90
v B o B. iJTimoiY-TARiXiY JARAYonlAR
22-§. ijtimoiy tarix: ma’nosi va kechishi
kishilik dunyosi jarayonlari vaqt iz -
chilli gida,
ketma-ketlikda, yuz berib
muayyan
voqe likni tashkil etishiga
ki shi lar allaqa chonlar e’tibor bergan va uni «tarix» atamasida
ifodalaganlar.
«Jamiyat» va «tarix» tushunchalari nisbati masalasi kun tartibiga
qo‘yilsa, alohida holat ko‘zga tashlanadi. bunga,
birinchidan,
«tarix»
tushunchasi, «jamiyat rivojlanishi», «ijtimoiy jarayon»
tushunchalarining sinonimi hisoblanib, kishilik jamiyati va uni tashkil
etgan sohalarning o‘z-o‘zidan harakatini tavsiflaydi. Ko‘rinadiki,
tarixga bunday yondashishda, unda voqea va jarayonlarning tafsiloti
ularning ishtirokchilari bo‘lgan shaxslar hayotisiz ko‘rsatiladi. nati-
jada kishilar ustidan shaxsi noma’lum qandaydir ijtimoiy kuchlarning
hukmronligi ko‘zga tashlanadi.
Ikkinchidan, «jamiyat» tushunchasida «sotsium» tushunchasi
konkretlashtirilsa, ijtimoiylik mavjudligining real usuli ko‘rsatilsa,
«tarix» tushunchasi esa «jamiyat» tushunchasini konkretlashtiradi.
natijada kishilar hayotining qayerda va qachon kechgani bilan bog‘liq
jihati tarixni tashkil etadi. unda ijtimoiy hayotning barcha tomonlari
o‘zgarishlarining yaxlit oqimi o‘z ifodasini topadi.
Uchinchidan, «tarix» tushunchasi
chuqurroq mulohaza etilsa,
uning nafaqat o‘tmish bilan aloqadorligi ma’lum bo‘ladi. darhaqiqat,
bir tomondan, biz har doim o‘zimiz yashab turgan ijtimoiy-madaniy
davr holatidan kelib chiqib o‘tmish to‘g‘risida gapiramiz. buning
oqibatida o‘tmishda kechgan voqealar to‘g‘risida
hozirgi vazifalar
talablari belgilovchi bo‘lib hisoblanadi. yani, o‘tmish hozirgi davr
yordamida tushuntiriladi.
boshqa tomondan, hozirgi zamon shart-sharoitidan kelib chiqib
o‘tmish haqida olingan bilimlar kelajak uchun zarur xulosalarni ilgari
surishga imkon beradi. bu ma’noda tarix o‘z tarkibiga o‘tmishni ham,
hozirgi davrni ham, kelajakni ham kiritib, ularni kishilar faoliyati bilan
bog‘laydi.
Dostları ilə paylaş: