Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Buyuk Britaniyada 
o‘ziga xos davlat boshqaruvi shakllangan bo‘lib, ularda
rasmiy hukumat yoki konstitutsiya mavjud emas[94]. Mamlakat umummilliy 
Britaniya parlamenti asosida ishlaydi. Shuningdek, inglizlar qonun ustuvorligini, 
soliq va armiya ustidan parlament nazoratini, so‘z va diniy bag‘rikenglik 
sharaflovchi va uning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha namunali hukumat 
boshqaruvini o‘rnatishga erishgan davlat hisoblanadi. 
Angliyada mahalliy boshqaruvning o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘lib, u asrlar 
davomida rivojlanish asnosida – davlat va xalq tizimini mustahkamlab, davlat 
organlari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazorati mexanizmini 
shakllantirishga erishildi[104].
Buyuk Britaniya hukumati jamoatchilik nazorati tizimiga qay darajada e’tibor 
beradi va uni rivojlantirish yo‘lida qanday islohotlar olib bormoqda? Bu kabi 
savollarga quyidagicha javob berish mumkin: 
− qonun chiqaruvchi organ odatda davlat xizmatlari va davlat operatsiyalari 
ustidan to‘liq jamoatchilik nazoratini saqlab turishi, hukumatni shartli qo‘llab-


34 
quvvatlash orqali jamoatchilik va parlament mas’uliyatini ta’minlashi, zarurat 
tug‘ilganda asosli qarshilik bildirishi huquqiga ega ekanligi; 
− jamoatchilik palatasi milliy siyosiy munozaralarning muhim markazi 
hisoblanishi, “jamoatchilik fikrini” hukumatga ta’sir etish imkoniyati sezilarli 
darajada ekanligi; 
− qonun chiqaruvchilar yakka tartibda va birgalikda jamoatchilikni tashvishga 
solayotgan masalalarni va fuqarolarning shikoyatlarini ochib berish va e’lon qilishga 
intilishi, ham ko‘pchilik, ham ozchilikning
fikrlarini samarali ifoda etilishi va jamoat 
manfaatlarini hisobga olgan holda konsensus ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi; 
− yangi qonunlarni tayyorlashda qonun chiqaruvchi organ hukumat 
konsultatsiyalarini nazorat qilishi va qonun chiqarishdan oldin samarali nazoratni 
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy 
(xalq fikri)
tizim oldidagi hisobdorligini his etilishi; 
− qonun chiqaruvchilar siyosatining tatbiq etilishida muntazam va ta’sirchan 
tarzda jamoatchilik nazoratida bo‘lishi, ular tomonidan tekshirilishi, davlat 
xizmatlari va siyosatni taqdim etish samaradorligida jamoatchilik nazorati o‘rnini 
doimiy sezilib[89] turilishi − Buyuk Britaniya qirolligi siyosatida xalq 
manfaatlarining jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilab bermoqda. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin