Amaliyot Millning ishlab chiqarish omillari orasida belgi-
lovchi rolni shaxsiy omil o‘ynashi haqidagi fikri mutlaqo to ‘g‘ri
ekanligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, klassik maktab namoyandalari nafaqat
mehnat bozorini aniqlash va amal
qilish muammolari haqida
qarashlar tizimini shakllantiradilar,
balki inson qobiliyatlari
va mehnatga haq to‘lash o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdilar, nafaqat
iqtisodiy, balki ijtimoiy omillariga ham katta ahamiyat berdilar.
Shuning bilan birga klassiklaming ishlab chiqarish sarf-
xarajatlari konsepsiyasi ta’limning
haqiqatdagi qiymatini aks
ettirmadi, chunki haqiqiy va o‘tmishdagi mehnatning xara-
jatlarini hisobga olmagan.Ular ish haqini xodimning mehnatga
shaxsiy layoqati darajasiga bog‘lagan bo‘lsalarda,
biroq ish
haqini mehnatning bozor narhi etib qabul qilgan edilar.
Inson kapitali konsepsiyasi (R. Bekker, A. Ouken, Ya. Min-
ser) mehnat bozorini bir xil jipsli emasligini e’tirof etadi.
Mazkur konsepsiyaga ko‘ra, xodim hayoti davomida o ‘z
daromadlarini ko‘paytirishga intilib, o £zini ishlab chiqaruvchi
imkoniyatini ta’lim olishi hamda tajariba orttirish yo‘li bilan,
yakka tartibdagi investisiyalash masalasini hal qiladi.
Birinchi bosqichda u ikki tomonlama yo‘qotadi: m a’lumot
uchun pul to ‘laydi hamda daromadni vaqtinchalik yo‘qotadi.
M a’lumoti o‘shgani sari xodimning qiymati o‘sadi, demak,
u to ‘plagan "inson kapitali" tufayli,
uning ish haqi oshadi va
natijada awalgi xarajatlar o ‘m i qoplanadi.
Mazkur nazariyaga ko‘ra, mehnat bozori inson kapitali
bozoriga tenglashtiriladi va bunda
ish haqi xodimning butun
umri davomida jamlanadigan o ‘z "inson kapitali" ga qo‘yil-
malarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur nazariyaning namoyanda-
larining fikriga ko‘ra, inson kapitalini rivojlantirish ta’lim,
unumdorlik va daromadning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi:
Dostları ilə paylaş: