Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

212


11.24- jadval.
Nizolarning vazifalari
Ijobiy
Salbiy
Nizochi tomonlar o'rtasidagi
keskinlikning yum shatilishi
Nizoda ishtirok etish uchun katta
hissiy, moddiy xarajatlar
Muxolif haqida yangi axborot
olish
Xodim lam ing bo‘shatilishi, jamoada
intizom ning bo'shashib ketishi,
ijtimoiy-psixologik vaziyatning
yomonlashuvi
Tashqi dushmanga qarshi ku-
rash olib borishda tashkilot ja-
moasining jinslashuvi
Yengil guruhlar, dushman guruhlar
degan tasvvurning paydo bo‘lishi
0 ‘zgarishlar va rivojlanishni
rag‘batlantirish
Ishga zarar yetkazgan holda nizoli
o‘zaro harakat jarayoni bilan haddan
tashqari mahliyo bo‘lish
Xodimlarga bo'ysunuvchanlik
fikrining barham topishi
Nizo tugagandan keyin xodim lam ing
bir qismi o'rtasida hamkorlik
darajasining kamayishi
Muxoliflar imkoniyatlarini
chamalab ko'rish
Amaliy munosabatlarni tiklashning
murakkabligi "nizoning oqibati"
Shu bilan birga obyektiv sabablar shaxs yoki guruhning 
o ‘z ehtiyojlarini amalga oshirishiga xalaqit bergan, shaxsiy 
yoki guruhiy manfaatlarga daxl qilgan taqdirdagina nizoning 
sabablari bo‘lishi mumkin. Individning javobi ko‘p jihatdan 
shaxsning ijtimoiy yetukligi bilan belgilanadi, uning uchun 
yo‘l qo‘yiladigan xulq-atvoming shakllari bilan, jamoada qabul 
qilingan ijtimoiy normalar va qoidalar bilan belgilanadi. Bun­
dan tashqari, individning nizoda ishtirok etishi qo‘yilgan maq- 
sadlaming o ‘zi uchun ahamiyatli ekanligi bilan, paydo bo‘lgan 
to‘siq ulami amalga oshirishga qanchalik xalaqit berishi bilan 
belgilanadi.
Subyekt oldida qanchalik muhimroq maqsad tursa, u ana 
shu maqsadga erishish uchun shunchalik ko‘proq kuch-g‘ayrat 
sarflaydi, bunga xalaqit beruvchi shaxsning nizoli o ‘zaro 
harakati shunchalik qattiq va qarshilik ko‘rsatishi kuchli boladi.
213


To‘siqlami engish usulini tanlash o‘z navbatida shaxsning 
hissiy barqarorligiga, o ‘z manfaatlarini himoya qilishi uning 
salbiy psixologik ta’sirlardan muhofaza etilishi sifatida ongsiz 
ravishda sodir bo‘ladi.
Nizo natijasida mazkur tizim insonning irodasi va istagiga 
bog‘liq bo‘lmagan hodda beixtiyor ravishda harakat qiladi. 
Buvday himoyaga bo‘lgan zaruriyat individning o‘z-o‘zini hur­
mat qilish qaror topgan "men — obrazi'm, individning o ‘z- 
o ‘ziga boMgan bahosini pasaytiruvchi qadriyatli yo‘nalishlar 
tizimiga xavf tug‘diradigan fikrlar va his-tuyg‘ular paydo 
bo‘lganda vujudga keladi.
Ayrim hollarda individning vaziyatni idrok etishi haqiqiy 
ahvoldan yiroq bo‘lishi mumkin, lekin insonning vaziyatga 
bo‘lgan javobi uning idrok etishidan kelib chiqib hosil bo‘ladi, 
bu holat nizoni hal etishni jiddiy ravishda qiyinlashtiradi. Nizo 
natijasida kelib chiqqan salbiy his-tuyg‘ular muammodan 
muxolif shaxsiga tezlik bilan o ‘tishi mumkin, bu esa nizoni 
shaxsiy qarshi turish bilan toldiradi.
Nizo qanchalik kuchayib borsa, muxolifning obrazi shu 
qadar yoqimsiz koTinadi, bu hoi nizoning hal etilishini 
qo‘shimcha ravishda murakkablashtiradi. Shunday yaroqsiz bir 
doira hosil bo‘ladiki, uni yorib chiqish juda qiyin kechadi. 
Buni voqeaning boshlang‘ich avj olish bosqichida amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir, bunda vaziyat hali nazorat 
chegarasidan chiqib ketmagan bo‘ladi.
Nizoli xulq-atvoming sabablarini aniqlashning bir necha 
usullari mavjud. Misol tariqasida ulardan biri — nizoning 
kartografiya usulini qarab chiqamiz. Bu usulning mohiyati nizoni 
tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni chizma tarzida aks etti- 
rishdan, so‘ngra esa o‘zaro nizoli harakat qatnashchilarining 
xulq-atvorini izchillik bilan tahlil qilishdan, asosiy muammoni, 
qatnashchilaming ehtiyojlari va xavfsirashlarini, nizoga olib 
kelgan sabablami barham toptirish usullarini shakllantirishdan 
iboratdir.
Bu ish bir necha bosqichdan iboratdir. 

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin