Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


davlat organlarining har bir ishida adolatlilik prinsipini qaror topishi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

davlat organlarining har bir ishida adolatlilik prinsipini qaror topishi
(davlat tomonidan o‘rnatiladigan va bajariladigan har bir amalda: tenglik, erkinlik, 
xavfsizlik tamoyillarining to‘liq amalda mavjudligi, xalq va davlat idoralari 
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda, kishilar o‘rtasidagi axborot 
almashinuvida, davlat organlariga xalq murojaati chog‘ida ularga ijtimoiy adolat 
va barqarorlik, tartibot va muvozanat nuqtayi nazaridan yondashish[104], davlat 
fuqarolarning tengligini ta’minlashda ijtimoiy adolat prinsipiga amal qilishi va 
hok.).
Uchinchidan,
jamoatchilik nazoratini tashkillashtirishda – fuqarolik jamiyati 
institutlari o‘rtasidagi harakatlar uyg‘unligi ta’minlanishiga erishish kerak. Ya’ni 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi fuqarolik institutlari o‘rtasidagi funksional 
integratsiyalashuvga erishish zarur[104]. Albatta, har bir jamoatchilik nazoratini 
olib borish vakolatiga ega institutning o‘z ishlash prinsipi mavjud. Masalan, o‘zini 
o‘zi boshqarish organlaridan 
mahalla instituti
− 
tegishli hududda qonunlar va 
boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holatini o‘rganish, tegishli choralar 
ko‘rilishi uchun davlat organlariga murojaat etish, davlat organlari vakolatiga 
kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha mutasaddi davlat 
organlariga so‘rovlar yuborish huquqiga ega[102]. Lekin, aksariyat fuqarolar 
yig‘inlari qonunda belgilangan bu muhim vakolatlaridan to‘laligicha 
foydalanayotganlari yo‘q. Umuman olganda Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarining ko‘plab vakolatlari fuqarolik jamiyati institutlariga berilayotgan bir 
paytda ular o‘zlarining barcha vakolatlaridan to‘laligicha foydalanishi lozim[104]. 
Shundagina davlat organlari mansabdor shaxslari o‘z faoliyati ustidan jamoatchilik 


67 
nazorati o‘rnatilganligini his etishadi. Bu oxir-oqibat, jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot 
va boshqaruvda adolat qaror topishiga olib keladi. Ammo bu masalaning bir tomoni 
bo‘lib, biz tomondan ko‘tarilayotgan masala, muammoning boshqa jihatiga 
qaratilgan. Aniqroq aytganda, jamoatchilik nazoratini olib borishda 
(mahalla, 
ommaviy axborot vositalari, partiya va boshqa fuqarolik institutlari)
“bir tan va jon” 
bo‘lib, aniq rejali faoliyatlar muvofiqligiga erishmas ekan[104], kutilgan natija 
bermaydi. 
Bizning taklif, mahalla maskanida OAV, shu hudud deputati va jamoatchilik 
fikrini o‘rganuvchi tashkilotlarning doimiy ish joyini tashkil etish kerak. Bu nima 
beradi? Javob: 
birinchisi,
mahalla xalq muammosini aniqlash, davlat organlari faoliyati 
yuzasidan “mahalladagi jamoatchilik fikrini” yuqoridagi institutlarga taqdim etish 
vazifasini bajaradi;
ikkinchisi,
OAV muammoning real holati, uni haqiqatga qay darajada mosligi 
va bu masala bo‘yicha bildirilayotgan jamoatchilik fikrini yoritish bilan 
shug‘ullanadi;
uchinchisi,
deputat esa, mavjud muammolar bo‘yicha qonuniy vakolatidan 
kelib chiqqan holda, uning davlat organlariga yetkazish va bajarilishini nazorat 
qiluvchi huquqiy mexanizmni bajaradi; 
to‘rtinchisi,
jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi tashkilotlar – olib borilayotgan 
amaliy ishlar bo‘yicha xalq fikrini, qarashlarini hamda nuqtayi nazarini o‘rganib, 
ko‘rilayotgan masala bo‘yicha keyingi bosqichni belgilab beruvchi drayver 
funksiyasini o‘taydi. 
Yuqoridagi to‘rtlikdan iborat tizim faoliyatidagi funksionallashuv asosida 
qanday natijalarni qo‘lga kiritish mumkin? Javob: 
birinchidan,
har qanday davlat organi vakili 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin