148
bosqichiga – kommunizmga
1
o‘tganida sinflar yo‘qoladi, hech qanday
davlatga zaruriyat qolmaydi va erkinlik davri boshlanadi.
marksistik nazariyadagi bu mantiq
va barcha mamlakatlar
yo‘qsillarini birlashtirish g‘oyasi inqilobiy kuchlar tomonidan qabul
qilindi. lekin marksizmda kapitalizmning boshqa holatlarga kirishi,
xususan, zarur islohotlar o‘tkazish, yangi shakllarning berishi hisobga
olinmagan edi.
Rus inqilobchilari sardori lenin mark-
sizmdan Rossiyada ijtimoiy to‘ntarish
qilishda foydalandi. petrogradda nisbatan
osonlik
bilan muvaqqat hukumatdan
(uning ko‘pgina vazirlari angliyadagi Oksford va parijdagi sorbonno
kabi oliy maqomdagi universitetlarni bitirgan ziyolilar edilar)
hokimiyatni qurolli yo‘l bilan tortib olgan bolsheviklar mavjud
dahshatli qiyinchiliklarni bartaraf qilishga ko‘pdan ko‘p va’dalar
berib, boshlanib ketgan fuqarolar urushida ustun keldi. inqilobchilar
umid qilgan «jahon inqilobi» yuz bermadi.
lenin, keyin stalin boshchiligida bolsheviklar insoniyat tarixida
misli ko‘rilmagan
eksperimentni boshlab yubordi, kapitalga qarshi
zafarli yurish boshlandi. qo‘li ustun
kelgan kommunistlar vayron
bo‘lgan mamlakatda hayotni izga solish uchun bir-biridan dahshatli
yo‘llar va vositalarni ishga solishdi.
mulkdorlarning qo‘lidagi boylikni tortib olib, xo‘jalik
hayoti
ustidan ishchi nazorati o‘rnatdilar. qishloqda kambag‘allar boylarga
qarshi qo‘yilib, ularning barcha mulklari kolxozga – jamoa xo‘jaligiga
olib berildi. O‘zlari esa qul o‘rnida ishlatildi. zavodlar bevosita
1
«kommunizm» (lotincha communis – umumiy) atamasi ham ko‘p ma’noli.
unda, asosan, xususiy mulkchilikning bekor qilinishi
asosida umumiylikka
erishishi tushuniladi. Kommunistik hayot tarzlari g‘oyasi Aflotunning «Davlat»
asarida ham muhim o‘rin tutgan. yevropada uyg‘onish davrida mutafakkirlar
t. morning «utopiya», t. kampanellaning «quyosh shahri» asarlarida ideal
sifatida qaytadan ko‘tarib chiqilgan. Babyof (1760–1797) uni falsafiy g‘oyagina
deb qaramay, balki Fransiyada direktoriya hokimiyati o‘rniga o‘rnatiladigan
kommunistik rejimning siyosiy dasturi tarzida qaragan. 1839-yilda parij
qo‘zg‘olonidan keyin kommunizm nazariy-siyosiy
muammo sifatida katta
o‘rin tutdi. marks va engelsning proletar kommunizmi nazariyasida birinchi
marta iste’mol ne’matlarinigina emas, balki ishlab chiqarish vositalarini ham
umumlashtirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Dostları ilə paylaş: