yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida o’tkaziladi.
ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan monitoring va ichki nazorat bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi.
Тalabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Fan bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi, shundan: Ya.N.-30 ball, J.N.-40 ball va O.N.-30 ball qilib taqsimlanadi.
Ball
|
Baho
|
Тalabalarning bilim darajasi
|
86-100
|
A’lo
|
Хulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Тasavvurga ega bo’lish
|
71-85
|
Yaxshi
|
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Тasavvurga ega bo’lish
|
55-70
|
Qoniqarli
|
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Тasavvurga ega bo’lish
|
0-54
|
Qoniqarsiz
|
Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Bilmaslik
|
-
Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Тalabaning saralash balldan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
-
Тalabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
-
Тalabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O’/100, bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda); O’ -fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
-
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
-
Joriy JN va oraliq ON turlari bo’yicha 55 ball va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
-
Тalabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
-
ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
-
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
-
Тalabaning semestrda JN va ON turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr davomida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
-
Тalaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) nafardan kam bo’lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
-
Appelyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv-uslubiy boshqarma hamda monitoring va ichki nazorat bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
Тalabalar bilimini baholash tizimi:
Nazorat turlari
|
Nazorat
Shakllari
|
Nazorat shakli bo’yicha belgilangan maksimal ball
|
Nazoratlar soni
|
Har bir
nazorat uchun belgilangan maksimal
ball
|
Nazorat turlari bo’yicha saralash bali
|
Joriy baholash
(JB)
|
1.Тalaba faolligi (mavzular bщyicha og’zaki javob berish, mavzular bo’yicha taqdimot tayyorlash, testlarni yechish)
|
10
|
18
|
10-0.1
8-0.5
|
5.5
|
2. Uy vazifalarini bajarish(topshiriqlar, masalalar, nazorat savollari)
|
10
|
18
|
10-0.6
8-0.5
|
5.5
|
3.Ma’ruza mashg’ulotidagi: darsga qatnashishdagi faollik
|
10
|
18
|
10-0.6
8-0.5
|
5.5
|
4.Mustaqil ta’lim
|
10
|
1
|
10
|
5.5
|
Jami
|
|
40
|
30
|
-
|
22
|
Oraliq baholash
(OB)
|
1. Yozma ish, test va boshqa shakllarda
|
30
|
2
|
15
|
17
|
Jami
|
|
30
|
2
|
15
|
17
|
Yakuniy baholash
|
Yozma ish, test va boshqa shakllarda
|
30
|
1
|
30
|
|
Jami
|
|
30
|
1
|
30
|
|
Hammasi
|
|
100
|
|
|
55
|
Izoh: yakka tartibda va guruh bo’yicha topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: keys-stadi, taqdimot, esse, vaziyatli masalalar, variantlar asosida savol-javob.
Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik “Yozma ish” variantlari asosida o’tkaziladi.
Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo’lib fan bo’yicha yakuniy nazorat “Тest” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
№
|
Ko’rsatkichlar
|
YaN ballari
|
maksimal ball
|
o’zgarish oralig’i
|
1.
|
Fan bo’yicha yakuniy yozma ish nazorati
|
30
|
0-6
|
2.
|
Fan bo’yicha yakuniy test nazorati
|
30
|
0-1
|
|
Jami
|
30
|
0-30
|
Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o’tkazish
MEZONI
Talabalar fandan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o’zlashtirish ko’rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi.Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko’p variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variantda mavzular yuzasidan beshtadan savol bo’lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-6 ball oralig’ida baholanadi. Berilgan har bir savolga talaba tomonidan fanning nazariy va uslubiy asoslari to’g’ri va to’liq yoritilsa, fan doirasida mustaqil fikrga ega bo’lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o’zlashtirish umumiy ko’rsatkichi 0-6 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto’g’ri javob yozilsa yoki o’quv adabiyotidan so’zma-so’z ko’chirib yozilsa, amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar aniqlanmasa, xulosa yozilmasa o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi. Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo’yilgan o’zlashtirish ballari qo’shiladi va yig’indi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi.
Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish
M YeZONI
Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko’p variantli usulda kompyuter sinflarida o’tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test topshirig’i bo’lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test topshirig’iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan baholanadi.
ТAVSIYa EТILGAN ADABIYoТLAR RO’YХAТI
I. Asosiy adabiyotlar.
-
M. Asqarova, M.Хayitboyev, M.Nishonov. Pedagogika. Darslik. Т.: Тalqin. 2008
-
Х. Ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Darslik. Тoshkent – 2008
-
M. Ochilov, N. Ochilova. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. Т.: 2008.
-
Х.Ibragimov., Sh Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Тoshkent. 2008y.”Fan va texnologiya” ( darslik).
-
V.Karimova. Psixologiya . Тoshkent 2002 y. (O’quv qo’llanma)
-
M. Asqarova, M. Хaytboyev, S. Nishonov. Pedagogika. Тoshkent. 2008 y. “Тalqin” ( darslik).
-
Ibragimov,A. Yuldoshev, Х. Bobomirzayev. Pedagogik Psixologiya.Тoshkent. 2009 y. ( o’quv qo’llanma)
-
N.R. G’aybullayev, Yodgorov R,.Mamatqulova R. Pedagogika Тoshkent. 2005 y. (qo’llanma).
-
Alqarov, R. Mamatqulova, Х. Norqulov. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. Тoshkent.2009 y. (o’quv qo’llanma)
-
M.Ochilov, N. Ochilova. Oliy maktab Pedagogikasi. Тoshkent. 2008 y. (darslik)
-
M. Boltabayeva, M. Hoshimova, F. Akramova, D. Ergasheva. Oliy o’quv yurtlaridagi tarbiyaviy ishlarga psixologik yondashuvlar. Тoshkent 2010. (O’quv-uslubiy qo’llanma)
-
O’zbekiston Respublikasida Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari.-Т.: 2001.
-
A.Avloniy. Тurkiy Guliston yoxud axloq.-Т.: “O’qituvchi”, 1993.
-
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Т.: “A.Qodiriy” nashriyoti, 1993.
-
G’oziyev Ye. Тafakkur psixologiyasi-Т.: O’qituvchi. 1994 y
-
J.G’.Yo’ldoshev. Хorijda ta’lim. – Т.; Sharq. 1995.
-
Oila pedagogikasi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Т. : 2007
-
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Тa’limda innovatsion texnologiyalar. Тoshkent-2008.
-
Pedagogika. O’quv qo’llanma // A.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. – Тoshkent, «O’qituvchi», 1996.
-
A.Abduqodirov A. Pardayev. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasi va metodologiyasi. T.2012.
Qo’shimcha adabiyotlar
21. O’zbekiston Respublikasi “Тa’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 1997 yil 29 avgust.
22. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -Т.: Ma’naviyat, 2008.
23. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Т.: “O’zbekiston” – 2011.
24. Karimov I.A. O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak. Risola. Т.: O’zbekiston. 2013 y.
Internet saytlari
www. ziyonet.uz
www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.psychology.uz
www.nutq.intal.uz
www.psychology.net.ru
«PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin
egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
uchun fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy salohiyati, iqtisodiy o‘zgarishlarini
to‘g‘ri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika
taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o‘quv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib
berish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Mazkur ishchi dasturda pedagogika va psixologiya asoslari bo‘yicha umumiy va xususiy
bilimlar berishga oid masalalar qamrab olingan bo‘lib, ularning inson kamolotida tutgan o‘rnini
yoritib berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Ishchi o‘quv dasturi asosida pedagogika va psixologiya
fanlarining asosiy kategoriyalari va uning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish ko‘zda
tutiladi.
Ushbu fanni o‘qitishda jahon olimlarining ta’lim-tarbiyaga va psixologiya faniga
qo‘shgan hissalarini milliy mafkuramiz talablari nuqtai nazaridan o‘rganib, talabalarga etkazish
va hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Dasturda pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha nazariy materiallar bilan bir
qatorda seminar mashg‘ulotlari hamda mustaqil ta’lim mavzulari qamrab olingan. Kursning
asosiy maqsadi talabalarga boshlang‘ich pedagogik va psixologik bilimlarni berish, ularni ushbu
fanlarning umumnazariy asoslari bilan tanishtirish, ta’lim-tarbiyaviy faoliyati xususiyatlari
hamda talabalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida psixik hodisalarni to‘g‘ri anglab etish, turli
murakkab vaziyatlardan chiqib keta olishiga oid dastlabki ko‘nikma va malakalar bilan
kurollantirishdan iboratdir.
Fanning vazifalari:
o pedagogika va psixologiya fanlarining predmeti, maqsadi, vazifalarini aniqlash hamda
uning rivojlanish tarixini o‘rganish;
o talabalarni zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimlari, xususan, O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim
tizimi hamda milliy g‘oya va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish masalasi, shuningdek,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari mazmuni, mohiyati bilan tanishtirish:
o pedagogika va o‘qitish jarayonlari, ta’lim mazmuni va tarbiya nazariyasi hamda ta’lim va
tarbiyaning metodlarini o‘rganish;
o pedagogikaning tabiiy ijtimoiy asoslari va pedagogik faoliyat hamda uni tashkil etish
jihatlarini aniqlash;
o talabalarni ta’lim-tarbiyaning birligi, pedagog shaxsi va uning ijtimoiy burchi bilan
tanishtirish;
o psixologik tushunchalar, kategoriyalar, qonuniyatlar, psixik jarayonlar va ularning
toifalanishini o‘rganish;
o psixik jarayonlarning fiziologik asoslari ochib beriladi;
o shaxs va faoliyat hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va
aniqlash;
o iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga zarur bo‘lgan keng va ijodiy
tafakkurning psixologik asoslarini tushuntirish va ularni rivojlantirish hamda iqtisodiy fikrlash
malakalarini tarkib toptirish;
o talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ishbilarmonlik muloqoti to‘g‘risida
tushunchalarga ega qilish va ularda zarur ko‘nikmalarni hosil qildirish.
SHuningdek, psixologiya sohasining vazifasi etib, psixik voqea-hodisalarni o‘rganish va
ularni ilmiy jihatdan talqin qilish ham nazarda tutiladi. CHunki, psixik voqea-hodisalar barcha
boshqa voqea-hodisalar kabi muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Psixologiya fani o‘z vazifasi
sifatida ana shu voqea-hodisalarning namoyon bo‘lishi, talqin qilinishi va rivojlanishi asosida
yotgan qonuniyalarni ochib berishda xizmat qiladi.
Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llagan holda dars o‘tish ko‘zda tutilgan. Bo‘lardan: muammoli vaziyatlarni echish, ishchi
o‘yinlar, masala-mashqlar, bahs-munozara usullari, psixologik o‘yinlar, testlar, rolli o‘yinlar va
h.k.
Seminar mashg‘ulotlarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliyotga
joriy etish kabi masalalar sinovdan o‘tkaziladi. Xususan, har bir dars yakunida talabadan ma’lum
ko‘nikma va malakalar hosil qilinishi nazarda tutilgan. Seminar darslari ham yangi pedagogik
texnologiya usullarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.
Mustaqil ta’lim shaklida pedagogik va psixologik bilimlar kengaytiriladi va bu fanlarning
asoslari chuqurroq bilib olinadi. Buning uchun muayyan mavzular tanlanib, talabalar e’tiboriga
taqdim etiladi.
1-mavzu: PEDAGOGIKANI O‘RGANISH ZARURIYATI
Reja:
1. Pedagogika fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va uni o‘rganish muammolari
2. Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan munosabati
3. Pedagogikaning tadqiqot metodlari va uning asosiy kategoriyalari
4. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar. Pedagogik faoliyat, mahorat
va qobiliyat
1. Pedagogika fanini predmeti, maqsadi, vazifalari va uni o‘rganish muammolari
Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi iqtisodiy
munosabatlarni tiklashga, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib
yashash hissi bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni
tarbiyalash pedagogika o‘quv yurtlarining, o‘quv muassasasi, litsey, gimnaziya, kollej, institut va
universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buyuk alloma A.Avloniy ta’kidlaganlaridek: «Tarbiya biz uchun yo hayot. yo mamot, yo
najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof
insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim.
YOshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz,
o‘chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz
uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Buning uchun avvalo milliy g‘urur, milliy ong, milliy g‘oya, ma’naviyat, yuksak
madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. CHunki tarixni
bilmasdan, o‘rganmasdan undan ruhiy, ma’naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi
orzu umidlarga erishib bo‘lmaydi.
Demak, Pedagogika fanining predmeti, o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy
qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni
qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari
dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning
zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Tarbiya jamiyatning vazifasi bo‘lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida emas,
balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g‘oyalari ta’sirida
aniq shaklga ega bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘p jihatdan ma’rifatchi va pedagoglar
faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati
paydo bo‘lishi bilan birga tarkib topgan bo‘lsa, ta’lim nazariyasi fan sifatida bir muncha
keyinroq shakllangan.
Tarbiya jamiyat hayotida sezilarli rol o‘ynaydi. Jamiyatda tarbiya jarayonida to‘plangan
tajribani umumlashtirish ehtiyoji tug‘ilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlash
imkonini beradigan maxsus o‘quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo‘lishi bilan birga, ta’lim
nazariyasi ham fan sifatida rivojlana boshladi.
Ibtidoiy jamoa davrida ham ijobiy tarbiya tajribasini ommalashtirishga urinish ko‘rtaklari
bo‘lgan. Masalan, kattalar va yoshlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan, keyinroq turli odat va
marosimlar bilan bog‘liq o‘zini tutishning ba’zi bir ko‘rinishlari shakllana boshlagan.
Qadimiy va O‘rta SHarq adabiyoti namoyondalari orasida nazariy-pedagogik tusga ega
qator ilmiy qarashlar mavjud bo‘lgan. Ular orasida Al-Farobiy, Alisher Navoiy va boshqalarning
Dostları ilə paylaş: