Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


-bob. Materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etish



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə10/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

3-bob. Materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etish
21. Atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish Davlat ekologiya qo‘mitasining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda elektron hujjat almashish tarzida amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari buyurtmachi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasining Internet jahon axborot tarmog‘idagi shaxsiy kabineti orqali Davlat ekologiya qo‘mitasining tegishli ixtisoslashgan ekspert bo‘linmasiga jo‘natiladi.
Ariza buyurtmachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
22. Maxsus huquqiy rejimga ega obyektlarning davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini qog‘oz shaklida taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu obyektlarning davlat ekologik ekspertizasi ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasiga:
a) I, II, III toifalarga mansub faoliyat turlari obyektlari loyihalashtirilayotganda (loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof muhitga ta’sirini baholash, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari, maxsus rejimli obyektlar) — atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha:
obyektni moliyalashtirishga qadar mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan faoliyat va boshqa faoliyatni amalga oshirish bosqichida bajariladigan atrof muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi ariza loyihasi;
atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot loyihasini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha qidiruv ishlari, tadqiqotlar, maxsus laboratoriya tahlillari, modelli tajribalarni amalga oshirish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish zarurligi aniqlangan taqdirda amalga oshiriladigan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot;
obyekt foydalanishga qabul qilinguniga qadar bajariladigan va loyihalashtirilayotgan obyektlarning atrof muhitga ta’sirini baholashning yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot taqdim etiladi.
Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanguniga qadar taqdim etiladi. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonotni ishlab chiqish zarurati atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot loyihasini ko‘rib chiqish natijalari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmasi tomonidan belgilanadi.
b) amalda faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlar uchun (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar) ekologik normativlar loyihalari taqdim etiladi.
Agar amalda faoliyat ko‘rsatayotgan obyekt rekonstruksiya, modernizatsiya qilingan, qayta tashkil etilgan, kengaytirilgan yoki joylashuvi o‘zgartirilgan taqdirda atrof muhitga ta’sir baholanadi va atrof muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi ariza loyihasi ishlab chiqiladi va davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
Bunda agar obyektda ekologik audit o‘tkazilgan bo‘lsa, buyurtmachi qo‘shimcha ekologik audit materiallarini taqdim etish huquqiga ega.
v) boshqa obyektlar bo‘yicha:
davlat dasturlari, konsepsiyalar, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki ekologik me’yorlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) loyihalari;
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
hududlarga keyinchalik muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks o‘rganish materiallari, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari yuzasidan ishlab chiqilgan hujjatlar taqdim etiladi.
24. Buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan I, II, III toifalarga mansub faoliyat turlari uchun atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha:
tashabbuskor (F.I.O.) va ishlab chiquvchi (nomi, pasport/guvohnoma/ ID-karta ma’lumotlari, STIR) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar;
mo‘ljallanayotgan faoliyatni amalga oshirishga qadar atrof muhitning holati, shu jumladan, faoliyat rejalashtirilayotgan hududda aholining joylashganligi, atmosfera havosi, yer usti, yer osti va oqova suvlarning holati va ifloslanganlik darajasi, doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga ajratilgan yerlarning xususiyatlari hamda ularning ifloslanishi, landshaftlarning buzilishi, iqlim, geologik, gidrologik, gidrogeologik va boshqa tabiiy sharoitlarning, o‘simlik, hayvonot dunyosi, rekreatsiya zonalari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa atrof muhit xususiyatlarining tavsifi;
obyektning joylashishi hamda tanlangan va muqobil joylarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi sxemalariga muvofiqligini asoslash;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub obyektlar bo‘yicha jamoatchilik tomonidan loyihani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi jamoatchilik eshituvi xulosasi hamda loyihani jamoatchilik eshituvidan o‘tkazishda tushgan takliflar va e’tirozlar;
atrof muhitga ta’sir bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar hajmi, ta’sir ko‘rsatishni baholash olib borilgan jarayonda foydalanilgan axborot manbalari (yer resurslari, iqlim, atmosfera havosi holati, geomorfologik, geologik, gidrologik, gidrogeologik sharoitlar, o‘simlik va hayvonot olami, aholi salomatligi, tuproq, arxeologik, tarixiy va ma’daniy xususiyatlar);
obyektning geografik koordinatalari, unga tutash bo‘lgan rekreatsiya zonalar, aholi punktlari, irrigatsiya, melioratsiya obyektlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlari, elektr uzatish liniyalari, transport, suv va gaz quvurlari hamda boshqa kommunikatsiyalar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan sxema-xarita;
qurilishi va (yoki) ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan asosiy va yordamchi obyektlar, foydalaniladigan texnika, texnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, xomashyo, yonilg‘i mahsulotlari hamda ularning atrof muhitga ta’siri tahlili;
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turi va yillik quvvati;
atmosfera havosiga chiqariladigan tashlanmalar hamda oqova suvlarning kutilayotgan tarkibi va hajmi, hosil bo‘ladigan chiqindilar morfologiyasi va hajmi, shuningdek, ularning atrof muhitga salbiy ta’siri va ularni kamaytirish usullari;
mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki rekonstruksiya va modernizatsiya qilinayotgan, qayta tashkil etilayotgan, kengaytirilayotgan faoliyatning muqobillari va texnologik yechimlarining fan, texnika yutuqlari va ilg‘or tajribani hisobga olgan holda tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlili;
salbiy ekologik oqibatlarni istisno etuvchi va davlat ekologik ekspertizasi obyektining atrof muhitga ta’sirini kamaytiruvchi tashkiliy, texnik, texnologik yechimlar va chora-tadbirlar;
halokat natijasida atrof muhitga salbiy ta’sirga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlili (halokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olish ssenariysi);
davlat ekologik ekspertizasi obyektini realizatsiya qilish natijasida atrof muhitning o‘zgarishi va ekologik oqibatlarning prognozi;
atrof muhitga ta’sir etadigan manbalar, ularning turlari, ushbu ta’sir chegaralari, intensivligi va davomiyligi to‘g‘risida ma’lumot;
ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanish doirasi, ularga qo‘yilgan cheklovlar, shuningdek, mahsulotlarning moddiy yoki ma’naviy eskirishi tufayli iste’mol xususiyatlari yo‘qolganda ularni zararsizlantirish yoki ulardan foydalanish usullarini ko‘rsatgan holda xavfsizlikni ta’minlash dasturlari.
b) atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot bo‘yicha:
muhandislik-geologiya qidiruv ishlari, modelli va boshqa zarur tadqiqotlar natijalariga ajratilgan maydonlarning ekologik xolatini baholash;
atrof muhit holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
maydonlarning ekologik xolatini saqlab qolish maqsadida qo‘llaniladigan texnologiyaning atrof muhitning boshqa komponentlariga ta’sirining ekologik tahlili;
jamoatchilik eshituvlarining ijobiy xulosasi, jamoat eshituvlari davomida berilgan taklif va e’tirozlarning ko‘rib chiqilishi natijalari haqida ma’lumot;
davlat ekologik ekspertizasi obyektini realizatsiya qilishda salbiy oqibatlarning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari;
v) ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot bo‘yicha:
Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonotning loyihasini ko‘rib chiqish natijalari, shuningdek, jamoatchilik fikrini eshitishda kiritilgan takliflar bo‘yicha loyiha qarorlariga tuzatish kiritish va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlar;
mavjud ma’lumotlar, shuningdek, qiyosiy tahlil natijalariga, ekspert baholariga, oldingi tajribalar tahliliga asoslangan atrof muhitga ta’sirni baholashning asoslovchi materiallari;
davlat ekologik ekspertizasi obyektlarining atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalari joylashuvi sxemasi;
davlat ekologik ekspertizasi obyekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;
davlat ekologik ekspertizasi obyektidan foydalanishda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risidagi asosiy xulosalar;
davlat ekologik ekspertizasi obyektidan foydalanish davomida ekologik monitoring olib borishni tashkil etish va o‘tkazish jadvali.

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin