53
1. Xalqning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy
ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayotganligi[100].
Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim
davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila,
mahalla va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini ishtiroki yetarlicha ta’minlanmaganligi[82].
2. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga
nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-
axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan
murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks tarzda[100] yondashilmaganligi.
3. Aholi huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda
belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta’sirchan mexanizmi
mavjud
emasligi, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish borasidagi
ishlarning samarasiz olib[100] borilayotganligi.
4. Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi,
shuningdek,
davlat
organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan
deyarli foydalanmasligi, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va
qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga yo‘l qo‘yib
berayotganligi natijasida[82], davlat organlari faoliyati ustidan kuchli ijtimoiy-
huquqiy jamoatchilik nazorati mexanizmini o‘rnatish borasida muammolar yuzaga
kelmoqda.
Albatta bu kabi illatlarni bartaraf etish vaqt va bosqichma-bosqich islohotlarni
ham talab etadi. Xususan, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xalqni huquqiy ongi
va madaniyatini oshirish borasida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Jumladan,
aholiga
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul
qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil
yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda
qonunlarga hurmat
ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan
hayotiy g‘oyani mustahkamlash;
− jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-
tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish,
54
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong
va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat
manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish;
− aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir huquqiy-ma’rifiy
tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda
tashkil qilish, shuningdek, ularda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini
shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik hissini kuchaytirish;
− jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni
tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli
asosda yo‘lga qo‘yish;
− ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini
oshirish, huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu
jumladan, veb-texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish[74] va boshqa sohalar
kesimida izchil amaliy ishlar qilinmoqda.
Umuman olganda, qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila,
jamiyat va
davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy
madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga itoatgo‘ylik va hurmat
ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam
demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi,
balki uning vositasi[7; 28-b.], eng muhim jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi
tizim samaradorligini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: