57
tushunchani ijtimoiy shartnomaga muvofiq birlashgan fuqarolarning davlat
harakatlari uchun mavhum javobgarligi ma’nosida ishlatgan[51; 79-s.].
Immanuil
Kant shaxs javobgarligini uning burchi bilan o‘lchagan bo‘lsa, Georg Vilgelm
Fridrix Gegel – shaxs muayyan xulq-atvor tarzining zarurligini oqilona anglashi
bilan tenglashtirgan[59; 342-s.] holda bu kategoriyaga ta’rif bergan.
Shaxsiy mas’uliyat tushunchasining ijtimoiy mohiyatini ochishda, uning
samarali jamoatchilik nazorati elementi ekanligini ko‘rsatuvchi quyidagi ta’riflarga
e’tibor berish ham foydadan xoli bo‘lmaydi:
Birinchidan,
mas’uliyat − ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, burch va
vazifalarning bajarilishiga,
qilinayotgan ishning oqibatiga, xatti-harakat negizida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy javobgarlikka, muayyan shaxs yoki ijtimoiy
guruh (xalq) oldidagi javobgarlikni chuqur his etishini anglatuvchi falsafiy
kategoriyadir.
Ikkinchidan,
mas’uliyatga – ijtimoiy, huquqiy, axloqiy munosabatlar tizimi
nuqtayi nazaridan qaralsa, uning ijtimoiy ahamiyatlilik darajasi yanada yuqori
ekanligi oydinlashadi. Masalan, insonning o‘z burchiga sodiqligi, jamiyat oldidagi
javobgarlikni chiqur
(ichki emotsional darajada)
his etishi, xalq, millat, guruh yoki
jamoaning
taqdirini, uning qilmishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
oqibatlar bilan belgilanishini anglashi, millat, xalq, Vatan oldidagi ma’naviy
qarzdorlik hissini sezishi, ma’muriy-huquqiy jihatdan shaxsiy mas’uliyatni idrok
etishi, jamiyatni o’zaro tartibga solishning turli ijtimoiy-huquqiy me’yorlarini
saqlashni nazarda tutuvchi jamoatchilik nazorati mavjudligini anglashi – shaxs
mas’uliyatidagi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Uchinchidan,
har qanday inson o‘zi uchun muhim bo‘lgan biron bir maqsadga
erishish yo‘lida harakat qilishi tabiiy holdir. Ammo borayotgan ishlarida o‘z
tabiatiga ko‘ra erkin ekanligini bilishiga qaramay, u tomonidan bajarilayotgan har
bir ishning natijasi butun jamiyat hayotiga o‘zviy bog‘liq ekanligini, jamiyatda
muayyan ichki
tartib qoidalar mavjudligini, har bir shaxs unga qat’iy amal qilishi
shart ekanligini, jamiyat o‘z a’zolarining nomaqbul qilmishlari uchun jazolash
(ma’naviy-axloqiy, tabiiy-huquqiy jihatdan) imkoniyatiga ega ekanligini anglashi,
58
insonni o‘zi va jamiyatga nisbatan shaxsiy mas’uliyatga ega ekanligini[104]
ko‘rsatadi.
To‘rtinchidan,
fuqarolarda
ma’lum bir (masalan boshqaruv)
qarorlarini qabul
qilishda davlat hamda jamiyat manfaatlarining anglash darajasi, shaxs xulq-atvori
ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish sikli sifatida jamiyat “xalq nigohi” doim
mavjudligini anglashi, bu jarayondan ko‘zlangan maqsad −
subyektining siyosiy,
yuridik, ijtimoiy va boshqa ijtimoiy munosabatlarining obyekt bilan muvofiqligi
mezonlari sifatida ko‘rilishi, shaxs mas’uliyatining ijtimoiy-huquqiy asoslarini
ko‘rsatadi[104]. Bunga misol tariqasida − bajarilgan ish uchun tashkilot, davlat va
jamiyat oldida javob berish majburiyati doim inson shaxsiga qaratilishini ko‘rsatish
mumkin.
Beshinchidan,
shaxsiy mas’uliyat muammosi bitta qolipga solingan yaxlit
tizim
(konsepsiya)
darajasida namoyon bo‘lmaydi. U o‘zining uzil-kesil yechimiga
ega bo‘lmasligining asosiy sababi, uning tarkibiga falsafiy, axloqiy, psixologik,
yuridik, ijtimoiy-iqtisodiy shakllar
ham kiritilishi sababli, u
(shaxsiy mas’uliyat)
inson va ijtimoiy borliq mohiyatining murakkabligi va rang-barangligini aks
ettiruvchi tushuncha hisoblanadi.
Umuman olganda, shaxsiy mas’uliyat chuqur his etishni, ya’ni birinchi
navbatda, barcha darajadagi rahbarlar va xalq deputatlari, barcha yetakchilar o‘z
faoliyatini tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik asosida tashkil
etishlarini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga keskin qilib qo‘ymoqda[5; 93-b.].
Dostları ilə paylaş: