Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Umumiy maqsadlar. 
Mazkur usul umumtashkiliy maq- 
sadlami ishlab chiqish yoki aniqlashni nazarda tutadi, toki 
barcha xodimlaming kuch-g‘ayrati birlashtirilib, ana shu 
maqsadlarga erishishga qaratiladi.
Mukofotlar tizimi. 
Rag‘batlantirishdan nizoli vaziyatni 
boshqarish usuli sifatida foydalanish mumkin. Kishilar xulq- 
atvoriga samarali ta’sir ko‘rsatganda nizolardan xoli bo‘lish 
mumkin. Shunisi muhimki, mukofotlash tizimi ayrim shaxslar 
va guruhlarning samarasiz xulq-atvorini rag‘batlantirmasin. 
Masalan, agar sotish bo‘limining boshlig‘i mol sotish hajmini 
ko‘paytirgani uchun mukofotlansa, bu hoi foyda olishning 
belgilangan darajasi bilan zid kelib qolishi mumkin. Mazkur 
bo‘limlarning rahbarlari sotish hajmini ko‘paytirsalar-u, katta
219


chegirmalar tavsiya qilsalar, bu bilan kompaniyaning oladigan 
o ‘rtacha foyda darajasini pasaytiradilar.
Shaxslararo usullar. 
Nizoli vaziyat yaratilishida yoki nizo­
ning o'zini avj oldirish boshlanishida uning qatnashchilari 
o ‘zlarining bundan keyingi xulq-atvor shakli va usulini 
tanlashlari zarur, toki bu hoi ulaming manfaatlariga eng kam- 
roq darajada ta’sir qilsin.
K. Tomas va R. Kilmenn nizoli vaziyatda xulq-atvoming 
quyidagi beshta asosiy uslubini ajratib ko‘rsatganlar:
• moslashish, yon beruvchanlik;
• bosh tortish;
qarshi kurashish;
• hamkorlik;
• murosaga kelish.
Tasniflash asosini ikkita mustaqil o ‘lchov tashkil etadi:
1) o‘z manfaatlarini amalga oshirish, o‘z maqsadlariga 
erishish darajasi; 2) kooperativlik darajasi, boshqa tomonning 
manfaatlarini hisobga olish.
Bosh tortish (qochish, o‘zoqlashish). 
Bunday xulq-atvor 
individ o‘z huquqlarini himoya qilishni, qaror ishlab chiqishda 
hamkorlik qilishni istamagan, o‘z fikrini aytishni xohlamagan, 
janjaldan o‘zini olib qochadigan paytda sodir bo‘ lad i. Bu uslub 
qaror uchun javobgarliqdan o ‘zini chetga olishni nazarda 
tutadi. N izoning qanday tugashi individ uchun muhim 
bo‘lmagan vaqtda shunday yo‘l tutiladi, yoki vaziyat nihoyatda 
murakkab bo‘lib, uni hal qilish uchun qatnashchilaming juda 
ko‘p kuch-g‘ayrati sarf etilishi talab qilinsa, yohud individda 
nizoni o ‘z foydasiga hal qilish uchun qat’iyat yetishmasa 
shunday bo‘ladi.
Qarshi kurashish, raqobat individning o ‘z manfaatlari 
uchun faol kurash olib borishi, o ‘ziga qulay bo‘lgan barcha 
vositalardan foydalanishga, muxoliflarga nisbatan hokimiyatni 
ishlatish, majbur etish, boshqa vositalami ishga solish, boshqa 
ishtirokchilaming o ‘ziga bog‘liqligidan foydalanib qolish bilan 
ajralib turadi. Individ vaziyatni o ‘zi u ch u n nihoyatda 
ahamiyatli, g‘alabaga erishish yoki mag‘lubiyatga uchrash ma- 
salasi sifatida qabul qiladi, bu esa undan muxoliflarga nisbatan
220


qatgiqroq b o ‘lishni, agar boshqa qatnashchilar qarshilik 
ko‘rsatishni davom ettirgan taqdirda murosasiz qarshilik 
ko‘rsatishini nazarda tutadi.
Hamkorlik qilish shuni bildiradiki, shaxs o ‘zaro harakat 
qatnashchilarining barcha qatnashchilarini qoniqtiradigan 
yechim izlashda faol ishtirok etadi, lekin o‘z manfaatlarini 
ham unutm aydi. Urnuman yechim ni ishlab chiqishda 
manfaatdor tomonlarning barchasi oshkora fikr bildirishini 
nazarda tutadi. Mazkur ish shakli uzoq vaqt ish olib borishni 
va barcha tomonlarning ishtirok etishini talab qiladi.
Agar muxolifning vaqti bo‘lsa, muam moni hal etish 
harnma uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, u holda bunday 
holda vujudga kelgan kelishmovchiliklami har tomonlama 
muhokama qilish, barcha ishtirokchilar manfaatlarini e’tiborga 
olgan holda umumiy qaror ishlab chiqishga erishish mumkin 
bo‘ladi.
Murosaga kelishda qatnashchilaming harakatlari o‘zaro 
yon berish hisobiga yechimni izlashga, har ikki tom onni 
qoniqtiradigan oraliq qaror ishlab chiqishga qaratiladi, bunda 
hech kim aytarlik yutib chiqmaydi ham, yutqazmaydi ham. 
Bunday xulq-atvor uslubi muxoliflar bir xil hokimiyatga ega 
bo‘lganda, yaxshi yechimni izlash uchun ularda vaqt rezervi 
yo‘q bo‘lganda, ularni muayyan muddatga oraliq yechim 
qoniqtirgan sharoitda tatbiq etilishi mumkin.
0 ‘zini chetga olish va yon bosuvchanlik uslublari nizolami 
hal qilishda qarshilik ko‘rsatishdan faol foydalanishni nazarda 
tutmaydi. Qarshi kurashish hamkorlikda qarama-qarshi finish, 
qaror ishlab chiqishning zarur sharti hisoblanadi.
Nizoni hal qilish uni vujudga keltirgan sabablarga barham 
berishni nazarda tutgani uchun faqat hamkorlik uslubigina 
mazkur vazifani to ‘la-to ‘kis amalga oshiradi, deb xulosa 
chiqarish mumkin. 0 ‘zini chetga olish va yon bosuvchanlikda 
nizoni hal etish orqaga suriladi, nizo faktining o ‘zi esa yashirin 
shaklga kiradi. Murosaga kelish nizoli vaziyatni faqat qisman 
hal qilishni bildiradi. Shuning uchun o £zaro yon bosishlar 
uchun yetarli darajada katta zona qoladi, sabablar to ‘liq 
barham topmaydi.
221


Ayrim hollarda oqilona, nazorat qilinadigan doiralarda 
qarama-qarshi turish nizoni hal qilish nuqtayi nazaridan uni 
xaspo‘shlashga, o ‘zini chetga olishga, hatto murosaga kelishga 
nisbatan ancha samaraliroqdir. Lekin bu fikrga barcha m u­
taxassislar ham qo‘shilavermaydilar. Shu bilan birga boshqa 
tomon uchun g‘alabaning qimmati qanday va mag‘lubiyat 
nima? degan masala ko‘ndalang bo‘lib turadi. Bular nizolarni 
hal qilishda boshqarishda g‘oyat murakkab masalalardir
chunki mag‘lubiyat yangi nizolarni shakllantirish negizi bo‘lib 
qolmasligi va nizoli o ‘zaro ta’sir ko‘rsatish zonasining ken- 
gayishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin