Biz monetaristlarning investitsiyalar va aholi bandligining o'sishi
inflatsiyani yanada kuchaytiradi, degan fikrlariga qo‘shila olmaymiz.
Bunga bir tomonlama qaramaslik kerak, ya’ni aholi bandligining o ‘sishi
ular daromadlarini o‘stirib, jami talabni rag‘batlantirish orqali tovarlar
taqchilligini yuzaga keltirishi mumkin bo'lsa, ikkinchi tomondan, ishlab
chiqarish hajmini o‘stirib, jami taklifni ham rag‘batlantiradi. Bizning
fikrimizcha, davlat jami talab bilan jami taklif o'rtasida mutanosiblikni
ta’minlashga qaratilgan siyosatini to ‘g‘ri va o‘z vaqtida ohb berishi zarur.
Bunday sharoitda monetar tadbirlar ko'rish, iqtisodiyotga faqat
pul emissiyasi orqali ta ’sir ko‘rsatish bilan cheklanish to ‘g‘ri bo‘lmaydi.
Muomalaga har qancha pullar chiqarilmasin, sotiladigan tovarning o ‘zi
bo‘lmasa, birlamchi asos bo'lmasa, pullar o‘z holicha oddiy qog‘oz
bo‘lib qolaveradi. Biz monetaristlarning bozor mexanizmlarining erkin
amal qilishi kerakligi haqidagi fikrlariga ham qo‘shila olmaymiz. Ayniqsa,
aholisi zich joylashgan, tug‘ilish darajasi yuqori (yiliga o'rtacha 1,8%),
turmush darajasi pastligi bilan ajralib turadigan 0 ‘zbekistonda bu og‘ir
ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I .A.
Karimov o‘zining asarlarida
bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sinalgan monetar siyosat
usullarining MDHga kirgan qator respublikalarda qo'llanilganligi oqi-
batida ishlab chiqarishning keskin pasayib ketganligini va inflatsiyaning
kuchayganligini ko‘rsatib berdi. Monetar siyosatni asos qilib olgan mam-
lakatlarning achchiq saboqlarini tahlil qilib, Prezident
I .A.
Karimov:
«Binobarin, monetarizm hech qachon ishlab chiqarishni tanglikdan
olib chiqishga qodir bo ‘lgan yagona yo‘naltiruvchi va hal qiluvchi
kuch bo‘lgan emas. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqish chog‘ida
ana shu qattiq monetarizmga tayanmaslik kerak. Balki muvozanatga
keltirilgan monetar siyosatni asosiy tarmoqlarni va ishlab chiqarishni
i tarkiban qayta tashkil qilishni qo‘llab-quwatlash siyosati bilan birga
: qo‘shib olib borish zarur»1, deb ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: