Segmentar hisoboti


-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

 
2-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni 
tuzish qoidalari va tamoyillari 
Boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun segmentlar eng samarali 
mas’uliyat markazlari sifatida e’tirof etiladi, aniqrog‘i investitsiya 
markazlari sifatida eng qulay (optimal), deb hisoblanadi. Chunki 
segmentlar o‘z aktivlariga ega bo‘ladi, shunga muvofiq ulardan 
foydalanib ma’lum bir faoliyat yo‘nalishini olib borganda majburiyatlari 
vujudga keladi, faoliyati natijasida xarajatlar sodir etadi hamda daromad 
oladi, shunga muvofiq tarzda o‘z faoliyatining moliyaviy natijalarini 
aniqlaydi.
Segmentlar daromadi quyidagi ikkita tarkibiy qismdan iborat 
bo‘ladi: 
-
bevosita segmentning o‘ziga taalluqli bo‘lgan daromad 
miqdoridan; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektining realizatsiyadan tushgan umumiy 
tushimidan bevosita segmentga taalluqli qismini hisobga olishdan. 
Amaliyotda umumiy tushumdagi segmentning bilvosita ulushini 
aniqlash uchun alohida hisob-kitoblar amalga oshiriladi. 
Operatsion segment daromadi – bu tovarlarni realizatsiya qilish, 
ma’lum miqdordagi ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan 
tushgan tushum miqdoridir. 
Hududiy segment daromadi – ma’lum bir hudud doirasida olib 
borgan faoliyati natijasida ma’lum miqdordagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdir. 


253 
Mabodo segmentlar o‘zaro mahsulot (ish, xizmat) almashsa, u holda 
obyektiv tarzda ular daromadi miqdorini aniqlash, ya’ni faoliyatini 
baholash uchun transfert baholardan emas, balki tashqi bozor uchun 
belgilangan baholardan foydalaniladi. 
Shu bilan bir qatorda quyidagilar segment daromadi sifatida hisobga 
olinmaydi: 
- moliyaviy quyilmalardan olingan dividend va foizlar, mabodo 
shunday daromad manbai bevosita shu segment faoliyati natijasida 
olingan bo‘lsa, u hisobga olinadi; 
- favqulodda daromadlar (favqulodda vaziyatlar vujudga kelishi 
oqibatida tushumlar bo‘lgan bo‘lsa). 
Xuddi shunday yondashuv segment xarajatlarini hisobga olishda 
ham qo‘llaniladi. Daromadlarni hisobga olishdagidek, ular ham ikkita 
qismdan iborat bo‘ladi: 
-
bevosita segmentning o‘ziga taaluqli bo‘lgan xarajatlar 
miqdoridan; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektining umumiy xarajatlari miqdoridan 
bevosita segmentga taaluqli qismini hisobga olishdan. Xarajatlarning bu 
miqdori bilvosita xarajatlarni taqsimlash usullaridan foydalanib 
aniqlangan holda segment ulushi topiladi hamda hisobga olinadi. 
Quyidagi xarajat turlari segment faoliyati natijalariga olib 
borilmaydi: 
- moliyaviy quyilmalar bilan bog‘liq xarajatlar, agarda shunday 
xarajat manbai bevosita shu segment faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, u 
hisobga olinadi; 
- foyda (daromad) solig‘i; 
- favqulodda chiqimlar (favqulodda vaziyatlar, masalan tabiiy 
ofatlar, yong‘ir sodir bo‘lishi oqibatida vujudga kelgan chiqimlar). 
Segmentning moliyaviy natijalari uning olgan daromadlari va 
xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda hisobga olinadi. 
Misol.


254 
To‘qimachilik kompaniyasi tomonidan bir qator ishlab chiqarish 
segmentlari tashkil qilingan bo‘lib, ular faoliyati turli xil xaridorlarga 
yo‘naltirilgan: tibbiyot sanoati yo‘nalishida (momiq va doka ishlab 
chiqarish); maishiy xizmat yo‘nalishida (oshxona sochiqlari, fartuklar va 
shu kabilarni ishlab chiqarish); to‘qimachilik sohasida (matolarga ishlov 
berish); tikuvchilik yo‘nalishida (matolar ishlab chiqarish). Ana shu 
bo‘limlarning har biriga operatsion segment sifatida qaraladi va shunga 
muvofiq tarzda ular faoliyati hisobga olinadi (
1-jadval
).
 
 
1-jadval 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin