Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

2 - P u l n azariyasi 
1 7


q o nunl bilan m etall 
pul muomalasi qonunlarining farqiga bormaydi. 
Y uqoridagi nazariyalarni 
umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, 
pul tovar ishlab 
chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi bilan vujudga 
kelgan.
Yuqorida keltirilgan nazariyalarning kamchiliklarini qisqa qilib 
tushuntiradigan bo‘lsak, pulning alohida tovar sifatidagi mohiyatini 
hech bir nazariya to‘g‘ri va batafsil yoritmaganligini ta’kidlab ko'rsatish 
mumkin. Natijada metallistlar pulning nima uchun qimmatbaho boylik 
ekanligini, uning tub negizida nima yotishini tushunib yetishmagan, 
pulning mohiyatini yuzaki namoyon bo'lish shakllarida ko'rishgan. 
Nominalistlar bo‘lsa, qog'oz pullarni inkor etmagani holda nima uchun 
ularning qim m atli ekanligini izohlab bera olm adilar, u lar ham 
metallistlar kabi pulni yuzaki tushunib, davlat tomonidan chiqarilgan 
pul faqat shartli belgi va hisob birliklarinigina ifodalaydi, deb ko'rsa- 
tishadi. Yuqorida ko'rsatganimizdek, klassiklar ham pulning alohida 
tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu maxsus xususiyati 
ajratib turishini tushuntirib bera olmadi. Hozirgi davrda, shu kunlarda 
ham oltin pul mazmuni bilan qog'oz pul mazmunini bir xil deb 
qarovchilar juda ko'pdir.
Yuqoridagi nazariyalarni umumlashtirgan holda pulni alohida tovar 
bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy 
ekvivalent sifatida xizmat qiladi, deb ta’riflash mumkin. U boshqa 
tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman 
tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo'lsa, ikkinchi 
tomondan, iste’mol qiymatiga ega, uning iste’mol qiymati umumiy 
ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligidir. Bu 
pul-tovarning umumiy iste’mol qiymatidir. Demak, pul tovar sifatida 
qiymatga ega bo'ladi, alohida tovar sifatida esa qiymatning bevosita 
umumiy shakli hisoblanadi. Bu pulning boshqa hech qaysi tovarda 
bo'lmagan bevosita almashuvchanlik xossasini ko'rsatadi. Yuqoridagi 
nazariyalar pulning ana shu xossasini tushunib yetmaydi.
Tovarlar olamining tovarlar va pullarga ajralishida iste’mol qiymati 
hamda qiymat o'rtasidagi ichki ziddiyat yuzaga chiqadi. Barcha 
tovarlarni iste’mol qiymati sifatida chiqsalar, pul esa ularning qiymatini 
ifodalovchi vosita sifatida ko'rinadi. O'zining qiymatini ifodalash uchun 
har bir tovar oldindan pulga aylanishi kerak. Faqat pulga aylangan 
tovargina iste’mol qiymati bilan bir qatorda qiymatga ham ega bo'ladi.
Pul doimo abstrakt, ijtimoiy mehnatning o'lchovi sifatida namoyon 
bo'ladi. Oltin bilan qoplangan xususiy aniq mehnat bir vaqtning o'zida
18
/


abstrakt ijtimoiy mehnatning ham bevosita qoplanishini bildiradi. Har 
bir tovar-xususiy m ehnat mahsuli bo‘lib, u pulga ayirboshlangach, 
Ijtimoiy tan olinadi. P U1 yordamida tovarda mujassamlashgan ijtimoiy 
mehnat hisobga olinadi. Pul doimo qiymatning umumiy ekvivalent 
qutbida qiymat о ‘Ichovi sifatida chiqsa, barcha tovarlar doimo nisbiy 
shaklda boiadi. Shu o‘rinda ta ’kidlash lozimki, mana shu har ikki 
qiymat shakllari o ‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash orqali pul barqaror­
ligini ta’minlash mumkin. Fikrimizcha, shu yerdan pulning ijtimoiy- 
iqtisodiy munosabat ifodasi tarzidagi mohiyati kelib chiqadi. Tovarlar 
qiymati bilan muomaladagi pul miqdori o ‘rtasida mutanosiblik ta ’min- 
lansa, makroiqtisodiy barqarorlikka ham erishiladi, deb o ‘ylaymiz. D e­
mak, pulning o ‘zi mohiyat jihatdan jamiyatning iqtisodiy ahvolini 
ifodalaydi. Uning holatiga qarab jamiyatga baho berish mumkin.
G ‘arb mamlakatlari iqtisodchilarining yirik nazariy muammolari — 
pulning tabiati va funksiyalari; uning kengaytirilgan takror ishlab chi­
qarish modellaridagi o'rni; pulning foiz me’yori, inflatsiya va iqtisodiy 
o'sish dinamikasi bilan aloqasi; pul-kredit siyosatining samaradorligi 
sohasidagi tadqiqotlari bozor islohotlarini amalga oshirishda M DH
mamlakatlari uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Pul jarayonlarining g‘arb 
olimlariga xos bo‘lgan eng yangi talqinlari, original tadqiqot usullari 
bilan tanishish Respublikamiz — 0 ‘zbekistonda o‘tish davrida ham, 
uzoq kelajakda ham umumiqtisodiy va pul-kredit siyosati vazifalari va 
usullarini nazariy fikrlashga xizmat qiladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin