aktivlami farzandlariga o ‘tkazish, bundan Bekker shunday
xulosa qiladi: meros qoldiradigan oilalar farzandlarining inson
kapitaliga investisiyalami maqbul miqdorda qo‘yadilar,
meros
qoldirmaydigan oilalar esa farzandlarining m a’lumotiga
yetarlicha investisiya qo‘ymaydilar.
Inson kapitali nazariyasi g‘oyalari davlatni iqtisodiy siyo-
satiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. U tufayli jamiyatning insonga
qo‘yilmalarga munosabati o ‘zgardi. Ular ishlab chiqaruvchi,
uzoq muddatli, samarani ta’minlaydigan investitsiyalar
sifatida
tan olindi.
Natijada dunyoning ko‘p mamlakatlarida ta’lim va kadr
lar tayyorlash tizimi jadal rivojlanishi ta ’minlandi. Inson
kapitali nazariyasining ta’siri ostida ijtimoiy siyosatda m a’lum
burilish sodir bo‘ldi. Xususan, tayyorlov dasturlari qashshoqlik
bilan kurashda samarali qurol deb qarala boshladi. Muhim
xulosa
shundan iborat ediki, umrbod daromadlami emas,
joriylarini o‘lchashga asoslangan umumqabul qilingan baho-
lari, oshirib ko‘rsatilganligi isbotlandi. Yoshlar o‘z m a’lumotiga
investisiya qo‘yib, ongli ravishda
past joriy daromadni afzal
ko‘radilar, kelgusida yuqori daromadli ish o‘rinlarini egallash
maqsadida ayollarni ish haqi nisbatan pastligi shu bilan
izohlanadiki, ular bozor qiymatiga ega ko‘nikmalarga nisbatan
kamroq, uy xo‘jaligida qiymatga ega ko‘nikmalarga esa-
nisbatan ko'proq investisiya qo‘yadilar.
Dostları ilə paylaş: