135
arastusi – «ikkinchi muallim» nomini olgan hamda o‘z ilmiy va
amaliy faoliyati bilan jahonga mashhur bo‘lgan siymodir.
ulkan mutafakkir olim, o‘z davri bilimlari barchasini egallagan,
shayx ur-rais Faxriy unvoni sohibi bo‘lgan
Abu Ali ibn Sino tibbiyotga
oid birgina «tib qonunlari» asari bilan dunyo tabobat ilmiga asos
soldi.
sharqning benazir qomusiy olimi,
chuqur tafakkur sohibi Abu
Rayhon al-Beruniy (973–1048) o‘zi faoliyat ko‘rsatgan ilm sohalarida
ko‘pdan ko‘p yangiliklarni bergan. u, jumladan, x.kolumbdan
460
yil oldin amerika qit’asi borlig‘ini hisoblab topgan, n.kopernikdan
500 yil ilgari geliotsentristik nuqtayi nazarni asoslagan. bu o‘rinda
uning doimiy homiysi, o‘rta asrlar turkiy
davlatchiligining yirik
vakillaridan bo‘lgan mahmud g‘aznaviyning ham xizmatini ta’kidlash
lozimdir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy (997-yilda vafot etgan) vatan
madaniyati tarixida qomusiy olim sifatida mashhur bo‘lgan. xorazm
va buxoroda yashab ijod etgan bu siymoga shuhrat keltirgan hamda
bizgacha yetib kelgan «ilmlar kaliti»
asari bilimlarning barcha
sohalarini o‘z ichiga olgan.
ix–xii asrlarda movarounnahrda
yuz bergan sivilizatsiya davrida fan-
ning ijtimoiyotshunoslik
sohasi ancha
rivojlandi.
Abul Hasan Boyhaqiyning (995–1077) o‘ttiz jildlik
tarixiy asarida g‘aznaviylar davri tarixi batafsil yoritildi.
Majid-
duddin Adioning «turkiston mamlakati tarixi»,
Muhammad
Narshaxiyning (899–959) «buxoro tarixi» kabi asarlari tarix ilmining
rivojlanganligidan dalolatdir. Fanning filologiya, geografiya sohalari
Mahmud Qoshg‘ariyning (ix asr) «devonu lug‘otit turk» asarida,
filologiya, fiqhshunoslik,
islom tarixi, falsafa masalalari
Mahmud az-
Zamaxshariyning (1075–1144) ko‘pgina asarlarida fundamental tadqiq
qilinadi. bu mutafakkirlarning, ayniqsa, turkiy va arab tilshunosligiga
doir qarashlari hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
movarounnahrda
somoniylar va
g‘aznaviylar davlatchiligi davrida
hukmdorlar homiyligida adabiyot rivoj topdi. g‘azna shahrida 400 dan
ortiq ijodkor to‘planganligi manbalarda ko‘rsatilgan. bular orasida
abulqosim Firdavsiy ham bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: