Shaxs va jamiyat


vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


126
islomiy geograflardan Al-Mas’udiy (900–957) markaziy Osiyo, 
Rossiya, xitoy va hindistonni kezib chiqqan, Ibn Battuta 30 yil 
davomida afrika, Osiyo va yevropa bo‘yicha ko‘rgan-kechirganlarini 
batafsil yozib qoldirgan. beruniyning «hindiston» asari ham xviii 
asrgacha yagona manba bo‘lgan. 883-yilda xalifa al-ma’mun 
topshirig‘iga ko‘ra xaritalar tuzilgan.
Abdurahmon ibn Xaldun (1334–1406) «Jahon tarixi», «tarix 
falsafasiga kirish», ko‘p jildli «arablar, forslar, berberlar hamda 
ularga zamondosh bo‘lgan boshqa qudratli xalqlar tarixiga oid 
ma’lumotlar va namunalar to‘g‘risidagi ibratli kitob» asarlarini 
yozgan. u kishilar va millatlarning xatti-harakatlarini tushuntiradigan 
qonuniyatlar, sivilizatsiyalarning ravnaqi va halokati, insonga 
muhitning ta’siri, moddiy omillarning kishilar turmushidagi o‘rni 
va hokazolar to‘g‘risida chuqur fikrlarni ilgari surgan. Ibn Xaldunni 
hozirgi sotsiologiyaning asoschisi deb hisoblashadi.
Musulmon dunyosida matematika sohasida katta kashfiyotlar 
qilindi, arifmetika poyoniga yetkazildi. «Baytul Hikma»dagi olimlarga 
boshchilik qilgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783–850) «al-
jabr val-muqobala» asarida algebraning asosiy jihatlarini ifodalab 
bergan. shu davrda trigonometriya ham vujudga keldi. «sifr», «nol» 
kabi matematik tushunchalar arabcha bo‘lib, hozirgi fanda muhim 
o‘rin tutadi.
musulmon olimlari asoschisi bo‘lgan kimyo ham ma’lum mavqega 
ega bo‘lgan. ko‘pgina moddalar va jarayonlar ustida tajribalar 
o‘tkazgan olimlar umumiy sohaning tamoyillarini ifodalaydigan keng 
qamrovli nazariyalar yaratdilar.
bular, o‘z navbatida, tibbiyot rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ldi. 
Og‘riq qoldiruvchi moddalar yordamida birinchi marta islomiy 
tabiblar jarrohlik operatsiyalari o‘tkazganlar. Zakariyo ar-Roziy (865–
925) hatto chechak va qizamiqni samarali davolagan. islom sharqida 
dorishunoslar tayyorlaydigan o‘z davrida yagona bo‘lgan o‘quv yurti 
faoliyat ko‘rsatgan. Tabiblik qilish uchun tegishli sertifikat bo‘lishi 
tartibi o‘rnatilgan.
tabiblar iqlimning ta’siri, gigiyena va ovqatlanish muammolari 
bilan shug‘ullanishgan.
musulmon okulistlari ko‘z kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin