davlat olib borayotgan islohotlarning xalqchilligi ( inson huquq va erkinliklari ta’minlanganligi, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi, gender tengligi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ya’ni ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan siyosatning yuritilishi, davlat organlari tomonidan mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori deb bilishi[99], mutasaddi davlat organlari faoliyatida xalqni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani, har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqilgani); −
davlat organlari faoliyatidagi shaffoflik (xalq uchun – davlatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy islohotlarning ochiqligi, davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilinayotgan qarorlar, yaqin-kelgusi yillar uchun mo‘ljallanayotgan ijtimoiy dasturlar va ularning maqsad-mohiyatidan xalqni muntazam ravishda xabardor qilib borish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi,
66
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim faoliyatining huquqiy asosini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga mos keladigan qonunchilik bazasining yaratilganligi, fuqarolarning davlat organlaridan o‘zlarini qiziqtirgan axborotlarni hech bir mone’liksiz olish tizimining yaratilganligi, ayni chog‘da axborotni muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash borasida mukammal, xavfsiz tizimning ishlab chiqilganligi)[104]; −