Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Finlyandiya
hukmron doirasi hatti harakatlarini isloh qilish maqsadida 
mamlakatda jamoatchilik nazoratining huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish 
masalasi, 1951 yilda Finlyandiya parlamenti tomonidan “Rasmiy hujjatlarni oshkor 
qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishi ortidan kelib chiqdi. Ya’ni jamoatchilik 
nazoratini olib boruvchi subyektlar faoliyatiga huquqiy status berildi. Bu 
mamlakatda subyektiv institutlar tomonidan amalga oshiriluvchi jamoatchilik 
nazoratida quyidagi vakolatlarni berdi: 
− faollar eng muhim hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega hisoblanadi; 
− qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda fuqarolarga davlat ishlari borasidagi 
ma’lumot taqdim etiladi; 
− fuqarolar davlat organlariga o‘zini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha so‘rov 
yuborishi, davlat organlari tomonidan 14 ish kuni davomida javob qaytarilishi shart 
hisoblanadi; 
− fuqarolar so‘roviga ko‘ra davlat organlari o‘z faoliyati haqida hisobot berib 
boradilar. 
Umuman olganda hozirgi Finlyandiyada barcha ma’lumotlarning 90 foizdan 
ortig‘i[98] xalq vakillari uchun ochiq hisoblanib, xalq internet tizimi orqali o‘zini 
qiziqtirgan ma’lumotlarni davlat xizmatlaridan olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. 


32 
Ushbu tizimning yaxshi tomoni shundaki, ma’lumotlardagi shaffoflik tufayli davlat 
organlari faoliyatida ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda sun’iy to‘siqlar kam 
uchraydi. Chunki, xalqda davlat organlari faoliyati to‘g‘risida ko‘plab 
ma’lumotlarning mavjudligi, ularda 
(davlat organlari) 
ijtimoiy mas’uliyatning 
oshishiga olib keladi[104]. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida
jamoatchilik nazoratiga bo‘lgan e’tibor 
birmuncha rivojlangan bo‘lib, bu davlatda jamoatchilik nazorati birinchi navbatda 
davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligi, fuqarolik ishtiroki va 
fuqarolarning birgalikdagi harakatlari tamoyili ustuvorligini ta’minlashga e’tibor 
qaratiladi[104]. 
AQSH davlatchilik tarixida jamoatchilik nazoratiga bo‘lgan e’tiborning 
tizimli rivoji Prezident Avraam Linkoln davrida davlat siyosatida yaqqol ko‘zga 
tashlana boshladi. Uning “xalq kuchi bilan, xalq irodasi bilan, xalq uchun” kabi 
so‘zlari, Amerikacha boshqaruv tarixida jamoatchilik nazorati tizimi uchun shior 
darajasiga ko‘tarildi. 
Aslida Amerika demokratiyasi ham model sifatida jamoatchilik nazorati 
asosida namoyon bo‘ladi. Bunda jamoatchilik nazorati ikki asosiy usulda – 
fuqarolarning xohish-irodasini bevosita 
(zudlik bilan)
ifodalash va ular nomidan ish 
yurituvchi fuqarolar tomonidan saylanadigan organlar orqali bilvosita 
(vakillik)
orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shma Shtatlarda jamoatchilik nazoratini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirib 
bo‘lmaydi, ya’ni vakillik organlari orqali yondashuv usuli qo‘llaniladi. Bunda 
fuqarolar xohish-irodasini jamoatchilik nazoratining bevosita usuli sifatida quyidagi 
shakllar orqali amalga oshiriladi: 
− fuqarolarning hokimiyat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 
foydalanish; 
− jurnalistik tekshiruvlar o‘tkazish; 
− murojaat, ya’ni fuqarolarning davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish organlariga individual yoki jamoaviy murojaatlari; 


33 
− fuqarolarning mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolar yig‘ilishlari, 
jamoatchilik muhokamalari orqali jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi; 
− jamoatchilik fikrini shakllantiradigan, hukmron elitaga ta’sir ko‘rsatadigan 
tadqiqot, publisistik va badiiy asarlar yaratish; 
− qonun loyihalari va davlat ijtimoiy hayotining boshqa muhim masalalarini 
ommaviy muhokama qilish; 
− xalqning qonunchilik tashabbusi; 
− qonun loyihalarini jamoatchilik ekspertizasi; 
− hakamlar hay’ati[34; 622-623-s.].
Umuman bu shakllarning barchasini keng ma’noda hukumat ustidan 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda konstruktiv asosi bo‘lib, hozirda AQSH 
jamiyatida harbiylar ustidan fuqarolik nazorati, razvedka idoralari ustidan 
demokratik 
nazorat, 
jinoiy 
sudlov 
ustidan 
jamoatchilik 
nazorati, 
fuqarolik ekologik nazorati, tibbiyot muassasalari ustidan fuqarolik nazorati[69] va 
boshqa shakllar mavjuddir. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin