unga amal qilsa ham, tanqid baribir m a’lum m a’noda og‘rinib
qabul qilinadi. Bu hoi inson psixologiyasining obyektiv
xususiyatlari bilan oldindan belgilab berilgan. Shuning uchun
ham tanqidni qabul qilishning ayrim qoidalarini tavsiya qilish
(ulami o ‘z ongidan o ‘tkazib, qarab chiqilayotgan muam-
moning keskinligini birmuncha pasaytirish) mumkin. Ha-
misha quyidagilami esda tutish lozim:
■ foydasiz tanqid bo‘lmaydi, u vujudga keladigan va-
ziyatlami hal qilishda yordam ko‘rsatish shakli hisoblanadi;
■ kim tanqid qilishdan va qanday shaklda tanqid qilishidan
qat’iy nazar tanqidni amaliy jihatdan qabul qilish zarur;
■ tanqidni idrok etishning markaziy tamoyili — "Qilgan
narsalarimning hammasini ham boshqa vaziyatda bundan ham
yaxshiroq qilishim mumkin edi" mazmunida bo‘lishi lozim;
■ eng qimmatli tanqid normal hisoblangan narsaning
hali mukammal emasligiga qaratilgan boMadi;
■ tanqidning yo£qligi — bu uni normal qabul qilish
qobiliyatini m ensim aslik yoki unga ishonm aslik k o ‘r-
satkichidir;
■ tanqid — tanqid qiluvchining boshqa tomonga muno-
sabatini aniqlab olish imkonini beradi;
■ agar tanqid qiluvchi xato qilganda ham uning ishni
batafsil qarab chiqishga intilishini qo‘llab-quwatlash kerak.
Shu bilan bir qatorda, tanqid o ‘z doirasidan chiqib ha-
qorat darajasiga ko‘tarilmasligi lozim. Haqorat — bu kishining
nafsiga, iffatiga tegadigan so‘zlar bilan qadr va e ’tiborni
tushirish niyatida yomon muomala qilishdir. Hadislarga asos
langan holda shuni aytish kerakki, haqorat — bu axloqsizlik
bo‘lib, tahqir qilingan kishining diliga o ‘mashib, shunday
yomon jarohatlar ochadiki, fursatni g‘animat topib o ‘ch va
intiqom olmaguncha tuzalmaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad
Mustafo janoblari: "Ikki odam bir-birini so‘ksa, gunohkor
boshlovchi bo‘lur. Magar qarshi bo‘Igan kishi ortiq ketsa,
har ikkalasi ham gunohda o ‘rtoq bo‘lurlar" deb uqtirganlar.
Vaholanki, shunday ekan, har qanday tanqid o‘z chegarasida
faktlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Aks holda, har qanday
tanqid o ‘z doirasidan chiqib haqoratga aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: