M etallistik pul
nazariyasi pulni qimmatbaho metallar, oltin va
kumush
b ila n
izohlaydi va XVI—XVIII
asrlarda kapital dastlabki
Jam g'arilishi davrida
rivojlangan, bu nazariya namoyondalari (Angliyada-
U. Stafford,
T. Men, D. Nors; Fransiyada- A. Monkreten) tangalarning
ycm irilishiga
qarshi chiqib, metallaming barqaror muomalada bo‘lishini
yoqlab
chiqishdi. Ular pullarning mohiyatini asl metallaming ijtimoiy
xususiyatlari emas, balki tabiiy xususiyatlari bilan bog‘lashgan, pullarga
ytimoiy, ishlab chiqarish munosabati sifatida qarashmagan, balki ularni
buyum deb bilishgan. Shuning uchun ular pullarning to ‘laqonli
tangalarni talab qiladigan funksiyalarini, ayniqsa, jahon puli va xazinalar
funksiyalarini mutloqlashtirishgan.
Nominahstik pul nazariyasi XVII—XVIII asrlarda pul muomalasi
to'la qiymatli bo‘lmagan tangalar bilan olib borilganda shakllandi.
Nominalizmning birinchi namoyondalari ingliz J. Berkli, J. Lokk va
J. Styuartlar bo'lishgan. Ularning nazariyasi uchun pullar —
bu faqat
tovarlar ayirboshlanishiga xizmat qiladigan ideal hisob birliklari, m ah
sulot, davlat hokimiyatining natijasi, pulning asosiy vazifasi to‘lov
vositasi vazifasidir deb tushunish xarakterli edi,
nominaUstlar pullarni
texnik almashuv quroli sifatida o‘rganib, uning qiymat tabiatini to‘hq
inkor qilishgan.
Fikrimizcha, nominalistlarning pul tartib o‘rnatishdan iboratligi
haqidagi fikri mutlaqo noto‘g‘ri, chunki haqiqatda pul stixiyaviy ravishda
kishilarning xohish-irodalariga bog'liq bo‘lmagan holda davlat paydo
bo'lgunga qadar, ayirboshlashning rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ldi.
Pulning mohiyatini uning to‘lov vositasi vazifasidan keltirib chiqarishga
urinish ham asossizdir
1929— 1933-yillardagi iqtisodiy tanazzul davrida nominalizm yanada
rivojlandi va oltin standartidan voz kechishni
oqlash uchun nazariy
asos sifatida tanildi. J.M. Keyns («Pul haqida traktat», 1930-y.) oltin
pullarni «yovuzlik qoldiqlari», «Aravaning beshinchi g‘ildiragi», deb
e’lon qildi1. Oltinga nisbatan elastikroq bo'lgan qog‘oz pullarni u ideal,
deb hisoblaydi va ular jamiyatning doimiy gullab-yashnashini ta’min-
lashlari kerak, deb ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarning oltinni muomaladan
siqib chiqarishiga u pulning oltindan ustunligi va nominalizmning
g‘alabasi sifatida qaraydi.
Shunday qilib, nominalizmning barcha ko‘rinishlariga bir xil kam-
chiliklar xosdir: pulning tovar sifatidagi
kelib chiqishini tan olmaslik,
Dostları ilə paylaş: