— joriy likvidlik ko‘rsatkichi;
— o‘z kapitalining rentabelligi;
— umumiy to ‘lovga qodirlik ko‘rsatkichi, aktivlar bozor
qiymatining xo‘jalik subyektining barcha majburiyatlariga
nisbati;
— kapitallashtirish koeffisienti, o ‘z kapitalini bozor
qiymatining qarz mablag‘larini balans qiymatiga nisbati;
— menejment koeffisienti, sotishdan olingan pul tushu-
mining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.
Shuni aytib o ‘tish joizki, bugungi bozor iqtisodiyotiga
o ‘tish davrida korxonalar o ‘zining iqtisodiy xavfsizligini
ko‘proq o‘zi ta’minlashga majbur bo‘lmoqdalar. Korxona xavf
sizligini ta’minlash uchun huquqiy, tashkiliy, texnik chora-
tadbirlar majmuasini ishlab chiqish lozim. Bunda xavfsizlikni
ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
qonuniylik, shaxsiy va korxona manfaatlarining uyg‘unligi;
personal va rahbarlarning o ‘zaro birgalikdagi mas’uliyati; davlat
xavfsizlik va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning
yagona tizimini yaratish quyidagi tamoyillar asosida amalga
oshiriladiki, ular hayotiy muhim manfaatlami himoya qilish
va tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli hal etish bo‘yicha
tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishning muhim
talablari hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: