Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ijtimoiy-gumanitar 
bilimlar
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


136
turkiy hududiy sivilizatsiya doirasida sharqiy turkistondan 
yettisuv, Farg‘ona, movarounnahrdan xurosonga qadar hududlarda 
turkiy tilda badiiy ijodning yorqin qadriyatlari yaratilganligi 
manbalarda aytiladi. bizgacha yetib kelganlari orasida Yusuf Xos 
Hojibning (xi asr) «qutadg‘u bilig» («saodatga boshlovchi bilim»), 
Ahmad Yugnakiyning (xii asrning ikkinchi yarmi – xiii asrning 
boshi) «hibat ul-haqoyiq» («haqiqatlar armug‘oni»), Ahmad 
Yassaviyning (1166–1167-yilda vafot etgan) «hikmatlar» asarlari 
alohida ahamiyatli.
ma’naviy yuksalish Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva, Urganch, 
Marg‘ilon, Termiz, Marv, Farg‘ona kabi shaharlarning gurkirab 
o‘sishiga xizmat qildi.
hududimiz sivilizatsiyasining birinchi davriga xos jihat-
lar ni quyidagicha ko‘rsatish mumkin: birinchidan, milliy-minta-
qaviy davlat mustaqilligi bilan bog‘liq muhim omillar; ikkinchidan, 
ma’naviy o‘zgarishlar markazida insonning komillikka erishuvi 
masalalari; uchinchidan, axloq-odob masalalari; to‘rtinchidan, bu 
davr bilimlarida diniy va dunyoviy qarashlar mushtarak tarzda tadqiq 
etilgan. shunday qilib ushbu davrda yaratilgan ilmiy meros o‘zining 
olamshumul ahamiyati bilan yurtimiz dovrug‘ini olamga taratib 
kelmoqda.
ma’lumki, barcha buyuk shaxslar o‘z 
davrining ulkan muammolari, mislsiz 
qarama-qarshiliklarini zimmalariga olib 
yashaydilar. amir temur ham tarix 
sahnasiga chiqqanida mo‘g‘ullarning 140 yillik istibdodi oqibatida 
xalq ommasi ma’naviy qashshoq, iqtisodiy nochor va siyosiy huquqsiz 
edi. shunday sharoitda temurning faoliyati milliy mustaqillikni tiklab, 
markazlashgan davlat tuzishga qaratildi.
amir temur nafaqat turkiy dunyoda sivilizatsiyaning vujudga 
kelishiga zamin yaratdi, balki islom mintaqasida uning rivojlanishiga 
ko‘mak berdi. temur va uning avlodlari davri sivilizatsiyasi, ma’naviy 
qadriyatlari, birinchi navbatda, turkiy va, shuningdek, fors-tojik 
tillarida yaratildi. bundan ilgari arab tilida yaratilgan ma’naviy 
qadriyatlar lozim darajada o‘zlashtirildi.
amir temurdan avval va keyin o‘tgan ne-ne jahongirlar, jumladan, 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin