Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə66/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.

O`TIBDO`:

13.X.2016


17.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
31-dars. O‘ZLIK NISBAT

Darsning maqsadi:

1. O‘zlik nisbati haqida bilim berish.

2. O‘quvchilarga gigiyenik tarbiya berish.

3. O‘quvchilarni ko‘rgazmalar asosida fikrlashga o‘rgatish.



Darsning metodi: suhbat, muammoli o‘qitish.

Darsning jihozi:

1.6-sinf ona tili darsligi.

2. Mavzuga oid ko‘rgazmalar.

O`qituvchi o`quvchilarni quyidagi savollar asosida mavzuga oid topshiriqlarni bajarishga yo`naltiradi:      



  1. Gapda keltirilgan fe’llar qanday ma’no anglatyapti?

  1. Mazkur fe’lning nisbat shakllari qaysi qo‘shimchalar bilan yasalgan?

  1. Yuvdi-yuvindi, taradi-tarandi, maqtadi-maqtandi kabi fe’l shakllar qanday farqqa ega?

      

Shu o‘rinda o‘qituvchi o‘quvchilarga salomatlik gigiyenasma oid maslahatlar beradi.

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib, umumlashtirib, ularga fe’lning o‘zlik nisbati haqida quyidagilarni tushuntiradi: O‘zlik nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asosiga -n yoki -l, undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in, -il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi

?/

So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga fe’lning o‘zlik nisbat shakliga oid yana bir nazariy xulosani berish uchun quyidagi ko‘rgazmani ko‘rsatadi va shu asosida savollar beradi:



  1.  Ko‘rgazmaning qaysi tomonida o‘zlik nisbatdagi fe’llar berilgan?

  1.  Mazkur fe’llar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?

  1.  Bu fe’llarning qaysilari o‘timli va qaysilari o‘timsiz?




O‘zlik nisbat qo‘shimchalari: -n,-l, -in, -il

Yuv

Yuvin

Tara

Taran

Kiy

Kiyin

Sudra

Sudral

Yuqoridagi savollar asosida yangi mavzuga oid bilimlar mustahkamlanadi va o‘quvchilarni o‘zlik nisbatiga oid quyidagi yana bir xulosaga olib kelinadi: O‘zlik nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’llarga qo‘shilib, ulardan o‘timsiz fe’llar yasaydi. Bu xususiyati bilan o‘zlik nisbat, orttirma nisbat shakllari bilan zidlanadi, chunki orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz fe’llarni o‘timli fe’llarga aylantiradi.

104-mashqdagi fe’llarning qaysi nisbatdaligi quyidagicha aniqlanadi, davom ettirgan - aniq nisbatda.

     105-mashqni birinchi guruh, 106-mashqni ikkinchi guruh bajaradi.

107-mashqqa ko‘ra yuqoridagi suhbat va ijodiy izlanishlar asosida «Ozodalik — salomatlik garovi» mavzusida matn tuzish, unda qo‘llangan o‘zlik nisbatdagi fe’llarni topib, tahlil qilish uyga vazifa qilib topshiriladi.



Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin