129
3. islom sivilizatsiyasining asosiy jihatlari chet el (aqsh) tarix
fanida qanday ko‘rsatilgan?
4. islom sivilizatsiyasi yutuqlarining
hozirgi ahamiyati qan-
day?
5. islom qadriyatlarini qanday tushunasiz?
6. dunyoviy ilmlarga islomda munosabat qanday?
7. islom sivilizatsiyasining yemirilishi sabablarini gapiring.
8. tasavvuf qayerda, qachon va
qaysi maqsadda kelib chiq-
qan?
9. tasavvufning asosiy xususiyatlari qaysilar?
28-§. Turon — movarounnahr —
T
urkiston:
sivilizatsiyaviylik mezonlari va bosqichlari
«Turon», «turonliklar» atamasi, ayniqsa,
o‘rta
asrlardagi arabiy, forsiy va turkiy
adabiyotlarda (jumladan, narshaxiy, be-
runiy, tabariy
va boshqalarning asar la-
rida) ko‘p uchraydi. qadimda va keyinroq
ham markaziy Osiyoning turkiy qavmlar yashaydigan hududlari
turkiylar yurti, turon nomi bilan yuritilgani manbalarda o‘z ifodasini
topgan.
«turon» atamasi
antropologik jihatdan fanda muayyan kichik
irqni ifodalash uchun ham ishlatiladi.
Geografiyada bu
atama yer
yuzidagi eng katta quruqlik hududlaridan biri va markaziy Osiyodagi
eng katta pasttekislik nomini anglatadi,
biologiyaviy jihatdan bu yerda
uchraydigan turlarning turon nomida atalishi mavjud. shuningdek,
turon yer yuzining yopiq hududiy mintaqalariga kiradi. ya’ni,
mintaqaning o‘zidagi tog‘lardan boshlanadigan barcha daryolar uning
ichkarisida qoladi. uning tog‘lari, daryolari va sahrolari tabiiy to‘siq,
chegara sifatida boshqa hududlardan ajratib turadi.
mintaqa Osiyoning
nafaqat tabiiy jihatdan, balki
iqtisodiy jihatdan
ham strategik o‘rni, tabiiy boyliklarga mo‘lligi, yevroosiyoning
barcha madaniy qismlariga chiqish yo‘llarining mavjudligi mintaqada
insoniyat hayotining juda qadimdan rivojlanishini ta’minlagan.
bu davrda aholining tirikchiligi dehqonchilik va chorvachilikka
asoslangan. dehqonchilik tufayli yuzaga
kelgan mehnat taqsimoti
Dostları ilə paylaş: