Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

hadisshunoslar 
faoliyati
Turkiy sivilizatsiya
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


134
kabi mutafakkirlarning hadisshunoslik faoliyati ma’naviy madaniyatni 
jiddiy rivojlantirdi. 
qur’oni karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan manba – 
hadislar islom payg‘ambarining din, axloq va falsafadan tashqari ham 
hayotning ko‘pgina sohalariga tegishli ko‘rsatmalaridan iborat. ularda 
mehr-oqibat, insonparvarlik, halollik, oliyjanoblik, sof ko‘ngillilik, 
oqibatlilik, insof-adolat, hurmat-izzat, mehnatsevarlik, ilmning 
ahamiyati va hokazo qadriyatlar ifodalangan.
movarounnahrdagi islom ilmining rivoj-
lanishi arab-islom xalifaligida jiddiy 
ravnaqqa erishgan. bu yerda ma’naviy-
madaniy ravnaq o‘z davri uchun jiddiy yuksaklikni, g‘oya va 
e’tiqodlarning tengligini, e’tiqodiy bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik, 
hurfikrlilikni ifodalagan lokal turkiy sivilizatsiya doirasida yetishib 
chiqqan Burhoniddin Marg‘inoniyning (1123–1197) «hidoya» 
asarida erishilgan yuksak sivilizatsiyaviy maqom shundan iboratki, 
unda shariat qonunchiligi, musulmonlar jamiyatining barcha jihatlari 
nafaqat huquqiy, balki nazariy-metodologiyaviy yechimlari ham lozim 
darajada o‘z aksini topgan. shunga ko‘ra «hidoya» musulmonlarning 
bosh dorilfununi, al-Azharda (Misr) hozirgacha xanafiya mazhabi 
fiqhi bo‘yicha asosiy qo‘llanma sifatida uzluksiz o‘qitilib, o‘rganilib 
kelinadi.
turkiy lokal sivilizatsiya, xalifalikdagi bosh ma’rifatparvar 
Ma’mun (813–833-yillarda xalifa bo‘lgan) va bag‘doddagi mo‘ta-
ziliylar oqimi ko‘rsatgan faoliyatning davomi sifatida qaror topdi. 
bag‘dodda «bayt ul-hikma» boshlig‘i bo‘lgan Muhammad al-
Xorazmiy (783–850) matematikaning barcha asosiy sohalari, 
geografiya, tarix va boshqa fanlarning qator tarmoqlari bo‘yicha 
jahonshumul tadqiqotlarni bajarishgan.
Ahmad al-Farg‘oniy (861-yilda vafot etgan) tabiatshunoslikning 
ko‘pgina muhim sohalari bo‘yicha katta jasorat ko‘rsatgan olim 
sifatida vatanining shuhratini keng yoydi. uning birgina «astronomiya 
negizlari» asari yevropada n.kopernikka qadar asosiy qo‘llanma 
bo‘lgan.
qomusiy bilimlar sohibi Abu Nasr al-Forobiy (873–950) birinchi 
manbalar asosida qadimgi yunon madaniyatini chuqur o‘rganib, sharq 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin