2.2. Tovar pul munosabatlarining vujudga kelishi Ayirboshlash qiymatiga, awalo, bir turdagi iste’mol qiymatini
boshqa turdagi iste’mol qiymatiga ayirboshlaydigan miqdoriy muvofiqlik
(proporsiya) sifatida qaraladi:
2 etik = 1 kostum
Turli xildagi tovarlarni tenglashtirish ularning ayirboshlashgacha
bo‘lgan obyektiv tengligini nazarda tutadi. Buni qadimgi grek faylasufi
Aristotel ham ta’kidlab o ‘tgan: «Almashinuv tengsizlikda yuz berishi
mumkin emas, tenglik esa umumiy o'lchovsiz», degan edi u.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta ’rif berishda
ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan,
E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar — bu bozorda boshqa tovarga ekviva
lent asosida ayirboshlashga m o’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan
ytimoiy naflikdir»1. Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli
sifatida qaraydi.
V.I. Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda
«nc’mat* va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqti
sodiy ta’rifning maxsus shakli bo'lib hisoblanishi ko'rsatib berilgan: «Tovar
- bu ayiiboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»2.
Bu va boshqa qator olimlaming fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki,
tovar — bu blron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Tovar ikki xususiyatga ega:
birinchidan, u kishilarning qandaydir
ehtiyojini qondiradi;
ikkinchidan, u boshqa buyumga ayirboshiana ola-
digan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar iste’mol va almashuv
qiymatlariga ega.
1 Борисов Э.В. Экономическая теория учеб. - 2-е изд, перераб. Изд-во ПРОСПЕКТ - М.: ТК Вслби ТК , Изд-во ПРОСПЕКТ, 2005, с. 144.