145
stixiyali tarzda norozilik bildirib, kurashga chiqa boshladi.
ilgari
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy hukmron bo‘lganlarning nisbatan
oz qismi mustamlakachilar olib borgan bosqinchilik, nasoralashtirish
va ruslashtirishga qarshi milliy davlat istiqlolini tiklash yo‘lida amaliy
va g‘oyaviy kurash olib bordi. bunga yaqqol misol
Madali eshon
boshchilik qilgan xalq qo‘zg‘olonidir.
turkiston xalqlarining an’anaviy, shar-
qona ma’rifatparvarlik mafkuralari,
jum la dan, jadidchilik
doirasida ham mus-
tamlakachilikka munosabat bildirildi. ma’lumki, sharq an’anaviy
jamiyatlari sharoitida takrorlanib turadigan ijtimoiy turg‘unlikdan
chiqish uchun taraqqiyparvar kuchlar aql-idrokning o‘rni va
ahamiyatiga katta e’tibor berganlar. Odatda, har bir monistik din
payg‘ambarining targ‘ibotidan keyingi
davrlar qator mamlakatlarni
qamrab olgan umumiy jarayonning ifodasi bo‘lgan.
ma’rifatparvarlik o‘zini namoyon etishi, mavjud bo‘lishi va
o‘zgarishida umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunsa-da,
qaysi zaminda
qaror topganligiga va qaysi davrda mavjudligiga ko‘ra o‘ziga
xosliklarga ega bo‘lmasligi mumkin emas. ta’kidlash joizki,
ma’rifatparvarlikning umumiy va xususiy namoyon bo‘lishi doimo
o‘zaro bog‘liq.
turkiston ma’rifatparvarligi
agar mafkura tarzida olinsa, uning
ijtimoiy zaminini aholining keng qatlami – mehnatkashlar tabaqalari
va mulkdorlarning millatparvar qismi tashkil etgan. albatta, aholining
keng qatlami o‘z-o‘zicha ma’rifatparvarlik tashuvchisi bo‘la olmaydi.
Aholi bu qismining fikr-o‘yi, xohish-istagi va intilishlari ilg‘or
ziyolilar –
shoirlar, yozuvchilar,
jurnalistlar, huquqshunoslar va
boshqalar tomonidan ifodalanadi. ma’rifatparvarlik shu ma’noda
ijtimoiy tus va keng ma’no kasb etgan.
ma’rifatparvarlikning ijtimoiy qoloqlik
va istiqlolni tiklash
ehtiyojlari kuchaygan davrini qator bosqichlarga bo‘lish mumkin:
birinchi bosqich xix asr ikkinchi yarmida, hozirgi O‘zbekiston
hududi tarkiblariga kirgan xonliklarda va turkiston guberniyasida
yashagan ziyolilarning ma’rifatparvarligini o‘z ichiga oladi.
ikkinchi bosqich ma’rifatparvarlik jadid chilikdan iborat bo‘ldi.
Jadidlik muayyan ma’noda keng hududdagi o‘zining asoslariga ega
Dostları ilə paylaş: