50
Ikkinchidan,
jamoatchilik nazoratining samaradorligi uning kadrlar bilan
ta’minlanishiga, ya’ni jamiyat hayoti uchun zarur turli yo‘nalishlar bo‘yicha
ekspertlarning maqsadli jalb qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu mutaxassislar davlat
boshqaruvining turli sohalarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
imkoniyatlarida kasbiy bilimlarini o‘tkazish, ya’ni ommalashtirish vazifasini hal
qilishda asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatmoqda.
Uchinchidan,
jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari
samaradorligi ko‘p jihatdan fuqarolik institutlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyatidagi natijadorlikka bog‘liqligi sababli, ularni faolligi, tashkiliy va huquqiy
mexanizmlarini samaradorligi uchun shart-sharoit yaratib berish, bu borada davlat
tashabbusini oshirish zarur.
To‘rtinchidan,
fuqarolik jamiyati institutlari mas’uliyatini oshirish orqali −
jamoatchilik nazorati kuchini mustahkamlash mumkin. Chunki, bugungi kunda
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektiv institutsional tizim samaradorligi
sezilarli darajada ishlay olmayotganligi, bu sohani rivojlantirish borasida qilinishi
kerak bo‘lgan ishlarni ko‘pligini ko‘rsatmoqda.
Beshinchidan,
jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyekt sifatida
fuqarolarning ishtirokidagi daxldorlikni oshib borayotganligi albatta quvonarli
holdir. Ammo, jamiyat va davlat manfaatlariga javob beradigan amaliy ishlarning
“drayveri” hisoblangan ijtimoiy tizim samaradorligini oshiruvchi islohotlarni
jamiyat kutib turibdi.
Oltinchidan,
jamoatchilik nazoratini to‘g‘ri tashkillashtirish asnosida davlat
organlari bilan ijtimoiy sheriklikni ta’minlash mumkin. Shu jihatdan aytish
mumkinki, fuqarolar farovonligi uchun olib borilayotgan davlat islohotlarini −
filantropik, fandrayzing faoliyati rivojidagi ijtimoiy huquqiy mexanizmlarining
takomillashtirish ijtimoiy imkoniyatlarni olib keladi.
Yettinchidan,
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim
elementlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yaratilayotgan bugungi
imkoniyatlar, bu tizimga jamiyat hayotidagi ijtimoiy huquqiy normalarni
takomillashtirishni taqozo etmoqda.
|