chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o ‘rtasidagi oqilona nisbatni
ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflatsiya darajasini nazorat qilishi,
balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy
ta’sirining oldini olishi ham lozim.
Fillips egri chizig'i nazariyasi
ishsizlik bilan inflatsiya
o‘rtasida
o‘zaro bog‘lanish bor, birini kamaytirish hisobiga ikkinchisi oshadi,
bunday jarayon qisqa muddatda ham,
uzoq mudatda ham amal qiladi,
deb isbotlagan bo'lsada, keyinchalik amaliyotning sinoviga unchalik
bardosh bera olmadi. Ko‘plab o ‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,
«inflatsiya qat’iyatlikka moyil». Agar qandaydir talab yoki taklif zarbasiga
uchramasa, bunday qat’iyatlik o ‘zgarmasdan o ‘zining ilgarigi sur’ati
bilan davom etaveradi. Qisqa muddatda ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlik
darajasidan past bo'lgandagina haqiqiy talab zarbasida inflatsiya darajasi
o ‘sadi. Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i muqim (bir izda) boMganda,
ishsizlik bilan inflatsiya o'rtasida o ‘zaro almashuv bo'ladi. Uzoq
muddatda esa ular o'rtasida hech qanday o'rin almashuvi bo'lmaydi.
Uzoq muddatda past darajadagi ishsizlik
ketidan hamisha tezlashgan
inflatsiya kelib chiqadi va bunday o'sayotgan inflatsiyani uzoqqa qolmay
taxmin qilish mumkin. Natijada yana bir daraja o'sgan qat’iy inflatsiya
davri boshlanadi. Demak, inflatsiya uzoq muddatda Fillips egri chizig'i
tabiiy ishsizlik darajasidan past bo'lgandagina inflatsiya haqiqatdan
o ‘sa boshlaydi. Shuning uchun aytish mumkinki, uzoq muddatda Fillips
egri chizig‘i tabiiy ishsizlik darajasini ifodalovchi nuqtaga tik tushgan
chiziqdir. Ma’lum bir davlatga nisbatan olib qaraganda ishsizlik
darajasini
tabiiy ishsizlik darajasida yoki undan past darajada, inflatsiyani qat’iy
holatda ushlab turish ancha mushkul,
hatto uzoq muddatda mumkin
emas. 0 ‘zgaruvchan iqtisodiy faoliyatlar va hodisalar yoki tasodif zarbalar
sababidan bunday muqimlik hamisha buzilib turadi va oqibatda ikkalovi
ham barobar o‘sadigan nomaqbul holat yuzaga keladi, biroq ikkalasining
o‘sish darajasi barobar bo'lmaydi, albatta.
4.
Inflatsiyaning bahoga boigan ta ’siri. M a’lumki, inflatsiya baho
darajasining o ‘sishi bilan ifodalanadi, biroq inflatsiya sharoitida barcha
baholar teng nisbatda o'smaydi, balki o‘rtacha baho darajasi o ‘sadi:
«ba’zi tovarlar bahosi keskin o‘sadi, ba’zi tovarlar bahosi qat’iy bo‘ladi,
ba’zi tovarlar bahosi hatto tushadi». Bundan
shunday xulosaga kelish
mumkinki, inflatsiya sharoitida baholar o ‘rtasidagi nisbat buziladi va
chalkashlashib ketadi. Inflatsiya darajasi qancha yuqori bo‘lgan sari,
bahoning chalkashlashuvi shuncha katta bo'ladi. Natijada baho tovar
qiymatini ifodalash funksiyasidan mahrum bo'ladi. Inflatsiya sababidan
Dostları ilə paylaş: