Sh. Sh. Shodmonov


 Экономическая теория учеб. - изд, исп. I доп. / Под обшей ред Акад



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Экономическая теория учеб. - изд, исп. I доп. / Под обшей ред Акад.
В.И. Видяпина, А.И. Добринина, Г.Р. Журавлёвой, JI.C. Тарасевича. - М.:
ИНФ РА - М.: 2005, с. 143.
24


Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun 
foydali va naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish 
vositalari sifatida kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, 
maijinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari 
ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi 
psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan 
o'rm ondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o ‘zi qolib ketgan 
Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo'llaydilar. Xolbuki, tovar 
ayirboshlash jamiyat a ’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari 
o'rtasida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy 
jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi 
natijasida, to ‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining 
xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o ‘tir- 
maydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan 
yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega boMavermaydi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan 
tushuncha qo‘llaniladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni 
tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi
naflilikka aytiladi.
N e’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, 
ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo'lishi zarur. 
Shunga ko‘ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng aw alo, o ‘z 
iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga 
sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural-buyum 
va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati — bu biror turdagi naflilikning boshqa 
turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta 
bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning 
bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 fikriga ko‘ra, tovarlar 
qiymatining umumiy asosi bo'lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular 
m a’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og'irligi, 
hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin