Шу тарзда банклар ва банк фаолиятига оид конун хужжатлари туплана бориб, аста-секин конунчилик тармоги сифатида шакллана борди хамда бугунги кунда банк фаолияти, хисоб-китобларни ташкил этиш



Yüklə 215,5 Kb.
səhifə31/37
tarix01.01.2022
ölçüsü215,5 Kb.
#110433
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bozor iqtisodiy

Tejamkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobotni kam mehnat va moliyaviy mablag‘lar sarflab olib borishni bildiradi.

Tezkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini boshqaruv organlariga kerakli vaqtda va hajmda berishni bildiradi. Kechiktirib berilgan ma’lumotlar hisobning boshqaruv vositasi sifatidagi rolini pasaytiradi. Aksincha, o‘z vaqtida berilgan ma’lumotlar hisobni boshqaruv vositasi sifatida rolini, uning ta’sirchanlik kuchini oshiradi.
2.2 Buxgalteriya hisobidagi milliy va xalqaro andozalar. “Direkt - kosting” tizimi

Тarixiy rivojlanish jarayonida milliy buxgalteriya hisob tizimlari paydo bo’ldi va doimo takomillashib bordi. Dunyoda 100 dan ortiq milliy buxgalteriya hisob tizimlari shakllandi va foydalanildi. 60-yillarning oxirlariga kelib milliy hisob tizimlarini solishtirish bo’yicha xalqaro buxgalterlar uyushmalari va alohida tadqiqotchilar tomonidan bir qancha ishlar o’tkazildi. Milliy hisob tizimining ta’rifini ishlab chiqishga xarakatlar qilindi. Buxgalteriya hisobi milliy tizimi umumiy tushunchasi hisob tizimi ta’rifidan chiqadi va qator prinsiplar bilan ravshanlashadi:



  1. Hisob tizimining tarixiy o’rni.

  2. Foydalanilgan hisob uslublari va ishlab-chiqarish zaxiralarini baholash (sotib olish qiymati, sotilgan mahsulot o’rtacha qiymati, rejali tannarx).

  3. Majburiyatlar va turli ma’lumotlarning hisobotlarda ko’rsatish uslublari.

  4. Hisobda chet el valyutalari va firmalar hisobot berishining aks ettirish uslublari.

  5. Amortizatsiya hisoblashda foydalanilgan uslublar va uning hisobda aks etishi.

  6. Hisobot shakllari, ko’rsatkichlari va ularning miqdori.

7. Firmalarning faoliyati ustidan nazoratni tashkil qilish usullari.

1977 yilda davlatlararo BMТ ekspert guruhi bir qancha korporatsiyalar bo’yicha hisobni tashkil etish amaliyoti va 46 milliy hisob tizimi bo’yicha hisobot berilishini o’rganib chiqdi va ko’p ko’rsatkichlar bo’yicha milliy hisob tizimlarini taqqoslab bo’lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Markaz hisobotida shunday xulosaga kelindi: ayrim rivojlangan mamlakatlarda ko’p sonli kompaniyalar hisob davrining oxirigacha e’lon qilingan foydaga tenglash maqsadida turli rezerv tizimlarini ishlatadilar. Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlarni ajratib turgan bir qancha farqlar o’rin egallaydi.

Mutaxassislar tomonidan 13 ta milliy hisob tiziminingurganilishi shuni ko’rsatdiki, ulardan faqat 4 tasidagina (Germaniya, AKSh, Angliya, Yaponiya) resurslarni baholash uslubiyati davlat tomomnidan qonuniy ravishda belgilab qo’yilar ekan. Natijada resurslar eng kam baholash usulida hisoblanib, davlat foydasini ko’zlaydi, chunki, kompaniya bu holda foyda summasini maksimal darajada ko’rsatishga majbur bo’ladi.

Bu milliy tizimlarning yana 23 tasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ulardan 8tasida (Avstraliya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya) davlat uchun emas, balki korxona uchun qulayrok sharoit yaratar ekan. U tashqi bozorda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qator boshqa sharoitlarni taqazo etadi. Тo’la ishonch bilan aytish mumkinki, milliy buxgalteriya hisobi yangi yo’nalishlarni ishlatish hisobi bilan mamlakat iqtisodi rivojlanishi ma’lum taktik va strategik vazifalarini yechishga imkon beradi. Buxgalteriya hisobi milliy tizimlari tahlili nuqtai nazaridan firmalarning mablag’ va resurslarini chet el valyutasida aks ettirilishi qiziqish uyg’otadi.

Balans tuzilgan sananing joriy kursi bo’yicha baholangan chet el valyutasida balans moddalarining kengayish darajasi bo’yicha tahlil o’tkazildi va ma’lumotlar tuzildi. Bu jihatdan firmalarga ko’proq darajada qulayliklar Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Niderlandiya, Angliya, Shvetsariya mamlakatlarida, Avstraliya va AQSh firmalari uchun esa kamroq qulayliklar mavjud ekanligi aniqlandi.

Milliy hisob tizimlarida iqtisodni tartibga solishga davlatning ta’sir darajasi ham mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. Argentina, Meksika, Peru, Fililpin, Venesuela milliy tizimlari iqtisodni tartibga solishda sezilarli darajada ta’sir ko’rsatuvchi davlatlarga kiradi. Kolumbiya, Nigeriya va Zairda milliy hisob tizimini ishlatilish vositasi bilan davlat iqtisodiga qisman ta’sir etadigan davlatlardir. Qolgan mamlakatlarda turli darajada 20 dan 70% gacha davlatning oraliq ta’siri kuzatiladi. Хalqaro hisob amaliyoti tahlili ularning shakllanishining davlatlararo tashkilotlar, buxgalteriya hisobi xalqaro professional tashkilotlari, xalqaro profsoyuz tashkiloti ta’sirida shakllanishining turli yo’nalishlarini ajratishga imkon yaratdi.




Yüklə 215,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin