ishdagi kelishib olinmaganlik haqida boradigan bo‘lsa, kimdir
boshqalar bilan bir qatorda aravani tortmayotganligi haqida
borsa, u holda muammoni "yumushni taqsimlash" tarzida
aks ettirish mumkin.
Agar kelishmovchilik shaxslar va guruhlar o ‘rtasida
ishonchning yo"qligi tufayli kelib chiqqan b o lsa, u holda
muammoni "muomala" tarzida ifodalash mumkin.
Mazkur
bosqichda nizoning tabiatini aniqlash muhim bo‘lganligi
sababli uning muammo mohiyatini toMiq aks etgirmaganligi
hozircha muhim emas. Bu haqda keyinroq gap yuritiladi.
Muammoni "ha" yoki "yo‘q" shaklida hal etish kerak emas,
balki yangi va original yechimlar topishga imkon beradigan
qilib qoldirish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi bosqichda
kelishmovchilikning asosiy qatnash-
chilari aniqlanadi. Ro‘yxatga ayrim
shaxslami yoki butun bir
komandani, bo‘limlarni, guruhlar va tashkilotlarni kiritish
mumkin. Mazkur nizoga jalb qilingan kishilar bu nizoga
nisbatan umumiy ehtiyojlarga ega bo‘lganliklari sababli ulami
birga qo‘shish mumkin. Guruhlar va shaxsiy kategoriyalami
aralashtirib yuborishga ham yo‘l qo'yiladi.
M asalan, agar korxona va tashkilotdagi ikki xodim
o ‘rtasidagi nizoning kartasi to ‘ziladigan bo‘lsa,
u hodda bu
kartaga mana shu ikki xodim kiritiladi, qolgan mutaxassislami
esa bitta guruhga kiritish yoki ushbu bo‘linma rahbarini ham
alohida qilib ajratish mumkin.
Uchinchi bosqich
asosiy ehtiyojlar va xavotirlanishlarni
sanab o ‘tishni mazkur ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lgan
nizoli
o ‘zaro vaziyatning barcha asosiy ishtirokchilarini ko‘rsatishni
taqozo etadi. Kishilarning xatti-harakatlari va muddaolari
ulaming istaklari, ehtiyojlari aniqlanishi lozim bo‘lgan sabablar
bilan belgilanadi.
"Xavotirlanishlar" atamasi shaxsning o‘z ehtiyojlaridan
birini ro‘yobga chiqarish imkoni bolm agan vaqtdagi tashvish
tortishi, xavotirlanishini ifodalaydi. Mazkur holatda nizo
qatnashchilari o‘z qo‘rqinchlari va xavotirlanishlari qanchalik
asosli ekanligini muhokama qilib o ‘tirmaymiz, chunki ular
hali kartaga tushirilmagan. Masalan,
nizo qatnashchilaridan
215
birida nimadandir xavfsirash paydo boiganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga xavfsirash bor va uni albatta kartaga kiritish
zarur. Uning borligini tan olish kerak. Kartografiya usulining
afzalligi shundan iboratki, karta tuzish jarayonida unga bo‘lgan
salbiy qarashlarni ham aks ettirish imkoni bor. Xavfsirash
quyidagi pozisiyalami o ‘z ichiga olishi mumkin: barbod bo‘lish
va kamsitilish, yanglishishdan qo‘rqish,
moliyaviy inqiroz,
vaziyat ustidan nazoratni y o ‘qotish, yolg‘izlik, tanqid
qilinishga yoki fosh etishga duchor bo‘lish, ishdan mahrum
bo‘lish, oz ish haqi kabilar. "Xavotirlanish" tushunchasidan
foydalanib, nizo qatnashchilari tilga olmaydigan (ovoz chiqarib
aytmaydigan) sabablami aniqlash mumkin. Masalan, ayrim
kishilar uchun biz hurm at qilishga muhtojmiz deyishdan
ko£ra, biz hurm atsizlikni yoqtirmaymiz,
deyish osonroq
tuyuladi.
Kartani tuzish jarayonida qarama-qarshi tomonlarning
manfaatlari mos keladigan nuqtalari aniqroq b o lad i, to-
monlardan har birining qo‘rquvlari va xavotirlanishi yaqqol
namoyon bo‘ladi, vujudga kelgan vaziyatdan chiqishning
mumkin bo‘lgan yo‘llari aniqlanadi (11.14- sxema).
Nizolarni hal qilish masalalari bilan muvaffaqiyatli shu-
g‘ullanuvchi ko‘pgina
mutaxassislaming fikricha, nizolarni
216
boshqarish jarayoni ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, ulaming
birmuncha qismi boshqamvchi ta’sirga yaxshi mos kelmaydi.
Masalan, shaxsning qarashlari, individning, guruhlarning
bahonalari va ehtiyojlari. Qaror topgan bir qolipdagi fikrlar,
tasawurlar, bid’atlar, noto‘g‘ri tushunchalar ba’zan
qarorlar
ishlab chiqayotganlaming kuch-g‘ayratini yo‘qqa chiqarishi
mumkin, nizoning turiga qarab qarorni izlash bilan turli
xizmatlar: tashkilot rahbariyati, personalni boshqarish xizmati,
psixolog va sotsiolog bo‘limi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi,
milisiya, sudlar shug‘ullanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: