Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ma’rifatparvarlik
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


146
bo‘lgan. turkistonda ma’rifatparvarlik jadidchilik harakatida na moyon 
bo‘ldi.
Jadidchilik haqida to‘xtalganda, eng 
avvalo, turkistonning o‘zida mav-
jud obyektiv ehtiyojlar haqida ga-
pir moq lozim bo‘ladi. ayni vaqtda, turkiy dunyoning jahon 
taraqqiyotidan uzilib qolganligi, turkiy xalqlarning tarqoqligi, ijtimoiy 
munosabatlarning turg‘unligi va hokazolarga e’tiborni qaratibgina 
qolmay, balki ma’rifat orqali ularni bartaraf qilish mumkinligiga 
ishongan ismoilbek gaspiralining (1851–1914) nazariy va amaliy 
faoliyati muhim ahamiyatga ega. u Rossiya imperiyasi tarkibidagi 
mustamlaka qilingan turkiy o‘lkalardagi o‘qish-o‘qitish ishini 
mutlaqo isloh qilishni, dunyoviy fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yishni, 
ta’limning «usuli jadid» tarzini amalga oshirishni kun tartibiga qo‘ydi. 
xususan, o‘zi tuzgan darslik va dastur asosida faoliyat ko‘rsatib, jadid 
maktablarining qadim maktablardan ustunligini isbotladi. i.gaspirali, 
uning «tarjumon» gazetasi platformasini qabul qilib, hayotga tatbiq 
etuvchilar jadidlar deb atala boshlandi.
turkistonlik jadidlarning tan olingan boshlig‘i mahmudxo‘ja 
behbudiyning (samarqand) «bilmoq kerakki, haq olinur, beril-
maydur», ularning toshkentdagi yirik vakili munavvarqori abdu-
rashidxonovning «hurriyat olinur, berilmas», abdurauf Fitrat-
ning (buxoro) milliy istiqlol yevropaviy ma’rifat, ilm-fan, huquq, 
texnik rivojlanish inson sha’ni kafolatlari orqali qo‘lga kiritilishi
to‘g‘risidagi fikrlari ko‘rsatadiki, jadidlar maktab-maorif, mat-
buotchilik, teatr imkoniyatlaridan yanada yuksakroq ko‘tarilib, 
siyosiy-huquqiy talablar qo‘yishgacha bordilar. xususan, siyosiy-
huquqiy sohada ular quyidagi masalalarni: Rossiyadan to‘la ajralib 
chiqish yoxud Rossiya federativ tuzilma bo‘lgan sharoitda uning 
tarkibidagi milliy-huquqiy muxtoriyatga erishish yoki Rossiya davlati 
tarkibida milliy-ma’naviy-diniy muxtoriyatga ega bo‘lish masalalarini 
ko‘tarib chiqdilar.
bu maqsadlarga erishish uchun zarur siyosiy tashkilotlar va 
muassasalar kerakligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng jadidchilik faoliyati 
tashkiliy sohada ham o‘zini ko‘rsata boshladi. vaqt e’tibori bilan 
bu Rossiya imperiyasida boshlangan dolg‘ali yillarga to‘g‘ri keldi. 
1914–18-yillarda «Miftox ul-maorif», «Ravnaq ul-islom», «Ittifoq ul-

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin