Kelishib hal qilinadigan nizolar.
Nizo qatnashchilari maq-
sadlarining, o ‘zaro harakat qilish muddatlari va shartlarining
o ‘zaro o ‘zgarishi hisobiga ularni
hal etishning bir necha
variantiga yo‘l qo‘yadi. Masalan, mahsulot tayyorlovchi za-
vodga xomashyo yetkazib beruvchi tashkilot buyurtma berilgan
buyumni belgilangan muddatga yetkazib bera olmaydi, chunki
tashkilotning yuk tashish uchun mablag‘i tugab qolgan edi.
Zavod xom ashyo yetkazib berish grafigini bajarishni talab
qilishga haqlidir, lekin tashkilotning shart-sharoitlari o ‘zgarib
qoladi. 0 ‘zaro manfaatdorliqdan kelib chiqib, murosaga kelish
mumkin: xomashyo yetkazib berish grafigini o ‘zgartirish, qarz
bilan
yordam berish, muzokaralar olib borish kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy nizolar
kishilar, ijtimoiy guruhlar, idoralaming
o ‘zaro munosabatlari tizimida ziddiyatlar
rivojlanishining
yuqori bosqichidan iboratdir. Ular ijtimoiy birliklar, jamoalar,
shaxslar manfaatlari va qaram a-qarshi tendensiyalarining
kuchayishini bildiradi. Bunday nizolar ulami vujudga keltirgan
obyektiv sabablar o ‘rtasidagi vaqt oralig‘ining mavjudligiga,
nizolaming o ‘ziga va ulaming oqibatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Misol: sobiq ittifoq hududida keyingi yillarda ko‘pgina nizolar
vujudga keldiki, ulaming paydo boMishiga asosiy sabab o ‘tgan
asrning 20- yillarida amalga oshirilgan
milliy siyosatdagi
kamchiliklarga borib taqaladi. Nizolar hozirgi vaqgda kelib
chiqayotgan bo‘lsa ham, ular oradan bir necha yillar o ‘t-
gandan keyin hal qilinadi. Shu narsa shak-shubhasizki, o‘tgan
davrda bu xildagi nizolaming avj olishi uchun yetarli darajada
sabablar to‘planib
qolgan edi, lekin ulaming ilk asosi o‘sha
dastlabki yillarda yaratilgan edi.
Dostları ilə paylaş: