«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə53/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Uchunchidan – nihoyat g’oyaning o’zi mustaqil ravishda amal qiladi, - degan “olamiy uyg’unlik” nazariyasiga o’z fikrini beradi.
Platon ana shu g’oyasi asosida jamiyat tarkibidan amaliy jihatdan yirik uchta guruhga: 1) faylasuvlar, elita vakillari (davlat va jamiyat boshqaruvida xizmat qiluvchi va asosiy o’rinini egallovchilar);
2) xarbiylar (jamiyatda qudratli kuchlar);
3) qullar (yani, jamiyatda hyech qanday huquqga ega bo’lmaganlar).
Platon ilgari surgan ushbu g’oyaviy nuqtai-nazariga muvofiq stratifikasion tasnif azaldan muqarrar narsa (“borliq”) bo’lib, uning chigal (qiyin) tamoyillari jamiyatda yuz beradigan ijtimoiy vaziyatlarga ko’ra o’zgarib boradi, - degan g’oyani ilgari suradi.
Aristotel (Arastu) “Olamiy uyg’unlik” nazariyasiga nisbatan o’zining Platonga nisbatan farq qiladigan fikrlarini ilgari suradi. Uning fikricha jamiyatdagi tartibsizliklardan vujudga kelgan “Olamiy uyg’unlik” u “jon”dagi manba (yani Ollohning insonga ato etgan – joni” emas, balki, faqat narsalar (moddiylik – A.Sh.) tabiatidagi manbalar, - deb o’ziga xos g’oyasini ilgari suradi.
Alohida shuni ham takidlash lozimki, Antik dunyo va o’rta asrlar jarayonida faoliyat ko’rsatib ketgan allomalar nuqtai-nazaridan kelib chiqqan, yuqorida takidlanib o’tilgan g’oyaviy fikrlaridan xulosa qilib, shuni takidlash lozimki, yani jamiyatdagi kishilararo bog’liqlik va o’zaro aloqadorlikni ifodalovchi stratifikasion tasniflar – bir tomondan ilohiy mukammallikning (“Ollohning”) inikosi sifatida namoyon bo’lsa (“Olloh irodasiga bog’lansa – A.Sh.) ikkinchi tomondan esa o’zida obyektiv borliqning (tabiat va jamiyatning – A.Sh.) xoslarini ifodalaydi, namoyon etadi. Bu xoslar bevosita obyektiv, real borliqni bevosita ilohiyat (olloh irodasi – A.Sh.) qonunlari o’rtasida (ilohiyat tabiat jamiyat qonunlari - A.Sh.) bog’liqligidan iborat bo’lib, undagi ziddiyatlar, simmetrik, ritm jarayonlari, tadrijiylik, yaxlitlik, birlik tuzim va tizilmalari kabi tushunchalar faoliyatida o’z aksini topadi va jamiyatda namoyon bo’ladi.
Stratifikasion hodisalarga obyektiv idealizm (borliqqa ilohiy tus berish – A.Sh.) nuqtai nazaridan yondoshgan yirik faylasuf olim Gegel – tabiat va jamiyatda ro’y beradigan barcha hodisa va voqyealar, jarayonlar umuman harakatning har qanday ko’rinishi “umum”dan “xusus”ga tomon, mavhumlikdan aniqlikka qarab yo’nalishini qayd etadi. Uning mazmuni esa ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarining dastlabki nuqtasi, ibtidosi absolyut g’oyaga (absalit ruxga – ollohga), yaratganning irodasiga bog’liqligini ifoda etib jamiyatdagi stratalarni va ularning “xususiy”likdan “umumiylik”ka va ular mohiyati “umumiylik” bilan bog’liqlikda namoyon bo’lishini rad etishdir.
G’arbiy Yevropalik yana bir sosiolog olim Maks Veber “umumiylik” va xusus” borasida o’ziga xos ideyani ilgari suradi. Uning fikricha jamiyatdagi barcha empirik amaliy narsalarni tartibga solishning qulay usuli bo’lgan ideal tiplar, yani hamma, hamma narsalarni muayyan gavdalantiraoladigan vositalar kopsepsiyasini ilgari so’radi. Uning nuhtai-nazaridan olib qaralsa feodalizm, kapitalizm yoki quldorlik jamiyat tuzilmalari jamiyatda tarixan shakllangan formasiyalar sifatida emas, balki aholi turli tabaqalari o’rtasidagi munosabatlarning ideal muvofiqlashuvi, qatiylashgan uyg’unlashuvi tarzida talqin etilib jamiyatdagi mavjud barcha tabaqa va guruhlardan iborat rang-barang stratalar tasnifi ham ana shu ideal muvofiqlashuv va qatiylashganlik mohiyatidan kelib chiqqan va amalga oshirilgan, - deb ilmiy taxlil natijalariga asoslanadi.
Maks Veber stratifikasion jarayonlar mohiyatini ochishda rasionalistik asosida yondashadi va rasionalistik omilning muhimligiga alohida ahamiyat beradi.
Maks Veber fikricha rasionalizm Yevropa halqlari tabiatiga xos bo’lib, bu omilni ijtimoiy voqyelikning barcha sohalariga joriy etish zarur, deb hisoblaydi. Uni amalda qo’llash uchun quyidagi prinsipni joriy etishni taklif etadi. Iqtisodiyotda – deydi u, - ikki yoqlama hisob-kitobni amalga oshirish tizimiga o’tish, axloq borasida esa – to’g’ri va teng munosabatlarga amal qilishga, erishishni, siyosatda – parlamentarizmga amal qilib, rasmiy huquq va mamuriy boshqaruv institutlarini joriy etish zarurligini, musiqa sohasida esa – Yevropaga xos notalar tizimini va unga mos texnik (cholg’u asboblari) vositalarini uyg’unlashuv meyorlariga o’tish g’oyasni targ’ib etadi. U hamma sohaga umumplanetar axloq va turmush tarzi faqat Yevropa xalqlarigagina xos deb hisoblab, bu sohada u milliylikda alohidalikni (yani yevropachalik tizimni) iqtisodiyot, siyosat va huquq va boshqaruvda, axloqda umumiylikni ulug’lab dualizm – ikki tomonlamalik pozisiyasiga amal qiladi. Shu sababli Maks Veber hamma narsalarning jamiyatda yakkalikdan umumiyning (“xusus”dan “Umumning”) kelib chiqishdek umumiy qonuniyatni unutadi.
Sosial stratifikasiyaning yana bir eng muhim va asosiy tushunchalari sifatida namoyon bo’ladigan sohasi, u ham bo’lsa jamiyat Sosial – yani ijtimoiy tarkibi, uning ijtimoiy guruhlari va ularning tabaqalanish belgilari (boy, kambag’al, qashshoq, limfan – proletar, batrak, mardikor, to’par, kapitalist, burjuy va kasbi-hunari, bilimi, mavqyei, ixtisosi va h.k.) tizimi hisoblanadi. Bu sohaga yuqorida takidlanib o’tilganimizdek, ikki xil yondoshuv hozirgi zamon sosiologlari qarashida mavjud, yani Sosial stratifikasion nazariyaga muvofiq jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarning (hamma turdagi mehnatkashlar) ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning mulkka bo’lgan munosabatlari asosida tabaqalashuvi jarayoni xususida marksistik va nomarksistik (yani marksistik va unga qarshi qarashlar) yondashuvlar mavjuddir. Marksistik qarashlar jamiyatning mulkiy tabaqalashuvini sinfiy nuqtai nazardan taxlil esa, hozirgi zamondagi ko’plab sosiologlar ularning-marksistlarning sinfiy qarashlarini rad etib, jamiyat tabaqalanishini jamiyatning ijtimoiy guruhlar tabaqalanishini malumoti, ruhiyati, maishiy shart-sharoitlari (mulkiy holati), bandlik darajasi, daromad ko’lamlari va boshqa belgilarga ko’ra tabaqalanishini asosiy deb hisoblamoqda. Shu bilan bir qatorda bu yondashuv tarafdorlari ilmiy jihatdan yondashuv deb hisoblab, jamiyatda ijtimoiy turmush tarzi, malumoti, kasbi va boshqa rang-barang farqlanmalarga, mulkiy mavqyelariga ko’ra aniq ajraluvchi-tabaqalanuvchi guruhlardan tashqari jamiyat ahlini yana yuqori tabaqa, o’rta tabaqa va quyi tabaqalarga bo’linishiga ham amal qiladilar (bu prinsip bevosita sinflashish jarayoniga muvofiq kelishini unutadilar) va amal qilinayotganligini takidlaydilar.
Albatta bunday yondashuv tor doirada bo’lsada, yuqorida takidlangan ijtimoiy farqlarning o’ziga xos yakuniy natijasi, xosilasi, sintezi sifatida namoyon bo’layotganligi obyektiv holatdir.
Ayniqsa bunday holat XX-asrda keng ko’lamda rivojlangan, G’arbda, asosan AQShda jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi jarayonida o’rta tabaqa konsepsiyasiga asosiy etiborini qaratib, bu o’rta tabaqa konsepsiyasini o’rta sinfiy qarash konsepsiyasi bilan uyg’unlashtirilib o’rta sinfiy tabaqa tendensiyasiga alohida o’ziga xos milliy, irqiy, intellektual va moliyaviy tenglik va barqarorlik meyori sifatida o’ziga xos ijtimoiy barometrlik roliga muvofiq vazifani bajarmoqda, deb hisoblashmoqda, katta etibor berib, muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlamoqdalar. Bu holat bevosita sinfiy tabaqalanishni etirof etish tendensiyasi hisoblanib haqiqatga yaqinlashmoqda. Shu boisdan ham o’rta sinf-tabaqa hissasining ortib borishi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik sharti sifatida talqin etilmoqda. Chunki o’rta sinf vakillari miqdori (yani kambag’alning o’rta hollashuvi, o’rta holning boyib borishi va h.k. – A.Sh.) oshib borish tendensiyasi va ulardagi mulkning o’zgarishi – ko’chmas mulk hajmi, bankdagi mablag’lari (foiz asosida ko’payishi va h.k.) va bankdagi va boshqa turli manbalardan olgan daromatlari, foydalari (ishlab chiqarish, fermerlik, tijorat, savdo-sotiq, sudxo’rlik, hatto mansabdorlik va h.k. – A.Sh.) va shunga o’xshash boshqa daromadlaridan davlatga to’lanadigan soliqlari salmog’iga ko’ra va bu tabaqa yil sayin aniqlanib boriladi va tekshirish, taxlil etish natijalariga ko’ra bu tabaqaning sinfiy salmog’i oshib bormoqda.
Ammo G’arb va AQSh mamlakatlari aholisi turmush tarzining o’ziga xos barometr vazifasini o’tayotgan o’rta sinf fenomeni, garchi rivojlangan Yevropa mamlakatlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy qadriyat darajasiga ko’tarilib baholansada, bu qadriyat o’rta sinf vakillarini (go’yo kapitalizm – xalq kapitalizmiga aylanib bormoqda – degan g’oya – A.Sh.), yuqori va quyi sinf vakillar bilan manaviy yaqinlashtirilish imkonini bermadi, bermaydi ham. Chunki bu jarayonda ijtimoiy taraqqiyot obyektiv qonunlari – insonga bo’lmagan ( yani to’g’ridan-to’g’ri) obyektiv vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tizimga mos – subyektiv vaziyatlar etiborga olinishini taqqoza etadi.
Malumki, har qanday ijtimoiy taraqqiyot tabiiy ravishda bir tomondan shaxsning individuallashuv jarayonlarini o’zlikka uyg’unlashuv holatlarini kuchaytirib shaxslarning yakka tarzda alohida faoliyat bilan mashg’ullik darajalarini oshirsa, ikkinchi jihatdan jamiyat azolarining mulk, kasb, irq, millat, jins, xudud, mayl, maqsadlar, didlar asosida tabaqalanishuv jarayonlariga kuchli turtki berishi bilan xarakterlanadi, Shu boisdan ham stratalar ko’pligi jamiyatning o’z-o’zini ichki boshqaruvi maxsuli va sivilizasion jarayonlarning tabiiy ifodasi sifatida namoyon bo’ladi.
Insoniyat tarixi taraqqiyotining qariyib besh ming yillik (insonlarda tabaqalanish, sinflarga ajralish) davri va o’tmishi qanchadan qancha xavf-xatarlarni boshidan kechirgan va insonlar ana shu xavf xatarlarda yakka-yakka emas, umumiy jamoa-jamoa bo’lib, umumiy tarzda birlashib, bu xavf-xatarlardan umumiy tarzda birlashib qutilganlar, shu sababli bu davr umum birlashib harakat qilib, umum maqsad yo’lida kurashib harakat qilgan davrlar tarixi hisoblanadi.
Shu sababli keng xalq ommasiga qanchalik umumiy xavflar ko’paysa, shunchalik birlashuv ijtimoiy tus olib xavfga qarshi kuchaya-kengaya borgan.
Qanchalik umumiy xavf pasaya borgan bo’lsa, keng xalq ommasi birlashuvi tobora susaya borgan, alohidalik kuchaya borgan.
Undan tashqari ijtimoiy stratalar xalq ommasining madaniy takomillashganlik belgilari sifatida xam ushbu birlashish va alohidalik tendensiyasi umumiy, xususiy tarzda baholanib kelingan. Jumladan, aholining kasb-hunar, kasabachilik harakati bunga misol bo’laoladi. Yani, zargarlik, misgarlik, chilangarlik, duppido’zlar, gilamdo’zlar, temirchilardir. Ular har qaysi alohida-alohida kasb-hunar, hunarmandchilik, yoki kasanachilik holatida yakka-yakka holida namoyon bo’lgan bo’lsa, ular jamoasi ko’pchilik holatda umumiy bir xil ixtisoslik kasanachiligiga birlashuvi oqibatida do’ppido’z – do’ppido’zlar, etikchi – etikdo’zlarga, maxsi tikuvchi – maxsi do’zlarga va h.k.larga aylanib, umumiylikni, ijtimoiy kasb-hunar stratalarni tashkil etganlar, yoki bog’bonlar, xattotlar, memorlar, quruvchilar va h.k.lar ham shular jumlasidan iborat bo’lib, mehnat faoliyati orqali mehnat taqsimotini shakllantirib, nafaqat o’ziga (yakka) xos iqtisodiy-ijtimoiy hayot yo’lini amalga oshirganlar, ixtisoslashish jarayonini vujudga keltirganlar, o’z ajdodi, qavmi va avlodi siru-asrorlarini, hunari, ustachilik kasbini, o’zgalar mulkiga aylanib ketmasligiga erishganlar, hatto komil insonlik hislablari, ulug’lik holatlari, aslzodalik, “yuqori” tabaqalikni saqlab qolish, uni avloddan-avlotga, ajdoddan-ajdodga o’tkazib, saqlab qolishga harakat qilish ham ana shu tarzda ijtimoiy jamiyatda namoyon bo’lganlar. Bunga aniq misol keng xalq ommasi o’rtasida asrlar osha saqlanib kelayotgan “Sayid”, “Yeshon”, “Xo’ja” kabi aholi qatlami, yoki “lo’li”, “mo’ltani”, “qora”, “sariq”, “oq-qora” va h.k. kabi atamalar (ijtimoiy belgilar) jamiyatda o’ziga xos stratalar guruhini tashkil etganlar va hozirgi davrda ham ana shunday munosabat va qarashlar mavjuddir.
Shuning uchun ijtimoiy stratalarni o’rganish halqimiz tarkibidagi rang-baranglikni o’rganish va aniqlashni osonlashtiradi va jamiyatni ijtimoiy boshqarishni yengillashtiradi, ijtimoiy ziddiyot va inqirozlar oldini olishga tabiiy imkoniyat yaratadi. Ajdodlarimizning ijtimoiy tarkibini aniqlashga yordam beradi, ajdodlar tarixini yozishni adat tusiga kiritishga olib keladi. Bu holat hatto o’tmishda ham mavjud bo’lgan. Masalan, sayidlar, eshon-xo’jalar, podshohlar avlodlari bevosita shajaralarini yozib qoldirishga odatlanganlar, ammo aholining keng qatlamida esa bu holat odat tusiga kirmagan. Bu jarayon ijtimoiy ahloq normalarini ham avlod-avlodlardan o’tishga, yaxshi insoniy hislatlarni kelajak avlodlariga namuna bo’lishiga, talim-tarbiyasini yaxshilashga sabab bo’lib, xalq urf-odatlari, anana va qadriyatlari, manaviy-madaniy meroslarining yaxshi namunaviy xislatlarini avloddan-avlodga saqlab kelganlar, yaxshi xislatlarga keng yo’l berilib, yomon xislatlarga barham berilishiga olib kelganlar. Shu sababli hurmatli Prezidentimiz iborasi bilan aytilsa ota-bobolar o’giti, ota namunasi, ona suti bilan insonga, insonlarga singdirilib kelingan. Ana shundan taraqqiyotni Turoni-Zamin, shu jumladan o’zbek xalqi o’z boshidan kechirib ijtimoiy taraqqiyot tarixini yaratganlar, ana shunday taraqqiyot tendensiyasi qisman bo’lsada hozir ham davom etmoqda ehtimol kelajakda ham davom esa ajab emas. Shu sababli bo’lsa ajab emas o’zbek xalqi yaxlit butunligini tashkil etadigan (hamma xalq va millatlardagidek) ayol va erkakka bo’lingan stratalari – o’zaro aloqa va munosabatlarda odob-axloq normalariga qatiy rioya qilishi, ayollarda ibo, sharm, hayo, noziklik xislatlarining ustunligi, erkak-ayolda o’zaro izzat-hurmat, farosat, sadoqatlilik, ahloq-odorb normalari, estetik qarashlar mavjudligi yuqoridagi fikrlar natijasi bo’lsa ajab emas. Shuning uchun ham jamiyat tarkibida Sosial stratalar (ijtimoiy guruhlar)ning naqadar xilma-xilligi va ko’pligi bir tomondan jamiyatni ijtimoiy boshqarishni qiyinlashtirsa, ikkinchi tomondan esa Sosial stratalar mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari chuqur ilmiy taxlil qilinib o’rganilsa ijtimoiy va siyosiy, asosan ichki boshqarishni osonlashtiradi. Bu holatlarni chuqur atroflicha stratifikasion o’rganishda ijtimoiy o’zgaruvchanlik jarayonlariga va ularning Sosial turlariga alohida etibor berish va unga amal qilishni taqqoza etadi. Ular asosan quyidagilardan iborat:
1. Reproduktiv – ijtimoiy jarayonlarni turli xil uslubda o’rganish.
2. Statusli – xizmat pillapoyalaridan yuksalib borish, turmush hayoti jarayonlarining farovonlashuvi.
3. Xududiy – qishloqdan shaharga, davlatdan davlatga ko’chish holati.
4. Manaviy qadriyatlar, fikrlar, tushunchalar, g’oyalar, his-tuyg’ularning o’zgarishi.
5. Jamiyatning siyosiy-ijtimoiy idora etishligi, boshqarilishiga ko’ra o’zgarishlar.
6. Ilmiy-texnikaviy o’zgarishlar, Ustuvor taraqqiyot mezoni sifatida yuksak texnologiyalar informasion boshqaruv sohalarining tobora mustahkamroq o’rin egallay boshlashi.
O’zbekistonimiz jamiyati ijtimoiy jarayonlarning tarkibi va ijtimoiy tizim mohiyatini xarakterlovchi omillardan hozirgi kun sosiologlari, o’n ikkita stratifikasion tizimlar tipini alohida ajratib ko’rsatib, o’rganmoqdalar. Ular quyidagi stratifikasion tiplardan iborat:
1. Ijtimoiy-kasbiy tasnifga ko’ra tiplar;
2. Qavm-sulolaviy asoslarga muvofiq tiplar;
3. Madaniy-yestetik darajalarga ko’ra tiplar;
4. Yoshiga ko’ra – yosh davrlariga ko’ra tiplar;
5. Jinsiy tasniflariga ko’ra tiplar;
6. etnik-xududiy holatlariga ko’ra tiplar;
7. Diniy etiqod, diniy konsessiyalariga ko’ra tiplar;
8. Partiyaviy etiqodlariga ko’ra tiplar;
9. Urug’-qabilaviy-yetnik ajdodiga ko’ra tiplar;
10. Muayyan manfaatlar doirasida uyushgan korparativ tiplar;
11. Huquq buzarlik, jinoyatchilikka moyilikka ko’ra tiplar;
12. Madaniy-ramziy intilishlarga qiziqishlariga ko’ra tiplar kabilardan iborat stratifikasion tiplardir.
Shu bilan birga jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish jarayonini va tabaqalanishni o’rganishda rioya qilinadigan tamoyillar ham bo’lib, ular asosan quyidagilardan iboratdir.
1. empirik tadqiqotlar davomida ijtimoiy stratalarga ehtiyojkorona munosabatda bo’lish, ularning ijtimoiy-tarkibiy tuzilishiga, ijtimoiy tuzumdagi o’rni va mavqyeiga nisbatan hurmat qilish.
2. Ijtimoiy stratalarning ijtimoiy statikasi va dinamikasi jarayonlarini ilmiy baholashda tizimiy va yaxlit yondoshish talab etiladi.
3. O’zbekistondagi ijtimoiy stratalarning milliy mentaliteti, regional xududiy xususiyatlarini alohida etiborga olish, urf-odatlariga ham yaxshi munosabatda bo’lish.
4. Ijtimoiy stratalar tarkib topishiga sezilarli ravishda tasir etuvchi siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy manaviy-madaniy va diniy konfessional, mafkuraviy va g’oyaviy omillarini atroflicha o’rganish, obyektiv xulosa chiqarish.
5. Jamiyatdagi ijtimoiy stratalar tasnifini tuzishda obyektiv holda yondashib qiyosiy tahlil usullaridan foydalanish talab etiladi.
Yeng muhimi jamiyatda ijtimoiy stratalar mohiyati o’rni mavqyeini obyektiv o’rganilib, ijtimoiy stratifikasion tahlil qilib, empirik tadqiqotlar asosida to’g’ri taxlil qilib, nazariy xulosalar chiqarilar ekan, dastavval stratalarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, marifiy-madaniy darajasiga siyosiy boshqaruv mohiyatiga har bir strataning (asosan Sosial guruh, tabaqa, qavm, el-yelat va h.k.) o’traqligiga, milliyligi, diniy etiqodlariga, demografik-xududiy yaxlitligiga, manaviy-madaniy mentalitetiga, ilmu-fan yutug’iga, o’tmish taraqqiyotiga, jahon sivilizasiyasidagi o’rniga va hozirgi zamon taraqqiyoti kabi sohalarga jiddiy etibor berib, obyektiv stratifikasion nazariy xulosa chiqarishni taqqoza etadi.
Ijtimoiy tabaqalashuv turlari. Jamiyatning iqtisodiy tuzilishi va ijtimoiy tarkibi o’zaro yaqindan bog’liqdir. Iqtisodiy munosabatlarning o’zgarishi ijtimoiy tartib o’zgarishsiz sodir bo’la olmaydi. Iqtisodiy munosabatlarni ayri ravishda o’zgartirishga urinishlar aholi qarshiligiga sabab bo’lmasa ham, sustligiga duch kelishi mumkin. Jamiyatning ijtimoiy qatlamlashuvi ikki shaklda namoyon bo’ladi: 1. Insonlarning profissional-talim saviyasiga asoslangan profissional malakali shakl. 2. Daromad darajasiga qarab taqsimlanishiga asoslangan iqtisodiy shakl.
Profissional- malakali ijtimoiy tabaqalashuv esa ishchi bajarayotgan shu faoliyatning murakkabligi, aqliy salohiyati, jamiyat uchun muhumligi va ahamiyatini etiborga olishga asoslanadi.
Iqtisodiy-ijtimoiy tabaqalashuvi inson mulk maqomini baholashga hamda jamiyat va manaviy qulayliklarga erishuvlarida uning real imkoniyatlarini etiborga olishga asoslanadi.
Har bir mamlakatda shakllangan tabaqalar va qatlamlar tamomila turlicha bo’lishi mumkin. Ularning soni tabiiy manbalar va o’lkaning iqtisodiy tarixi, mehnat taqsimoti va iqtisoslashuv jarayonida erishilgan daraja, davlat sektori bajaruvchi vazifalarning nisbiy miqyosi va ro’yxati, mulkchilik, shu jumladan o’tmishdan meros mulkchilik harakteriga ham bog’liq bo’ladi.
Profissional talim va iqtisodiy tabaqalashuv har doim ham mos kelavermaydi. Profissional malakali va iqtisodiy-ijtimoiy tabaqalashuv orasida mobillikka erishish mamlakat aholisining mehnat faoliyatini yuksaltirishda hal etuvchi omillar.
«O’zbekistonda, – deb takidlaydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov, uning yeri, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o’lkaning tarixi, madaniyati, ananalarini teran bilib olishga intilish respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg’urish ko’p millatli o’zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi». Respublikamiz jamiyatining ijtimoiy tarkibi nazariyasi hozircha ishlab chiqilgani yo’q. Mustaqil O’zbekiston jamiyatining ertangi kun ijtimoiy- iqtisodiy tuzumiga bugun asos solindi desa odashmaymiz. Shuning uchun ham jamiyat ijtimoiy tarkibini o’rganish real hayotimizni, kundalik turmushni yanada to’laroq bilishga xizmat qiladi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin