Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

d unyoda 
amalga oshayotgan jarayonlarni aks 
cttiradi. Ushbu omillarga dunyo mamlakatlarida yuzaga chiqadigan 
solia inqirozlari, hisoblanadigan xomashyo, energetika, neft, valuta 
inqirozlarini kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqari biror-bir 
davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi 
valuta siyosatini, yashirin holatda valuta, oltin eksportining amalga 
oshirilishini ham kiritish mumkin (1 1-chizma.)
11-chizma. 
Inflatsiyaning 
yuzaga chiqish sabablari.
11-chizmada inflatsiyaning yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. 
Ushbu chizma tahlilidan ko‘rinib turibdiki, inflatsiya asosan uch yo‘na- 
lishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo‘nalishda mahsulotlar va ko‘rsati- 
ladigan xizmatlarga boigan narxlami asossiz ravishda o ‘sib ketishi tufayli 
pul 
qadrsizlana 
boshlaydi. 
Buning natijasida 
milliy 
valutaning 
xarid 
qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo‘nalishda, xorijiy 
valutalarga
nisbatan milliy valutaning kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va 
mamlakat 
aholisi erkin muomaladagi xorijiy 
valutalarni (AQSH dollari, yevro, shveytsariya franki va boshqalarni) 
jamg‘ara boshlaydi. Uchinchi yo‘nalishda oltinga bo‘lgan milliy pul birli- 
gida ifodalangan narx ko‘tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi 
o'rtasida oltinning to'planib qolishi, ya’ni tezavratsiya amalga oshadi.
Inflatsiyaning iqtisodiyotga ko'rsatadigan aniq ta ’sirini quyidagi 
holatlarda kuzatish mumkin:
1. 
Inflatsiyaning boyliklarning qayta taqsimotiga ta’siri. 
Hozirgi 
vaqtda kishilarning boyligi pul (naqd pul, bankdagi omonat pul), aksiya


va mulk shaklida ifodalanadi. Bu boylik hamisha harakatda — iqtsodiy 
faoliyatda bo‘ladi. Muayyan vaqt va muayyan yo‘llar bilan bir kishidan 
yana bir kishiga o‘tib turadi. Bu jarayon boylik va daromadning taqsimoti 
hamda qayta taqsimoti bo‘lib, inflatsiya ham bunday qayta taqsimotni 
keltirib chiqaradi. Iqtisodiy faoliyatda amal qiluvchi ikki tomonning biri 
haqdor, yana biri qarzdor sifatida maydonga chiqadi. Bunday haqdorlik 
va qarzdorlik munosabati pul qarz berish va qarz olishda, bankka omonat 
pul qo‘yish va kredit berishda, nasiya savdoda yuzaga keladi.
Inflatsiya darajasi nisbatan past bo‘lgan sharoitda qaytarib olingan 
qarzning amaliy qiymati qarz bergan vaqtdagidan ortiq yoki deyarli farq 
qilmagani uchun uning boylik taqsimotiga ko‘ rsatgan ta’siri kuzatilmaydi. 
Inflatsiya darajasi yuqori yoki ta’sir qilarli darajada bo'lganda, ayniqsa, 
inflatsiya darajasi foiz stavkasidan yuqori bo‘lganda, bunday ta’sir yaqqol 
kuzatiladi, ya’ni qarz beruvchi qaytarib olgan pulning amaliy qiymati 
qarz bergan vaqtdagidan past bo‘lganda qarz beruvchi ziyon ko‘radi, 
qarz oluvchi esa foyda ko'radi. Nasiya savdoda muayyan muddatdan 
keyin qaytarib olgan pul hatto tannarxini ham qoplay olmaydi.
Inflatsiyaning naqd pul qiymatini, hatto bankka qo‘ygan omonat 
pulning qiymatini ham kamaytiradi. Bunday holat foizsiz omonatda, 
foiz stavkasi inflatsiya darajasiga bog‘liq bo‘lmagan sharoitda aniq 
kuzatiladi. Muqim daromad, muqim ish haqi, nafaqa kabi kirim bilan 
yashaydigan kishilarning turmush darajasini pasaytiradi. Uzoq muddatga 
muqim foizli omonat qo‘yganlar, naqd pul ushlab turganlarga nisbatan 
olganda foizdan keladigan foyda inflatsiya ta’sirida real qiymati kamayib 
ketgani uchun ular ko'rgan ziyon ancha katta boiadi. Banklar esa 
omonat pulni saqlovchi sifatida foyda ko‘rsa, kredit beruvchi sifatida 
ziyon ko'radi. Davlat budjetida kamomad bo'lsa, uning qarzi yengilla- 
shadi. Umuman olganda, inflatsiya sharoitida tovarga tovar almashtirish 

kabi ibtidoiy savdo shakli jonlanadi. Nasiya savdoda oldin to'lash (zakot 
berish) barham topadi, aholi qo'lidagi pul tovarga ishonchli deb qaralgan 
erkin muomaladagi chet el valutasiga almashtiriladi yoki qimmatbaho 
buyumlar sotib olinadi. Sarmoyalar oltin, ko'chmas mulkka ko'proq 
jalb qilinadi va ulardan ko'proq foyda olinadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin