NAZORAT U C H U N SAVOLLAR
1. Xavfsizlikni boshqarish tushunchasini ochib berishga nisbatan
bugungi kundagi yondashuvni tushuntirib bering.
2. Xavfsizlik texnikasi nima?
3. Baxtsiz hodisalaming kelib chiqish sabablari va ulam i oldini
olishning mohiyati nimada?
4. Personal sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini boshqarish deganda
nimani tushunasiz?
5. Korxona va tashkilotning iqtisodiy xavfsizligi nimani nazarda tutadi?
6. Intellektual mulk nima?
7. Intellektual mulkni muhofaza qilish qanday amalga oshiriladi?
8. Tijorat tashkiloti o ‘z xavfsizligini ta’minlash faoliyatining asosiy
yo'nalishlari va vazifalari nimalardan iborat?
9. Korxonada tashkil etiladigan xavfsizlik xizmati o ‘z faoliyatini
nimalarga qaratadi?
10. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning yagona tizimini yaratish qaysi
tamoyillar asosida amalga oshiriladi?
204
XI BOB. PERSONALNI BOSHQARISHDA
NIZO VA STRESSLARNING OLDINI OLISH
Munim tushunchalar:
nizo, nizoli vaziyat, ziddiyat, ijti-
moiy nizolar, tashkiliy nizolar, vertikal va gorizontal nizolar,
oshkora nizolar, guruhlararo va shaxslararo nizolar, nizoni
hal qilish, nizolami boshqarish, stress, stressli vaziyatlar, ruxiy
tushkiinlik.
11.1. Nizolar va ularni boshqarish
Nizo — bu aniq shaxs yoki guruhlardan iborat bo‘lgan
ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasida murosaning mavjud
bo‘lmasligidir. Har bir tomon o‘z nuqtayi nazari qabul qili-
nishiga intilib, boshqa tomonning shunday harakat qilishi uchun
to£sqinlik qiladi (masalan, ikki muhandis stanok yaratib, har
bin o‘z loyihasini qabul qilishini talab qiladi). Nizo ko‘pincha
tajovuz, tahdid, munozara, dushmanlik, urush va h.k.lar bilan
tenglashtirilib, doimo salbiy hodisa sifatida qabul qilinadi, unga
imkoni boricha yo‘l quymasiik, yoki tezlik bilan vujudga kelgan
vaziyatni hal etish zarur deb hisoblanadi.
Nizolar, ya’ni kelishmovchiliklar individlaming o ‘zaro
bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi, o‘zaro muomalada bo‘lishi jara
yonida vujudga keladi, shuning uchun ham ular odam qancha
umr ko‘rsa, shuncha davom etadi. Biroq nizolarning umumiy
qabul qilingan, ulaming tabiatini, jamoaning rivojlanishiga,
jamiyat taraqqiyotiga ta ’sir etishini tushuntirib beradigan
nazariya yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa ham nizolarning kelib
chiqishi mavjud bo‘lishi, ulami boshqarish masalalari yuza-
sidan ko‘pgina tadqiqotlar olib borilgan.
Ayrim tadqiqotlarda nizolarning "ma’naviy otasi" deb
Geraklitni hisoblaydilar, shuningdek Sokrat va Platonga havola
qilishlar ham uchraydi. Gegelga, uning ziddiyatlar to‘g‘risidagi
va qarama'qarshiliklarning kurashi haqidagi ta’limotiga yetarli
darajada tez-tez murojaat qilib turiladi.
205
0 ‘tgan asr boshlarida bir qator Germaniya, Avstriya va
amerikalik sotsiologlar: G. Zimmel, L. Gumplovich, D. Smolli,
U. Samnerlaming tadqiqotlari bilan nizolar nazariyalariga asos
solindi. Ulardan eng mashhuri G. Zimmel bo‘lib, u nizolami
jamiyat hayotidagi muqarrar hodisa sifatida qaragan, nizolar
inson tabiatining xususiyatlaridan kelib chiqadi va shaxsga
xos b o ‘lgan hujumkorlik instinkdan paydo b o ‘ladi, deb
hisoblaydi.
Chet el firmalarining faoliyati, ayniqsa, mulkchilik shakl-
lari o ‘zgargan hozirgi sharoitda, respublikamizdagi korxona
va tashkilotlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy
rahbarlarga va personalni boshqaruvchilarga nizolarni
boshqarish va ulami bashorat qilish yuzasidan yetarli darajada
bilim va ko‘nikmalar zarurdir.
Kishilaming qarashlaridagi tafovutlar, u yoki bu voqeani
idrok etish hamda ularga baho berishning mos kelmasligi
ko‘pincha tortishuvchi vaziyatlarga olib keladi. Agar vujudga
kelgan vaziyat o ‘zaro harakat qatnashchilaridan bittasiga o ‘z
oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda xavf tug‘dirsa, u holda
nizoli vaziyat kelib chiqadi.
Shunday qilib, nizoli vaziyat — tomonlaming biron-bir
xususda qarama-qarshi, ziddiyatli nuqtayi nazari, ziddiyatli
maqsadlarga intilishi, ularga erishish uchun turli-tum an
vositalardan foydalanishi, manfaatlar, istaklaming bir-biriga
mos kelmasligi va shu kabilardir.
Ko‘pincha nizoli vaziyat asosida obyektiv ziddiyatlar
yotadi. Lekin ba’zan qandaydir mayda-chuydalar: noo‘rin
aytilgan so‘z, fikr, ya’ni hodisa nizoning kelib chiqishiga yetarli
asos bo‘lishi mumkin. Ammo 0 ‘zbekiston sharoitida har bir
xodim boshqa millatlarga mansub bo'lmagan, nizoli vaziyatni
chetlab o‘tadigan sharm, hayo, or, andisha, nomus, vijdon
kabi axloqiy tarbiya maktabini o ‘tagan, hech bir o‘xshashi
yo‘q mahalla tarbiyasi va ta’sirida bo‘ladi.
Hadisi shariflardan birida aytilishicha, odam, eng awalo,
o‘zidan uyalishi kerak. Nojo‘ya qilmishi uchun o‘zidan uyalgan
odam birovning ham nojo‘ya xatti-harakatini qoralay oladi.
206
Ana shuning uchun ham har qanday korxona va tashkilotda
nizolarning oddini olish zarur. Nizo bo‘lgan joyda hayo yoki
uyat yo‘qoladi. "Bir ketgan uyat qaytib kelmaydi", "Dilda dog‘
ko‘tarib yurgandan ko‘ra betning qizargani afzal", deydi
xalqimiz.
Kelib chiqayotgan o ‘zaro ziddiyatning nizoli vaziyatga
aylanishi uchun quyidagilar zarur:
— nizoli o ‘zaro harakat ishtirokchilari uchun vaziyatning
ahamiyatini tushuntirish;
— boshqa qatnashchilaming maqsadga erishuvi yo‘lida
muxoliflardan biri ilgari surgan to ‘siqning mavjudligi (bu hatto
real voqelik emas, subyektiv idrok etish ham bo‘lishi mumkin);
— vujudga kelgan to‘sqinlikka hech bo‘lmaganda tomon-
lardan birining shaxsiy yoki guruhiy chidamining oshirib
yuborilganligi.
Albatta, ziddiyatlami bartaraf etishda 0 ‘zbek xalqida tarixan
mavjud bo‘lgan ana’anaviy "nomus", "andisha", "vijdon",
"qanoat" kabi umuminsoniy axloq, tarbiya yo‘lidan ham keng
foydalanish zarur. Olamda qanoat kabi dilni poklaydigan narsa
yo‘qdir.
Nizoli vaziyatda bo‘lajak nizoning ehtimol tutilgan qat-
nashchilari — subyektlar yoki muxoliflar, janjal mavzui yoki
nizo obyekti namoyon bo‘ladi.
Nizo subyektlari nizoli o‘zaro harakat qatnashchilari bo‘-
lib, bunday subyektlar sifatida ayrim shaxslar, guruhlar,
tashkilotlar maydonga chiqishi mumkin. Shuni ta’kidlash
kerakki, muxoliflar o ‘z nomlaridan harakat qilish imkoniga
ega bo‘lishlari, uchinchi shaxslar nomidan maydonga chiq-
masliklari, kimningdir manfaatini amalga oshirishda vosita
bo‘lmasliklari kerak. Bunday holda nizoning aniq ishtirokchilari
haqida emas, balki vositachilar haqida gap borishi mumkin.
Janjallashuvchi tomonlardan har biri nimaga da’vo qilsa,
o ‘sha narsa nizoning obyekti b o ‘ladi, bunda qatnashuv-
chilardan biri nim anidir olgan bo‘lsa, bu narsa boshqa
tomonni o ‘z maqsadlariga erishish imkoniyatidan butunlay
va qisman mahrum etadi. Masalan, mulkka egalik qilish, davlat
207
mulkini xususiylashtirish variantini tanlash va boshqalar. Bu
sanab o‘tilgan barcha misollarda mazkur huquqni olgan tomon
barcha masalalami o‘z ixtiyori bilan hal qilish imkoniyatiga
ega bo‘ladi va boshqa tomonning tegishli imkoniyatlarini to ‘la-
to ‘kis yo‘qqa chiqaradi yoki jiddiy ravishda qisqaradi.
Bunday holatda nizoning obyekti mol-mulk, yer, tashki-
lotni boshqarish huquqini qo‘lga kiritishdir. Nizoning sub
yektlari sifatida hokimiyat, tashkilot, xususiy shaxslar, ya’ni
bu huquqqa qarshi chiquvchilar maydonga chiqadilar.
Nizoli vaziyat — yetarli darajada harakatchan beqaror holat
bo‘lib, tashkil etuvchi elementlardan biri o‘zgarishi bilan osonlikcha
o ‘zgarishi mumkin, bunday elementlarga muxoliflarning
qarashlari, obyekt-muxolif munosabatlari kiradi. Bunda nizo
obyektining almashinishi, muxoliflarning o ‘zaro harakatini
qiyinlashtiruvchi yoki yo‘qqa chiqaruvchi shart-sharoitlaming
paydo bo‘lishi, subyektlardan birining bundan keyingi hamkorlik
qilishdan voz kechishi va boshqalar ta’sir qiladi.
Subyektlaming o‘zaro harakat qilishida har kimning xulq-
atvoriga muxoliflarning rasmiy, ba’zan norasmiy maqomi,
ularning ega bo‘lgan hokimiyat darajasi ta’sir ko‘rsatadi.
"Boshliq-xodim" to ‘qnashuvida aw aldan boshliqning
darajasi xodimning darajasidan yuqori bo‘lib kelgan, lekin
keyinchalik kuchlaming bunday taqsimotini o‘zgartiruvchi turli
sabablar sodir bo‘lishi mumkin (xodim yuqoriroq lavozimga
ishga o‘tkazilishi, xodimlaming o ‘z tomonlariga yuqoridagi
rahbarlami, jamoani jalb qilishi bunga misol bo‘la oladi).
Nizoli vaziyat — bu nizoning paydo bo‘lish shartidir.
Bunday vaziyatning nizoga aylanishi, kuchayishi uchun tashqi
ta’sir, turtki yoki biror voqea sodir bo‘lishi lozim.
"Nizo" tushunchasi ta’rifming bir qancha turlari mavjud
bo‘lib, ikkitasi keltirib o ‘tiladi: birinchi ta’rif — klassik ta’rif
bo‘lib, 50- yillarda ijtimoiy nizolar bo‘yicha amerikalik muta-
xassisi L. Kozer tomonidan taklif qilingan bo‘lib, keyingi yil
larda undan ko‘plab nizolarni ta ’riflash uchun foydala-
nishmoqda. Ikkinchisi mualliflar F. M. Borodkin va N. M. Koryak
208
tom onidan 80- yillarning oxirida ishlab chiqilgan bo‘lib,
hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda.
Nizo
— qadriyatlar uchun muayyan maqom, hokimiyat,
resurslar uchun kurash olib borishdan iborat bo‘lib, unda
ko‘zga tutilgan maqsad raqibni betaraf qilib qo‘yish, unga
zarba berish yoki uni yo‘q qilishdir (Kozer). Mazkur ta’rifda
nizoli o ‘zaro harakatning maqsadlari, muxoliflik qarshilik
ko‘rsatgan taqdirda amalga oshirilishi m um kin b o ‘lgan
harakatlar aniq va ravshan ko‘rsatilib o‘tilgan, shu bilan birga
harakatlarning kuchi ortib borishi tartibida sanab o ‘tilgan.
Nizo
— bir-biriga qarama-qarshi yo‘naltirilgan maqsadlar,
manfaatlar, nuqtayi nazarlar, fikrlar yoki ikki va undan ortiq
kishining qarashlari to ‘qnashuvidan iboratdir. Mazkur ta’rifda
qarama-qarshi maqsadlar, manfaatlar shaklidagi to ‘qnashuv
predmetiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, ta’sir ko‘rsatish usullari
masalasi noma’lum qoladi.
Birmuncha keyinroq borib nizoning mana bunday shakli
taklif etilgan:
Dostları ilə paylaş: |