Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


Fuqarolar ongida jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Fuqarolar ongida jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan 
loqaydlik, beparvolik qilmaslik tuyg‘usini oshirish – 
jamiyat hayotida barqarorlik 
tamoyilini saqlab qolishda birlamchi omil hisoblanadi. Chunki, bizning 
beparvoligimiz, loqaydligimiz faqat fojia keltiradi. Bolalarimiz, oilamiz, butun 
yurtimiz boshiga falokat keltiradi[5; 413-b.]. Ayniqsa, davlat boshqaruvini izdan 
chiqarib, ta’magirlik, jinoyatchilik, xalq va uning manfaatlariga nisbatan xiyonat 
urug‘ining urchishiga olib keladi. Shu sababli, bu illat demokratik davlat, inson 
huquq va erkinliklari qaror topgan fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan 
jamiyat uchun faqat zarar keltiradi. Islom Karimov so’zlari bilan aytganda: 
“Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, 
eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat 
eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi”[8; 72-b.]. 
Jamoatchilik nazorati tizim samaradorligini tadrijiy rivojida to‘siq bo‘luvchi 
bu illatlarni 
(loqaydlik, beparvolik)
yuzaga keltiruvchi omillar va uning jamiyat 
uchun xavflilik darajasini quyidagicha izohlash mumkin: 
1. Loqaydlik bu – burch va mas’uliyatni his qilmaslik, atrofdagilarning, 
o‘zining taqdiri va kelajagiga daxldor voqeliklarga e’tiborsizlik[92]. Bu illatning 
birinchi va asosiy ko‘rinishi shudir.
1. Ma’lumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir. Chunki 
dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan ma’lum bo‘ladi. Biroq loqayd 
va beparvo odamning qiyofasini birdaniga bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun u 
ichingizda yurib, sizga qarshi tish qayraydigan dushmanlar uchun imkoniyat yaratib 
beradi[8; 77-b.]. 


61 
2. Inson jamiyatdagi voqealarga nisbatan loqayd bo‘lmay daxldorlik hissi 
bilan yashashi uchun unda ichki iroda, o‘z Vataniga nisbatan hurmat tuyg‘usi, sodir 
bo‘layotgan voqea hodisalarga faol obyektiv munosabat bildirishi, jamiyatdagi har 
qanday adolat va razolat o‘rtasidagi kurashda befarq bo‘lmasdan, adolat tarafida 
bo‘lishini ta’minlovchi “Ma’naviy kamolot” mezoniga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Shaxsda bu xislatlar qaror topmasa, uning voqelikka bo‘lgan loqaydligi oshib, o‘zi 
bilmagan holda ham o‘zligiga hamda jamiyatga zarar keltiradi. 
3. Hozirgi davrning talabi – aniqlik va yangiliklardan tezkorlik bilan xabardor 
bo‘lishga da’vat etsa, loqaydlik bunga tamomila zid harakat qilishni targ‘ib etadi. 
Shu sababli ham bu illat insoniyat tarixida doimiy qoralanib kelingan. Xususan, 
Shayx Sa’diy: “Magar sen o‘zgalarning qayg‘usig‘a loqaydlik ila qarasang, sen 
inson degan nomg‘a noloyiqsen”[92] deb, bejiz ta’kidlamagan.
Sohibqiron Amir Temur esa o‘zining tuzuklarida: “Ishbilarmon, mardlik va 
shijoat sohibi, azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi minglab tadbirsiz loqayd 
kishilardan yaxshidir”[88] deb, keltirib o‘tadi. 
Georg Lixtenberg: “Qayerdaki loqaydlik bo‘lsa, u yerda xato, qayerdaki 
sovuqqonlik bo‘lsa, u yerda jinoyat” ortadi desa, Yusuf Xos Hojib: “Har bir ishda 
ham g‘ofillik qilma, hushyor bo‘l, g‘ofillarning ishlari hech qachon ko‘ngildagidek 
bo‘lmaydi”[92], deyish asnosida loqaydlikning tub mohiyatini falsafiy ochib beradi. 
Tadqiqot jarayonida olingan natijalar bo‘yicha kelingan xulosalar 
quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin