Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


Fuqarolarning atrof muhitga, o‘z o‘ziga nisbatan daxldorligi –



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Fuqarolarning atrof muhitga, o‘z o‘ziga nisbatan daxldorligi – 
shaxsda 
loqaydlik, bepisandlik kayfiyati kuchli bo‘lsa, bunday insonlar istiqomat qiluvchi 
jamiyatda adolat buziladi, uning o‘rniga adolatsizlik qaror topadi. Xususan, davlat 
organlari shu jumladan mas’ul hodilmlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
o‘rnatish og‘ir kechadi. Chunki, davlat chiqargan qonunga rioya qilish faqat xalq 
zimmasiga tushadi. Shu sababli, fuqarolarimizdagi loqaydlik, befarqlikni bartaraf 
etib, o‘rniga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish masalasi bugunning eng dolzarb 
masalasi hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “yoshlar qalbida 
amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo‘nalishdagi 


59 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr 
talabiga aylanib bormoqda” [5; 280-b.]. 
Daxldorlik hissini shaxs hayotining ajralmas qismiga aylantirish orqali 
jamiyat qanday yutuqlarga erishadi yoki aksincha bo‘lsa qanday yo‘qotishlarni 
boshdan kechiradi kabi savollarga quyidagicha javob berish o‘rinli bo‘ladi: 
Birinchidan,
yurtimizda keyingi paytda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yangi tizim 
yaratilmoqda. Bu esa fuqarolarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga 
daxldorlik hissini kuchaytirish, ularning zamonaviy, demokratik O‘zbekiston 
davlatini barpo etishda munosib ishtirokini ta’minlash omilidir. 
Ikkinchidan, 
bizning eng asosiy yutug‘imiz – ko‘pmillatli xalqimizning har 
qanday qiyinchilik va sinovlarni yengishga qodirligi, zamonaviy dunyoqarashi, 
siyosiy ongi va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani, atrofimizdagi voqealarga 
beparvo bo‘lmasdan, aksincha, daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganidir[5; 301-
303-b.].
 
Uchinchidan, 
fuqarolik jamiyatining shakllanishi jarayonida huquq va 
erkinliklarning oshishi oqibatida insoniylik me’yorlaridan og‘ish holatlari ham 
yuzaga kelishi mumkin. Masalan, jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlarida bu 
hol yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ularda oila institutining global inqiroz yoqasiga 
kelib qolayotganligi fikrimizga misoldir. Xususan, “oilaga daxldorlik”, “oilaga 
loqaydlik”, “oilaga befarqlik” kabi tushunchalarning qaror topib borayotganligi 
natijasida, ularda axloqiy buzilish tendensiyasi oshib bormoqda. Ya’ni nikohsiz 
turmush, oiladagi ajralishlar, ota-onalarning biridan iborat oilalar, “gey” va 
“lesbiyanka”larning bir jinsli nikohini normal holat deb qabul qilayotganligi 
natijasida, jamiyatda ijtimoiy tanazzul yuzaga kelmoqda[109]. Bu nimani 
anglatadi?! Avvalo shaxsni o‘z o‘ziga, qolaversa kelajak avlodni saqlab qolishga 
bo‘lgan xiyonatini, unda shaxsiy mas’uliyat, daxldorlik hissini yo‘qolib 
borayotganligini anglatadi.
 
To‘rtinchidan,
daxldorlik axloq va odob, ilm-ma’rifat va ruhiy sog‘lomlik 
uyg‘unligidan tashkil topadi. Daxldorlikka rioya qilishni ta’minlovchi asosiy kuch 
esa bu jamoatchilik nazorati orqali amalga oshiriladi. Odamning tabiiy tuyg‘ulari va 


60 
tarbiya jarayonida shakllangan daxldorlik burchi amaliy xatti-harakatda namoyon 
bo‘lib, daxldorlik burchi, tuyg‘usi odam ongida vijdon amri shaklida paydo bo‘ladi 
va uni ezgu ishlar qilishga undaydi. Daxldorlik to‘g‘risidagi bilimlariga: “To‘hmat 
qilma!”, “Yolg‘on so‘zlama!”, “O‘zgalar taqdiriga befarq bo‘lma!”, “Boshiga kulfat 
tushgan odamga yordam ber!”, “Zaif, nochor odamlarni qo‘llab-quvvatla!”[26; 490-
491-r.] kabi kategoriyalarda namoyon bo‘ladi.
 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin