Oldingi tahrirga qarang. taqdim qilingan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tahlil qilish;
biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof muhitga ta’siri asosli baholanganligini tekshirish;
mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavflilik darajasi to‘g‘ri baholanganligini tekshirish;
ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning yetarliligi va asoslanganligini aniqlash;
ekologik normativlar loyihalarining asoslanganligini tekshirish amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda vakolatli davlat organiga quyidagi funksiyalar yuklatiladi:
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish;
davlat va jamoat ekologik ekspertizasi bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
bank va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarni moliyalashtirish, ularga kredit ajratish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatish (tugatish) haqida taqdimnomalar yuborish;
davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosalar bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha tajriba almashishda belgilangan tartibda boshqa mamlakatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan materiallar va loyihalar sifatini baholash hamda ishlab chiquvchi tashkilotlarning reytingini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(7-bandning uninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)