mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv,
ularni turli xil ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ixtisoslashuv
esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, natijada vaqtni va
moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligi rivojlanishining harakatlan-
tiruvchi kuchiga aylanib boradi. Demak, tovar ayirboshlash faqat zarur-
gina emas, balki foydali bo‘lib boradi.
Dastlabki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldor latifundiya-
lari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o'rnatilishiga yordam
berib, ishlab chiqarish va um um an jamiyatning
rivojlanishi uchun
qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan. M a’lum tarixiy davrlarga kelib, tovar
munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tom onlarini keng va
chuqur qamrab oladi.
Tovar munosabatlarining bunday uzoq davom etishi nima bilan
izohlanadi, buning sababi nima? Awalo, bu ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o'rtasidagi munosabatlar mehnatni hisoblash va uni jamoa-
ning jami mehnatiga kiritishning maxsus uslubidir. Bu ishlab chiqa
rishning o‘zida emas, ayirboshlash doirasida oldi-sotdi yo'li bilan amalga
oshiriladi. Agar natural ishlab chiqarish bevosita umumiy aloqalar bilan
xarakterlansa, tovar-pul munosabatlari bevosita ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi o‘zaro umumiy
aloqalar, shuningdek, ular va iste’molchilar
o ‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Tovar munosabatlari vujudga kelishining ikki sababi bor:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqa-
ravchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati
bilan aniqlanadi;
2) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi.
Bunda
ular o ‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik
xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi
hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni
zarur qilib qo‘yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisob
lanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun,
sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar
ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning holati qarama-qarshi: bir tomondan,
uning
mehnati umumiy xarakterga ega, u jamiyatga uning tovariga
talab borligi uchun zarur, boshqa tomondan, uning mehnati o‘ziga
xos bo‘lib, o ‘z shaxsiy hisobiga olib boriladi va nom a’lum iste’molga
23
mo'Uallangan. Mehnatning umumiy ahamiyati tovar savdosi bilan
tAldlqlanishi kerak, buning uchun bozorda xaridorni topishi lozim.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish
uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: