
-
vrach maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog’lomlashtirishni olib
borishga ko’ra;
-
tabiat bilan yaqinlik, ko’proq vaqtni toza havoda o’tkazish maqsadiga;
-
ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan
oziqlanish mumkinligi uchun;
-
qishloq xo’jaligi ishlari bilan band bo’lish, ishlash uchun real imkonlar borligi;
-
hayot uchun zarur bo’lgan kerakli narsalarni topish maqsadida minglab kilometr
masofani bosib o’tirmaslik uchun;
-
boshqa ijtimoiy guruhidagi odamlar bilan muloqotda bo’lish,
ularning
madaniyati, urf-odati bilan tanishish, bayramlari va o’yinlarida
qatnashish
imkoniyatini mavjudligi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimiz rekreatsiya resurslariga boy
hisoblanadi. Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar
birikmasidan iborat,
insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan
vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasiya resurslari
ikki guruhga ajratiladi:
tabiiy va
antropogen rekreasiya resurslari.
Tabiiy rekreasiya resurslariga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat,
go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi.
Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’
etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh
maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi,
sport bilan
shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil
mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona, milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya
resurslaridir.
Dostları ilə paylaş: