Qo’shilgan qiymat soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Soliq solinadigan oborotlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Тovarlarni import qilish bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
3-chizma
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi
Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi to’g’risida ma’lumot
|
Qo’shilgan qiymat solig’i
hisob-kitobi
|
1- ilova.
|
Hisobga olinadigan QQS hisob-kitobi uchun
foydalaniladigan olingan tovarlar
(ishlar, xizmatlar) bo’yicha QQS summasi
|
2-ilova.
|
Hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasi
hisob-kitobi
|
3-ilova.
|
Avvalgi soliq davrida eksportga realizatsiya qilingan tovarlar bo’yicha
tushum joriy soliq davrida kelib tushishi munosabati bilan
hisobga olinadigan QQS hisob-kitobi
|
4-ilova.
|
Тovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish bo’yicha oborotlar
|
5-ilova.
|
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari
|
6-ilova.
|
Nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hisob-kitobi
|
7-ilova.
|
Хarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura o’rnini bosadigan hujjatlar) reestri
|
8-ilova.
|
Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)bo’yicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura o’rnini bosadigan hujjatlar) reestri
|
O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha
hisob-kitobi
|
O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi to’g’risida ma’lumotlar
|
O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo’yicha
qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi
|
Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. Qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
Soliq to’lovchilar, bundan kredit va sug’urta tashkilotlari mustasno, qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 4453-sonli Farmoni asosan 2013 yildan e’tiboran - qo’shilgan qiymat solig’i hisobotlari barcha soliq to’lovchi yuridik shaxslar tomonidan chorakda bir marotaba taqdim etilishi belgilandi.
Soliq to’lash tartibi. Qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga to’lash ushbu Kodeksning 225-moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitoblarini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha:
3-ilovaga muvofiq ikkita alohida hisob-kitoblar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi va O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi hamda ularga ilovalardan iborat bo’lgan Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq hisoboti shakli umuman saqlanib qolgan holda, hisob-kitob shakliga ayrim o’zgarishlar kiritilgan.
Jumladan,
"Hisobot davri" chorak qilib o’zgartirilgan (ilgari yirik korxonalar uchun hisobot davri bo’lib oy, kichik biznes sub’ektlari uchun chorak hisoblangan).
Qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan Soliq kodeksining 225-moddasiga belgilangan muddatlarda, aynan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etilishini hisobga olib, hisob-kitobning o’zi 0501-0503-satrlar bilan to’ldirildi. Ushbu satrlarda byudjetga to’lanishi (kamaytirilishi) lozim bo’lgan QQS summasi oylarga bo’lib ko’rsatilishi lozim, jumladan:
0501-satrda chorakning birinchi oyi oxiriga;
0502-satrda chorakning ikkinchi oyi oxiriga;
0503-satrda chorakning uchinchi oyi oxiriga,
Hisob-kitob soliq davri (yil) uchun ortib boruvchi yakun bilan tuzilishini e’tiborga olib, 1-chorak uchun quyidagicha ko’rsatiladi:
0501-satrda yanvar oyi uchun;
0502-satrda yanvar-fevral oylari uchun;
0503-satrda yanvar-fevral-mart oylari uchun.
Keyingi hisobot davrlari uchun ham shunga o’xshash tartibda ko’rsatiladi.
Hisob-kitobning "Тovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha oborotlar" nomli 4-ilovasida 0103-satr bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tannarxidan past narxda sotishni amalga oshiruvchi korxonalar ichki bozordagi sotishlar bo’yicha ijobiy farqni ham ko’rsatishi lozim. Bunda, QQSning nol darajali stavkasi qo’llaniladigan eksportga tovarlar sotilganda, shuningdek baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo’yicha ijobiy farq Hisob-kitobga 4-ilovada ko’rsatilmaydi va QQS hisob-kitobida hisobga olinmaydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobiga 2-ilova "Hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasi hisob-kitobi" va 6-ilova "Nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hisob-kitobi"da, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2004 yildagi 141-sonli qaroriga asosan ichki bozorda "O’zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga (qo’shilgan qiymat solig’ini nol darajali stavka bo’yicha hisoblagan holda) yarim tayyor to’qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) realizatsiya qiluvchi korxonalar 0103-satr bo’yicha aylanmalarining xaridorlar - "O’zbekengilsanoat" DAK korxonalari tomonidan ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo’naltirilganligi tasdiqlangan qismini ko’rsatadi.
QO’SHILGAN QIYMAТ SOLIG’I HISOBOТI
2013 yil 1 yanvargacha
|
2013 yil 1 yanvardan
|
Yirik korxonalar
|
Har oyda
|
Yirik va kichik
korxonalar
|
Har chorakda
|
Kichik korxonalar
|
Har chorakda
|
Yil uchun soliq hisoboti 12 shakli
|
Yil uchun soliq hisoboti 4 shakli
|
2. Aksiz solig’i va hisoboti.
Bozor iktisodiyoti sharoitida tovarlar inson ehtiyojini kondirishiga karab ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga inson ehtiyoji uchun har kuni iste’mol qiladigan tovarlardir. Ikkinchi guruh aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lmagan tovarlardir. Inson ehtiyoji uchun uncha zarur bo’lmagan tovarlarning ba’zi turlariga aksiz solig’i belgilanadi. Bular jumlasiga arok, vino, konyak, pivo, tomaki mahsulotlari, neft mahsulotlari, paxta yogi, gilam va gilam buyumlari, tabiiy gaz, hrustal buyumlar, mebel, oltin, video va audio tehnika va boshqa tovarlar kiradi. Mulk shaklidan kat’iy nazar, bunday tovarlarni ishlab-chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar, kompaniyalar aksiz solig’i to’lovchilari bo’lib hisoblanadi.
Aksiz solig’iga to’lovchilari kimlar bo’lishi, soliq solish ob’ekti, bazasi, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasi, soliqdan chegirmalar Soliq kodeksining 8-bo’limi bilan tartibga solinadi.
Quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig’i to’lovchilar hisoblanadilar:
- O’zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig’i solinadigan tovarlar (aksiz to’lanadigan tovarlar) ishlab chiqaruvchilar;
- O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga aksiz to’lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
- aksizli tovarni ishlab chiqarishda oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi yuklangan oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
Soliq solish ob’ekti vujudga keladigan korxonalar va jismoniy shaxslargina aksiz solig’i to’lovchilar hisoblanadi. Aksiz solig’i solinadigan ob’ektlar ro’yxati SKning 230-moddasi bilan belgilangan.
Aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo’yicha O’zR Prezidentining qaroriga asosan, aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarmaydigan shaxs (masalan, "Djeneral Motors O’zbekiston" YOAJ dilerlari) aksiz solig’i to’lovchi qilib belgilanishi mumkin.
Aksiz solig’i solinadigan tovarlar aksiz to’lanadigan tovarlar hisoblanadi. Aksiz to’lanadigan tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda soliq solish ob’ekti yuzaga kelgan hollarda aksiz solig’i to’lovi bo’yicha majburiyat paydo bo’ladi.
Soliq solish ob’ektini to’g’ri aniqlash uchun aksiz to’lanadigan tovarlar ro’yxatini ham, soliq solinadigan operatsiyalar turlarini ham bilish zarur.
Ishlab chiqarishda quyidagilar aksiz solig’i solinadigan tovarlar hisoblanadi: etil spirti; vino; konyak, aroq va boshqa spirtli mahsulotlar; pivo; o’simlik (paxta) yog’i; sigaretalar; zargarlik buyumlari; "Djeneral Motors O’zbekiston" YOAJ ishlab chiqargan avtomobillar; kumushdan tayyorlangan oshxona anjomlari; qimmatbaho metallar; neft mahsulotlari (benzin, dizel yonilg’isi, aviakerosin); tabiiy gaz; suyultirilgan gaz; paxta-tola.
Soliq solinadigan baza har bir aksiz to’lanadigan tovar turi bo’yicha alohida belgilanadi.
MISOL. Korxona turli markali vino va aroq ishlab chiqaradi. Hisobot davrida 10 ming dal aroq (etil spirti ulushi 40%dan ortiq) va 2 ming dal vino realizatsiya qilingan.
Aksiz solig’i summasi realizatsiya qilingan aroq va vino dallari miqdorini tegishli soliq stavkasiga ko’paytirish orqali aroq va vino bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqariladi.
Etil spirti ulushi 40%dan ortiq hajmli 10 ming dal aroqni realizatsiya qilishda aksiz solig’i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 35 921 so’m miqdorda belgilanadi, hisoblab yozilgan aksiz solig’i summasi (spirt bo’yicha aksiz solig’i hisobga kiritilmagan) 359 210 ming so’mni (35 921 x 10 000) tashkil qiladi.
Vino bo’yicha aksiz solig’i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 4 981 so’mga teng, hisoblab yozilgan aksiz solig’i summasi (hisobga kiritilmagan) 9 962 ming so’mni (2 000 x 4 981) tashkil qiladi.
shuningdek, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab PQ-1675-son qarorning 6-bandi bilan zargarlik buyumlari bilan savdo qiladigan chakana savdo tarmoqlariga aksiz solig’i joriy etildi. Jumladan chakana savdo tarmog’ida realizatsiya qilinadigan, tilladan yasalgan zargarlik buyumlariga, chakana savdo korxonalariga, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lsa, xarid qilingan tilladan yasalgan zargarlik buyumlariga ular to’lagan aksiz solig’ini chegirish huquqini bergan holda, zargarlik buyumining 1 grammi uchun 10 AQSH dollariga ekvivalent miqdorda aksiz solig’i joriy qilingan.
MISOL. Zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchi savdo do’koni 2012 yilning 21-30 yanvar kunlarida 35 gr zargarlik buyumlarini sotdi. Import qilinganda to’langan aksiz solig’i summasi 140 AQSH dollarini (AQSH dollarining ushbu paytdagi kursi 1 760 so’mga teng bo’lgan) tashkil qiladi.
Buyerdayanvaroyininguchinchidekadasiuchunbyudjetgato’lanishilozimbo’lgansummaquyidagichaaniqlanadi.
3 fevraldagi AQSH dollari so’mga nisbatan, faraz qilaylik, 1 795 so’mni tashkil qilmoqda.
Byudjetga hisoblanadigan: 35 gr x 10 AQSH dollari = 350 AQSH dollari = 628 250 so’m.
Hisobga olinadigan aksiz solig’i summasi: 140 AQSH dollari = 246 400 so’m.
Byudjetga to’lanishi lozim summa: 628 250 - 246 400 = 381 850 so’mni tashkil qiladi.
Quyidagi operatsiyalar aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishda aksiz solig’i solish ob’ekti hisoblanadi:
1) aksiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
- tovar savdo-sotig’i (yuklab jo’natilishi);
- garov bilan ta’minlangan (kafolatlangan) majburiyat ijro etilmagan taqdirda, garovga qo’yuvchi tomonidan garovga qo’yilgan aksiz to’lanadigan tovarlarning berilishi;
- aksiz to’lanadigan tovarlarning tekinga berilishi;
- aksiz to’lanadigan tovarlarning ish beruvchi tomonidan, qonun bilan ko’zda tutilgan hollarda, yollanma xodimga ish haqi hisobiga yoxud yuridik shaxs muassisi (ishtirokchisi)ga hisoblab yozilgan dividendlar hisobiga berilishi;
- aksiz to’lanadigan tovarlarning boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ayirboshlash orqali berilishi.
Aksiz to’lanadigan tovarlarning bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga tekinga va/yoki pullik asosda egalik huquqiga o’tkazilishi, shuningdek ulardan mahsulot bilan to’lovda foydalanish aksiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, deb e’tirof etiladi. Garov bo’yicha majburiyatlar bajarilmaganda aksiz to’lanadigan tovarlar - garov predmetlarining berilishi, shuningdek aksiz to’lanadigan tovarlarning boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ayirboshlash orqali berilishi ham realizatsiya qilish hisoblanadi.
Aksiz solig’i stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning mahsulot bilan ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, tamaki mahsulotlari bo’yicha aksiz solig’i stavkasi 1 000 donaga, o’simlik (paxta) yog’i bo’yicha - 1 tonnaga belgilangan, ya’ni
aksiz solig’i summasi = soliq miqdori + soliq stavkasi.
MISOL. Zargarlik zavodi aksiz solig’i va QQS hisobga qabul qilinmagan holdagi qiymat bo’yicha, umumiy summasi 120 000 ming so’mga teng oltin buyumlar turkumini realizatsiya qildi. Aksiz solig’i stavkasi 25%ni tashkil qiladi.
Aksiz solig’i summasi 30 000 ming so’mga (120 000 x 25%), QQS summasi - 30 000 ming so’mga [(120 000 + 30 000) x 20%] teng bo’ladi;
2) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav jamg’armasi (ustav kapitali)ga hissa yoki pay badali sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherik (ishtirokchi) hissasi sifatida berish.
Aksiz to’lanadigan tovarlarni boshqa tashkilotning ustav kapitaliga hissa sifatida berishda soliq solinadigan baza tegishli tashkilot muassislari (ishtirokchilari) o’rtasida muvofiqlashtirilgan hissa qiymati bo’yicha belgilanadi.
MISOL. Korxona - aksiz to’lanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotga ustav kapitaliga hissa sifatida o’zi ishlab chiqargan mahsulotni bermoqda. Mazkur hissaning tannarxi 5 000 ming so’mni tashkil qiladi. Ushbu mahsulot turiga aksiz solig’i stavkasi 29% miqdorda belgilangan.
Aksiz solig’i summasi 1 450 ming so’mni (5 000 x 29%) tashkil qiladi. Mahsulotni ustav kapitaliga hissa sifatida berishda korxona aksiz solig’ini hisobga olgan holda hissa qiymatidan, ya’ni 6 450 ming so’mdan QQS hisoblab yozishi lozim. QQS summasi 1 290 ming so’mni (6 450 x 20%), hissa qiymati - 7 740 ming so’mni tashkil qiladi.
N
|
Хo’jalik operatsiyasining mazmuni
|
Summa,
ming so’m
|
Schyotlar
korrespondensiyasi
|
debet
|
kredit
|
1
|
Mahsulotning ustav kapitaliga hissa sifatida hisobdan chiqarilishi aks ettirilgan
|
5 000
|
0630
|
9010
|
2
|
Mahsulot tannarxi hisobdan chiqarilgan
|
5 000
|
9110
|
2810
|
3
|
Mahsulotni ustav kapitaliga hissa sifatida berishda aksiz solig’i hisoblab yozilgan
|
1 450
|
0630
|
6410
|
4
|
QQS hisoblab yozilgan
|
1 290
|
0630
|
6410
|
Aksiz to’lanadigan tovarlarni oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikka (ishtirokchiga) hissa sifatida berishda aksiz solig’i bo’yicha soliq solinadigan baza berilayotgan tovarlarning tannarxi bo’yicha belgilanadi. Bunda mazkur berish, QQS solish maqsadida, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilish bo’yicha oborot hisoblanmaydi va, tegishli ravishda, QQS solinmaydi;
3) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxs tarkibidan chiqishda (chiqarilishda) yoki qayta tashkil qilinish, tugatilish (bankrot deb e’lon qilinish) tufayli ishtirokchi (muassis)ga berish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigi (ishtirokchisi)ga, uning shartnoma sheriklari (ishtirokchilari)ning umumiy egaligida bo’lgan ulushini mulkdan ajratish yoki bunday mulkni taqsimlash paytida berish.
MISOL. MCHJ kumushdan oshxona anjomlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. MCHJ muassislari tarkibidan ishtirokchi - jismoniy shaxs chiqmoqda, uning ustav kapitalidagi hissasi 20%ni tashkil qiladi. Mazkur muassisning MCHJ ustav kapitaliga boshlang’ich hissasi 5 000 ming so’mni (pul mablag’lari bilan kiritilgan) tashkil qilgan. Ishtirokchining MCHJ muassislari tarkibidan chiqish paytidagi hissasining haqiqiy qiymati 7 200 ming so’mni tashkil qiladi. MCHJ muassislari umumiy yig’ilishi qarori bo’yicha tarkibdan chiqayotgan muassis hissasi unga MCHJ mahsuloti - 5 000 ming so’m qiymatga teng (haqiqiy tannarxi) kumushdan ishlangan oshxona anjomlari va pul mablag’lari bilan qaytariladi.
Mazkur operatsiya bo’yicha aksiz solig’i summasi 550 ming so’mni (5 000 x 11%) tashkil qiladi. Korxona muassisiga, uning muassislar tarkibidan chiqishida boshlang’ich hissasi doirasida mulk berish bo’yicha oborotga QQS solinmaydi (SK, 199-modda, 2-qism, 5-band). Mazkur holatda QQS 550 ming so’mdan (5 000 + 550 - 5 000) hisoblab chiqariladi va 110 ming so’mni (550 x 20%) tashkil qiladi.
Qoldiq - 1 320 ming so’m (7 200 - 5 000 - 550 - 220 - 110) - tarkibdan chiqayotgan muassisga, to’lov manbaidan soliq chegirmasidan so’ng pul mablag’lari bilan qaytariladi.
MCHJ ustav kapitaliga boshlang’ich hissa doirasida olingan mulk (5 000 ming so’m), tarkibdan chiqayotgan muassisning daromadi hisoblanmaydi va soliq solinmaydi. Boshlang’ich hissadan ortiq summa (2 200 ming so’m), soliq solish maqsadida, dividendlarga tenglashtirilgan (SK, 22-modda) va to’lov manbaidan 10% stavka bo’yicha (2 200 x 0,10 = 220) soliq solinadi.
N
|
Хo’jalik operatsiyasining mazmuni
|
Summa,
ming so’m
|
Schyotlar
korrespondensiyasi
|
debet
|
kredit
|
1
|
Ishtirokchining MCHJ muassislari tarkibidan chiqishi aks ettirilgan
|
5 000
2 200
|
8630
8700
|
6620
|
2
|
Oshxona uskunalari tannarxi xarajatlar hisobiga qo’shilgan
|
5 000
|
9110
|
2810
|
3
|
Chiqib ketayotgan muassis qarzlari hisobiga oshxona uskunalarining hisobdan chiqarilishi aks ettirilgan
|
5 000
|
6620
|
9010
|
4
|
Aksiz hisoblab yozilgan
|
550
|
6620
|
6410
|
5
|
QQS hisoblab yozilgan
|
110
|
6620
|
6410
|
6
|
Boshlang’ich hissadan ortiq summadan soliq chegirib qolingan
|
220
|
6620
|
6410
|
7
|
Soliqlar chegirmasidan so’ng, chiqib ketayotgan muassisga qoldiq o’tkazilgan (topshirilgan)
|
1 320
|
6620
|
5110
|
Oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan mahsulotni sherikka berishda, uning umumiy hissa egaligida bo’lgan ulushini mulkdan ajratish paytida ham xuddi shunday tartibda soliq solinadi. Aksiz solig’i bo’yicha soliq solinadigan baza tovarlarni berish paytida soliq to’lovchi tomonidan belgilanadigan, biroq haqiqiy tannarxdan past bo’lmagan qiymat bo’yicha aniqlanadi.
Mazkur bandda ko’rsatilgan holatlarda mulk berilishiga QQS solinmaydi;
4) aksiz to’lanadigan tovarlarni daval asosda qayta ishlash uchun berish, shuningdek daval xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuloti, shu jumladan aksiz to’lanadigan mahsulot bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan daval xom ashyo va materiallar egasiga berish.
Хom ashyo, materiallar, tovarlarni daval asosda qayta ishlab chiqarishga berish shuni nazarda tutadiki, daval xom ashyo (materiallar)ni qayta ishlash uchun shartnomaga muvofiq, daval xom ashyoni tayyor mahsulotga qayta ishlab chiqarish, ishlov berish (tarkibini kengaytirish) bo’yicha ishlar bajarilishini bir taraf (buyurtmachi) zimmaga yuklaydi, ikkinchi taraf (ijrochi) esa uni bajarish majburiyatini oladi. Daval deganda buyurtmachiga tegishli bo’lgan va, tuzilgan shartnomaga muvofiq kelgusida buyurtmachiga qaytariladigan mahsulot ishlab chiqarilishi uchun boshqa shaxsga sanoat qayta ishlab chiqarish uchun berilgan xom ashyo (materiallar) tushuniladi (SK, 22-modda). Bunda daval xom ashyo va undan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga egalik huquqi buyurtmachida saqlanib qoladi. Ijrochida daval xom ashyo 003-"Qayta ishlash uchun qabul qilingan materiallar" schyotida balansdan tashqarida hisobga kiritiladi.
Aksiz to’lanadigan tovarlarni qayta ishlashga (daval xom ashyoni) berishda, soliq solinadigan baza berilayotgan tovarlar tannarxi bo’yicha belgilanadi. Bunda daval xom ashyoning qayta ishlanishini amalga oshirayotgan korxonada, xom ashyo egasi - korxona tomonidan ta’minotchiga to’langan aksiz solig’i summasi, SKning 237-moddasiga asosan chegirilishi lozim.
Qayta ishlangan material (xom ashyo) daval material (xom ashyo) egasiga hisoblab yozilgan aksiz solig’i bilan qaytariladi. Bunda soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarish bo’yicha ishlar (xizmatlar) qiymati hamda daval xom ashyo va materiallar qiymatidan iborat bo’ladi. Qayta ishlash natijasida aksiz to’lanadigan mahsulotlar berilgan taqdirda, aksiz solig’i mazkur mahsulot uchun belgilangan stavka bo’yicha hisoblab yoziladi. Qayta ishlash korxonasi byudjetga aksiz solig’i to’lovchi hisoblanadi.
Aksiz to’lanadigan tovarlarni maxsus idishlar bo’yicha quyish uchun berish, daval xom ashyoni qayta ishlash sifatida baholanadi va, tegishli ravishda, aksiz solig’i solinadi;
5) o’z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan va/yoki qazib olingan aksiz to’lanadigan tovarlarni berish.
Тovarlar soliq to’lovchi xarajatlarini amalga oshirish uchun berilishi mumkin, ular, o’z o’rnida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xususiyatiga ega ishlar bilan bog’liq bo’lishi, soliq solish maqsadida esa, foyda solig’ini hisob-kitob qilishda chegiriladigan va chegirilmaydigan, deb e’tirof etilishi mumkin. Aksizli tovar korxonaning qaysi bo’linmasiga va qanday maqsadlarda berilishidan qat’i nazar, uning berilishi aksiz solig’i solinadigan oborot hisoblanadi. Soliq solinadigan baza o’z ehtiyojlar uchun berilayotgan aksiz to’lanadigan tovarlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
MISOL. Korxona - aksiz to’lanadigan mahsulotni ishlab chiqaruvchi mahsulotning 5 000 ming so’m tannarxli qismidan o’z ehtiyojlari uchun foydalanishga qaror qildi.
O’zi ishlab chiqargan aksiz to’lanadigan mahsulotni o’z ehtiyojlari uchun berishda, aksiz solig’i, QQSdan farqli ravishda, mazkur xarajatlar chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlar bo’lishidan qat’i nazar, hisoblab yoziladi. Masalan, mazkur mahsulot turi uchun aksiz solig’i stavkasi 11%ni tashkil qilgan taqdirda, hisoblab yozilgan aksiz solig’i summasi 550 ming so’mni (5 000 x 11%) tashkil qiladi.
O’zi ishlab chiqargan mahsulot o’z ehtiyojlari uchun berilgan taqdirdagina QQS hisoblab yoziladi, ular uchun xarajatlar, SKning 147-moddasiga muvofiq soliq solinadigan daromad hisob-kitobida chegirilmaydi.
Quyidagilarga aksiz solig’i solinmaydi:
1) aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag’lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to’lanadigan tovarlarni import qilishga;
4) aksiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig’i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
Dostları ilə paylaş: |