Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Uchinchidan,
jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish, uni zamon 
talablariga mos shaklga keltirish bilan bog‘liq muammolardan yana biri shuki, 
fuqarolarning hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida uzilish, 
uzoqlashish, ular bilan o‘zaro hamjihatlik tamoyiliga asoslangan hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish mexanizmi qoniqarli darajada emas. Bundan tashqari, bu muammo davlat 
siyosiy hayotida fuqarolarning ishtiroki sustligi, ularning o‘z qonuniy huquq va 
manfaatlarini himoya qilishlarida faolsizligi bilan yanada kuchaymoqda. Shu 
sababli, jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga ega institutlar va ularga vakolat 
bergan xalq 
(jamoatchilik)
o‘rtasida to‘siq bo‘lib kelayotgan ijtimoiy muammolarni 
bartaraf etish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. 
*
Цензура (лот. censura − жиддий муҳокама, шафқатсиз танқид) – ОАВ босмасидан чиқадиган маҳсулотлар, 
уларнинг чоп этилиши, тарқатилиши устидан, шунингдек, саҳна асарлари, радио-эшиттиришлар ва 
телевизион кўрсатувлар, баъзида эса шахсий ёзишмаларнинг мазмуни ва ижроси устидан расмий ҳокимият 
органларининг босими (назоратга олиб туриши). 


63 
To‘rtinchisi,
mamlakatimizda yaqqol ko‘zga tashlanayotgan ijtimoiy 
muammolarning asosiylaridan yana biri – malakali, o‘z kasbiga, Vataniga, vijdoni 
oldida sadoqatli kadrlarning yetishmovchiligi bo‘lib qolmoqda. Boshqacha 
aytganda, hokimiyat organlarining ta’qibidan qo‘rqmaydigan va ular uchun moddiy 
mavqeini belgilovchi omil bo‘lmagan, o‘z kuch va g‘ayratini jamiyat foydasiga 
bag‘ishlashga tayyor turgan bilimli, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, jamoatchilik 
nazoratini amalga oshiruvchi subyektiv mexanizmlarni yetishtirish borasidagi 
muammolar ichida eng dolzarb hisoblanadi. 
Beshinchisi,
Fransiyada Ombudsman instituti davlat va uning apparati oldida 
fuqarolar huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishi, fuqarolik jamiyati 
rivojlanishi, demokratik institutlarning kengayishi va mustahkamlanishi va xalq 
farovonligini oshirishda yanada yuqori yutuqlarga erishish maqsadida jamoatchilik 
huquqini va uning huquqiy vakolatlarini kengaytirishga alohida urg‘u bermoqda. 
Bizning qonunchiligimizda (O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati 
to‘g‘risida”gi Qonuni 2018.) bu tizim yo‘lga qo‘yilgan. Ammo muammo shundaki, 
jamoatchilikning huquqiy ongida kuzatilayotgan kamchiliklar sabab, aksariyat 
jamoatchilik nazorati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar o‘z vakolati doirasida davlat 
organlari faoliyati ustidan samarali nazorat shaklini o‘rnatishga qiynalmoqda. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin